|
АXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHАSI
|
bet | 2/5 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #155057 |
Bog'liq Axborot Texnologiyasi haqida tushuncha Аxborot texnologiyalari - maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Аxborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʼish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining
ham mavjud
turli
zamon
Аxborot bosqichlarida axborotlashgan
jamiyatining
boʼlgan boʼlsa-da, xozirgi
oʼziga xos hususiyati shundaki,
sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda.
АXBOROT TEXNOLOGIYaLАRINING RIVOJLАNIShI
Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari uzoq yillik tarixga ega boʼlib, uni rivojlanishi asosan 4 bosqichga boʼlinadi.
1
Premexanik
(Insonlar
oʼrtasidagi ilk muloqot)
2
Mexanik (Muloqot
o’rnatishda qurilmalardan foydalanish)
3
Elektromexanik (Mikro- sxemalarning paydo boʼlishi)
4
Elektron (Hozirgi davr texnologiyalari)
Манба: http://openbookproject.net/
Аxborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim omillaridan biri boʼlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib oʼtdi.
- – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qoʼllik» axborot texnologiyalari taraqqiy etgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya yaʼni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
- – bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy
vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
- – bosqich. XX asirning boshlariga mansub boʼlib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan.
- – bosqich. XX asir oʼrtalariga toʼgʼri kelib, «elektron» texnologiyalar qoʼllanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHMlar va ularning asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
- – bosqich. XX asirning oxiriga toʼgʼri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga moʼljallangan turli dasturiy vositalarga ega boʼlgan shaxsiy kompyuterlardir.
|
| |