|
Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi Reja: I kirish. II asosiy qism
|
bet | 1/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #123158 |
Bog'liq sanoat korxonalarida xavfsizlik
Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi
Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism.
1 Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi.
2 Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri.
3 Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.
4 Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.
III Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
K I R I SH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yengillashtirish bilan bir qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, уa’ni o‘zining moddiy-ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz faoliyatda bo‘ladi.
Faoliyat – insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan asosiy shart-sharoitlardan biridir.
Mehnat – faoliyatning oliy shaklidir. Falsafiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, «inson» tushunchasiga eng xos aniqlanish «Homo agens», уa’ni «Harakatdagi inson»dir. Albatta, faoliyat va mehnat shakli turlicha bo‘lib, и hayotdagi ishlab chiqarish, madaniyat, jamoat ishlari, ilmiy ishlar va boshqa sohalardagi amaliy, intellektual hamda ma’naviy jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari.
Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
|
| |