|
Elektr asbob-uskunalaridan foydalanishda xavfsizlikning umumiy qoidalari
|
bet | 3/3 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 19,79 Kb. | | #274438 |
Bog'liq 3-maruza 2Elektr asbob-uskunalaridan foydalanishda xavfsizlikning umumiy qoidalari. Qo‘l elektr asboblarini ekspluatastiya qilishda tokdan, shikastlanish va yong‘inni oldini olishda quyidagi muhim xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim.
-ish joylarini tartibli saqlash:
-atrof muhit holatini inobatga olish, yomg‘ir va namlikdan saqlash. Bular tok urishiga olib kelishi mumkin:
-yong‘inga xavfli suyuqliklar va gazlar yaqinida Elektr asboblaridan foydalanish man etiladi;
-yoritilganlik me’yorda bo‘lishi kerak;
-haroratning keskin o‘zgarib turishi Elektr o‘tkazuvchi qismlarda suv kondensatini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun haroratni tenglashgunicha kutish lozim.
-erga ulovchi ob’ektlar bilan fizik kontaktga Yo‘l qo‘ymaslik kerak, ya’ni metall trubalar, radiatorlar oshxona gaz plitalari va sovutgichlar bilan Elektr asbobining asosi yoki boshqa kesuvchi-tekislovchi qismlari tegib ketmasligi kerak;
-Elektr asboblari quruq va xavfsiz joylarda saqlanishi lozim;
-Elektr asboblarini katta kuchlanish bilan ishlatish uning kuyib ketishiga olib keladi;
-Elektr asbobni faqat teshadigan yoki qirqadigan metallar bilan kontakt bo‘lganda ulash lozim;
-Elektr asboblarini o‘zi bajaradigan funkstiyasidan boshqa holatlarda ishlatish xavf tug‘diradi, ularga yordamchi qo‘shimcha uskunalardan foydalanish ruxsat etilmaydi;
-Elektr asbobini belgilangan kesish, teshish va uskunalarga qo‘yilgan vazifasini bajarish uchun ishlatish lozim;
-kiyimlar va har xil osma tayanchlar ham Elektr asbobining aylanadigan qismlarga tegib ketib shikastlanishga olib kelishi mumkin;
-ochiq joyda Elektr asbobdan foydalanilganda, faqat rezinali qo‘lqoplardan foydalanish, oyoq kiyimi siyqanmaydigan va tok o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim;
-uzun sochlarni o‘rab qo‘yish kerak;
-chang, yog‘och qipig‘i yoki tepada Elektr asbobi bilan ishlatilganda ko‘zoynak va og‘ziga filtr (4-5 qavat dokadan) taqib olish lozim.
-katta shovqin chiqadigan jarayonlarda quloqlarga naushniklar yoki oddiy toza paxta tiqib olish tavsiya qilinadi;
-Elektr asboblarning kabel-simi orqali ko‘tarib yurish rozetkadan vilkani uzishda kabeli orqali chiqarish;
-ishlaydigan (teshish, kesish, qirqish) detallarni tiskalar yoki boshqa qisqichlar orqali maxkamlab keyin jarayonni bajarish lozim;
-inson tanasi jarayonga mos ravishda bo‘lishi xavflilikning oldini oladi;
-Elektr asbobni ishonchli va xavfsiz ishlatishda ularning barchasi (patronlariga) uskunalari (parma, arra va x.k) o‘tkir charxlangan bo‘lishi jarayonni sifatli bajarishga ham sabab bo‘ladi;
-Elektr asbobining qo‘l ushlaydigan (ruchkalari) joylari quruq, moy va changlardan toza bo‘lishi kerak;
-tok o‘tkazuvchi Elektrokabelni neft mahsulotlaridan himoyalash kerak;
-Elektr kabel va shtekkerni (vilkani) har kuni ish boshlashdan oldin ko‘zdan kechirish kerak, agar ta’mirlash yoki almashtirish lozim bo‘lsa, bu ishni mutaxassis bajarishi shart;
-6 oyda bir marta profilaktik xizmat ko‘rsatish, ularning ishlash muddatini oshiradi, bu ishni ham servis markazlarida yoki shu ishni biladigan mutaxassis bajarishi kerak;
-kesuvchi, arralovchi, teshuvchi asboblarni almashtirishda yoki kabel simini tekshirishda vilka, shtekker rozetkadan chiqarilgan bo‘lishi shart;
-sozlash, qotirish ishlarini bajargandan keyin ularni olib qo‘yish yoddan chiqmasligi lozim;
-Elektr asboblari bilan ishlayotganda katta e’tibor bilan ishlanayotgan joyga qarab turish,ishlovchi o‘zini yig‘ib olgan holda bo‘lishi lozim;
-alkogol ichib Elektr asboblar bilan ishlash qat’iyan man etiladi;
-ish boshlashdan oldin Elektr asbobining texnik sozligini uning elementlarini ishonchli ishlashini tekshirib ko‘rish kerak;
-agar Elektr rozetkalar tokni vilka- shtepsillar yoki kabel sim orqali o‘tkazmasa Elektr asboblarini ishlatish man etiladi;
Elektr asboblarini ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini mutaxassislar bajarsa baxtsiz hodisalar oldi olinadi.
