|
Аxborot texnologiyalarining asosiy tushunchalari
|
bet | 1/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #155057 |
Bog'liq Axborot Texnologiyasi haqida tushuncha АXBOROT TUSUNCHАSI VА UNING TURLАRI
Аxoborot - butun borliq, undagi roʼy beradigan hodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va maʼlumotlardir. Аxborot lotincha informatio soʼzidan olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot maʼnosini anglatadi.
Аxborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz.
Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi:
- Matnli axborot;
- Grafikli axborot;
- Tovushli axborot;
- Videolavhali axborot;
- Belgili axborot;
- Raqamli axborot.
АXBOROTNING OʼLChOV BIRLIKLАRI
Hammamizga maʼlumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari (kompьyuterlar, planshetlar, mobil qurimalar va boshqalar) ikkilik sanoq sistemasida, yaʼni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va uzatadi.
Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma- ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
Shuningdek katta hajmdagi maʼlumotlar sigʼimini oʼlchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.oʼlchamlar mavjud:
1 Bit = 0 yoki 1,
1 Bayt = 8 Bit,
1 Kb =1024 Bayt,
1 Mb =1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt,
1 Pb =1024 Tbayt.
АХБОРОТНИ ТАШУВЧИ ВА САҚЛОВЧИ ҚУРИЛМАЛАР
Ichki xotira
Tashqi xotira
Tezkor xotira
Kesh xotira
Kompyuter ishga tushgandan soʼng barcha dasturiy vositalarni ishlashini taʼminlab beruvchi xotira
Foydalanuvchi tomonidan eng koʼp foydalanilgan axborot yoki dasturiy vositani oʼzida saqlab boruvchi xotira
INFORMАTIKА
“Informatika” atamasi 1960-yillarda Frantsiyada yuzaga kelgan boʼlib, information va automatique soʼzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʼrganuvchi sohani nomlash uchun oʼylab topilgan.
Informatika (nem. informatik, fransuzcha: informatique, inglizcha: computer science - komputer fani), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy hossalari va koʼrinishlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʼsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʼrganish bilan shugʼullanadigan ilmiy fandir. Inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʼliq boʼlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi.
|
| |