• 1. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni.
  • Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi
  • Sanitariya va mehnat gigienasi asoslari Rеjа: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni




    Download 415.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana02.03.2024
    Hajmi415.58 Kb.
    #165376
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3-ma’ruza Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyo (1)
    Buyuk qomusiy olim, 1, alif, 1231234, йцу111, Almashlab ekish. Reja. Almashlab ekish tizimi


    Sanitariya va mehnat gigienasi asoslari 
    Rеjа: 
    1. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni 
    2. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri. 
    3. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni meyorlash. 
     
    1. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. 
    Ishlab chiqarishda ishchi organizmiga alohida texnologik jarayonlarning kasb kasalliklariga 
    olib keluvchi zararli ta’sirlarini ogohlantiruvchi va sog‘lom mehnat gigiyenasi bilan ta’minlovchi 
    sanitar texnik tadbirlar tizimi ishlab chiqarish sanitariyasi deyiladi. 
    Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi - ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini 
    оluvchi vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkil iy tаdbirlаr sistеmаsidir. Ishlаb chiqаrish 
    sаnitаriyasidа аsоsiy e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn 
    ishlаb chiqаrishning zаrаrli оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvо оrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr, 
    nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni 
    yetarlicha bo’lmаgаn vа judа hаm yoritilgаnligi elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv 
    vа bоshqа nurlаnishlаr ko’rinishlаridа bo’lishi mumkin. Insоngа zаrаrli оmillаr ulаrgа bеvоsitа 
    tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr 
    yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin. 
    Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg’ligi 
    mеtеоrоlоgik (hаvо hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg’ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi vа 
    bоshqаlаr) shаrоitgа hаm bоg’liq bo’lаdi. 
    Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn 
    dаrаjаsi аsоsidа sоg’lоm vа хаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir. Bunday tadbirlarga quyidagilar 
    kiradi: 
    - ishlab chiqarish muhitida meyoriy meteorologik (mikroiqlim) sharoitlar yaratish; 
    - toksik moddalarning chang, bug‘ va gazlarining zararli ta’sirlarini yo‘qotish, yo‘qotishning 
    iloji bo‘lmagan hollarda kamaytirish; 
    - ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida shovqin va titrashlarni yo‘qotish yoki kamaytirish; 
    - ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida ratsional yoritishni ta’minlash; 
    - radioaktiv modda yoki izotoplar bilan bog‘liq nurlanish kasalliklari profilaktikasi; 
    - sovuq yoki issiq harorat sharoitida ishlovchilar uchun maxsus mehnat rejimi; 
    - zaruriy sanitar-maishiy xonalar va qulayliklar bilan ta’minlash; 
    - maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy(individual) himoya vositalari bilan 
    ta’minlash; 
    - qo‘l mehnatini yengillashtirish maqsadida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, 
    yangilash; 
    - sanoat korxonalarini asrash qoidalari, texnologik jarayonlarni tashkil etish va jihozlarni 
    o‘rnatish qoidalarini ishlab chiqish
    - tashqi muhit fizik omillarining ruxsat etilgan parametrlarini belgilash. 
    Ishlab chiqarish sanitariyasi, ishchi va xodimlar uchun maishiy xizmat xonalarini tashkil 
    etishni belgilaydi. 
    Gigiyenik me’yorlarni ilmiy asoslashning katta ahamiyati bor. Bunday ish qobilyatini 
    saqlash va oshirish uchun qulay, ishlovchilarning salomatligiga zararli ta’sirining oldini olish 
    imkonini beradigan tashqi muhit ko’rsatkichlarini ham aniqlash lozim. Bu, avvalo, yaxshi 
    mikroiqlim sharoitlarini yaratish, ish joylarini maqbul ravishda yoritish va boshqalardan iborat. 
    Ishlab chiqarish muhiti fizik va kimyoviy omillarning zarari hususida organizm uchun yo’l 
    qo’yiladigan daraja va miqdorlar belgilanishi lozim. 


    Sanitariya-Gigiyenik me’yorlar Mehnat Kodeksi asosida tashkil etib, ishlab chiqarishga 
    ilmiy asoslangan va jahon andozalariga javob beradigan ilg’or texnologiyalariga asoslangandir. 
    Yuqori mehnat unumdorligiga imkon beradigan sharoitlarni ta’minlash uchun uskunalar, jihozlar, 
    boshqarish pultlari va ish joyini tuzilishi, mehnat va dam olish davrlarining davomiyligi, ish 
    qobiliyatiga ta’sir qiladigan qator boshqa omillarga bo’lgan talablarni fiziologik jihatdan asoslash 
    zarur. 
    Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari quyida keltiriladi: 
    Gigiyenik yo’nalishda: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti 
    omillarini me’yorlash; ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo’qotish 
    yo’llari bilan mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish. 
    - Fiziologik yo’nalishda: ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talabalarga 
    muvofiq holda bo’lishga erishish; mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning jismoniy 
    og’irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faoliyatini ta’minlash; mehnatning 
    aqliy va emotsional toliqtirishni kamaytirish. 
    Psixologik yo’nalish: pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun 
    boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiyat talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb 
    tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini hisobga olish
    jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan 
    yuqori manfaatdor bo’lishlarini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish. 
    Estetik yo’nalish: intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan 
    bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy estetika 
    talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro 
    qilish. 
    Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish obyektlarida 
    Gigiyenik-sanitariya masalalari bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladi. Mehnat gigienasi bo’yicha 
    muhandis va ularning yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi 
    talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining 
    yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish bo’yicha choralar qo’llanishi 
    ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to’g’risidagi 
    ma’lumotlar asosida sog’lomlashtirish tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi 
    hisoblanadi. 
    Aksariyat sog’lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va shu tariqa kasb 
    kasalliklari paydo bo’lishining oldini olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga ham 
    imkon beradi. Gigiena mutaxassislar tomonidan joriy qilingan sog’lomlashtirish tadbirlarining 
    iqtisodiy samaradorligi so’mlarda hisoblanadi. 

    Download 415.58 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 415.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanitariya va mehnat gigienasi asoslari Rеjа: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

    Download 415.58 Kb.
    Pdf ko'rish