Elektromagnit va nurlar; infroqizil (issiqlikdan) nurlari- Elektr uzatuvchi chiziqlar , transformatorlar, tarqatish kichik stanstiyalari, yuqori chastota chiqaradigan uskunalar, indukstiya orqali quritish, Elektr lampali generatorlar, yuqori tok chastotali uskunasi, televizor,kompyuterlar ekranlari,displeyer, antennalar, qizitilgan yuza, alanga va boshqalar.
Lazer nurlari, ultra-binafsha nurlar,statik Elektr toki-Lazer va lazer texnologiyalari, qurilmalari, lazer nurini qaytaruvchi yuzalar. Payvandlashdan chiqadigan Elektr dugagi, plazma bilan ishlanayotgan yuza, lazer to‘playdigan lampalar. O‘zgarmas tokda ishlaydigan Elektrotexnik qurilmalar, shamollatish tizimlari, pnevmotransport, transporterlar, bo‘sh uskunalar va x.k.lar umuman qaerda har xil materialarning bir biriga ishqalanish bor qurilma va uskunalar kiradi
Nurlar ionlovchi- Lazer yoqilg‘isi, radiaktiv chiqindilar, radioizotoplar, rentgen derektoskoplari
Elektr toki- Elektr tizim,Elektr qurilmalar, tarqatuvchi nurlar, transformatorlar, Elektroprivodlar
Qurilma uskunalar yuzalarining yuqori yoki past xaroratda bo‘lishi- Isitish qurilmalarini yuzasi,par o‘tkazgichlar, issiq suv o‘tkazuvchilar, erigan metallar, isigan va cho‘g‘li mahsulotlar va zagatovkalar, xolodilnik uskunalar, kriogen jihozlar
Ish joyini (zonasini) gazlashganligi-Texnik va zararli gazlarni chiqishi (utechkasi), qurilma va idishlarni germitikasi buzilganligi sababli, ochiq idishlardan bug‘ chiqishi va suyuqliklarning to‘qilishi, zararli gazlarning qurilma jihozlari germitikasi buzilganligi sababli chiqib ketishi, materiallarni ishlashda zararli gazlarni tarqalishi, sepish bilan bo‘yashda, bo‘yalgan yuzalarni quritishdan galvanik vannalar chiqindilari va boshqalar kiradi.
Ish zonasini (joyini) changlanishi- Obraziv asboblar bilan materiallarni ishlashda (haydash, silliqlash va h.k.) gaz va plazma yordamida payvandlash, to‘kiladigan materiallarni qayta ishlash, quyilmalarni chiqarishdan va tozalashda mo‘rd materiallarni qayta ishlashda, qo‘rg‘oshin bilan payvandlashda, berilliy moddasini payvandlashda, materiallarni maydalash uchastkalarida, to‘kiladigan materiallarni pnevmotransport orqali xarakatlanadi.
Zaharlarni teri qoplamasiga va olizistik tushishi- idishlarni to‘ldirishlar, suyuqliklarni sepishda,bo‘yashda, galvanik vannasida materiallarni zaharlashda.
Zaharlarning inson oshqozoniga kirishi- zaharli suyuqliklardan foydalanganda xatolikka Yo‘l qo‘yish, yoki suyuqlikni ayniqsa metil spirtini etil spirti deb bilib turib ichib yuborish.
Mikroorganizmlar (bakteriya, viruslar, o‘simlik va xayvonlarning mikro organizmlari)-Mikrobiologik texnologiyalar, viruslar nusxalari, shtamplar.
Mehnat muhofazasi tizimida xavflilik (zararlilik) ning harakterli zonalarida ishchilarni ZIO va XIO ta’siridan himoya qilishning quyidagi usullari, tadbirlari va vositalari qo‘llaniladi:
Mehnat sharoitlarini normallashtirish.
Bu usulning mohiyati shundaki, xavfli vaziyat ehtimoli bor bo‘lgan omillar miqdorlari kamayishiga Yo‘naltirilgan tashkiliy, texnik tadbirlarni uzviy ketma-ketlikda o‘tkazish konveyer uslubi-avtozavodlarda ATK,ASlarda TXK-1da ko‘zda tutiladi (texnologik jarayonlarni mukammallashtirish; jihozlarni yangilash, jamoaviy himoya vositalari joriy etish va x.k.).
Masofa bilan himoya qilish.
Gomosfera va noksosferaning kesishish zonalarini iloji boricha qisqartirish (to‘siqlar qo‘llash, jihozlarda avtomatizastiya va masofadan turib boshqarishni qo‘llab, zonalardan operatorni xavfdan uzoqlashtirish va h.k. Asaka avtozavodi misolida).
Vaqti bilan himoyalash yuqoridagi usullar samara bermaganda qo‘llaniladi, ya’ni zararli vaxavfli zonalarda ishchining bo‘lish vaqti chegaralanadi (qisqartirilgan ish haftasi yoki smenasi, smena davomida qo‘shimcha tanaffuslar davriyligi, akkumulyatorchi, payvandlovchi vax.k.)
Yuqori xavfli vaziyat ehtimoli bor ishlarga ishchilarni moslash xavfli ishlarga kasbiy tanlov, maxsus o‘qitish, oldindan va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, individual himoya vositalari bilan ta’minlash, haydovchilarni 50 yoshdan oshganda har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
|
| |