|
Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko‘rsatgichlari va ularning gigiyenik me’yorlari
|
bet | 3/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #123158 |
Bog'liq sanoat korxonalarida xavfsizlik2. Ishlab chiqarishda mikroiqlim ko‘rsatgichlari va ularning gigiyenik me’yorlari.
Ma’lum og‘irlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘zini
yaxshi his qilishi, ya’ni u qizib ketmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Ish joylaridagi mikroiqlim omilarini harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bu sharoitlarni yaratish GOST 12.1.005-86 «Ish joyining havosi.
Umumiy sanitar-gigiyenik talablar» bilan belgilanadi.
Ish joylaridagi namlikning eng maqbul qiymati 40-60 % deb qabul qilingan, lekin turli ishlab chiqarish sharoitlardan kelib chiqqkan holda, ya’ni ba’zi bir texnologik jarayonlar talablari nisbiy namlikning o‘zgarishiga olib keladi.
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Sanitariya-epidemiologiya nazoratining tavsiyasiga ko‘ra ish joylaridagi havo harakatining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tezligi ish joyining haroratiga keltirilgan jadvaldagidek bog‘liqdir.
Muhitning haroratini ma’lum vaqt davomida qayd qilib borish uchun termograflardan va lahzaviy o‘lchash uchun termometlardan foydalaniladi.
Ish joylarida havoning harakati ish sharoitini yaxshilashning muhim omillaridan hisoblanadi. Issiqlik yuqori bo‘lgan joylarda havoning harakati organizmdan chiqadigan issiqlikni atrof-muhitga
berilishini yaxshilaydi va aksincha, sovuq ish joylarida organizmga salbiy ta’sir qiladi.
Havoning odam uchun sezilarli minimal tezligi 0,2 m/s hisoblanadi. Yilning sovuq paytlarida havoning tezligi 0,2-0,5 m/s, issiq joylarda esa 0,2 -1,0 m/s bo‘lishi tavsiya etilgan. Issiq joylarda bu ko‘rsatkich 3,5 m/s. gacha oshirilishi mumkin.
Mikroiqlimni tashkillashtiruvchi elementlar ko‘rsatkichlarini nazorati uchun turli o‘lchov uskunalardan foydalanadilar. Havoning nisbiy namligini o‘lchash uchun Avgust va Asman aspirasion
psixrometrlari va gigrograflardan keng foydalanadilar.
Ish o‘rinlarida havoni almashish harakat tezligini aniqlash anemometrlar yordamida amalga oshiriladi.
|
| |