|
3-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 19,79 Kb. | | #274438 |
Bog'liq 3-maruza 2
3-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi
Reja:
Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.
Inson mehnat faoliyatining turlari va fiziologik ta’siri. Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobiliyatini pasayishi va zo‘riqishi.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me’yorlari, mazmuni. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari va ularning mehnat faoliyatiga ta’siri. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari va ularning inson organizmiga ta’siri. Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri va ularga qarshi chora-tadbirlar.
Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni me’yorlash.
Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. Ishchilarni zaharli moddalardan saqlash uchun asbob uskunalari bilan ta’minlash va tanishtirish.
Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari va tuzilishi. Umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati. Shamollatish tizimiga qo‘yilgan texnik va sanitar gigienik talablar. Isitish tizimlari va ularga qo‘yilgan talablar.
Ishlab chiqarishda yoritish turlari va tizimi. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish, ularning manbalari va nazorati. Yoritishga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.
Ishlab chiqarishda shovqin va titrash, ularning inson organizmiga zararli ta’siri. Shovqin va titrashning yuzaga kelish sabablari va manbalari. Shovqin va titrashni tasniflash. Shovqin va titrashdan muhofaza chora-tadbirlarini belgilash. Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Ularning yuzaga kelish manbalari va sabablari, himoyalanish vositalari.
Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Nurlanishlarning yuzaga kelish manbalari va sabablari. Nurlanishlarni tasniflash va me’yorlash. Nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanish chora-tadbirlari.
Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari. Elektr tokining odam organizmiga ta’siri va jarohatlanish turlari. Elektr qurilmalarida kuchlanishning jihoz qismlariga o‘tishidan himoyalash choralari.
|
| |