|
Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi Reja: I kirish. II asosiy qism
|
bet | 8/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #123158 |
Bog'liq sanoat korxonalarida xavfsizlikKorxonalarda saniyariya — sanitariyannng bir boʻlimi; sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariya sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariyagigiyena normalariga bekamu-koʻst rioya qilish, ishchixizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va h.k.ning gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bulyrdan tashqari, i.ch. omillari, mas, havodagi chang , kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida boʻlishini nazorat qiladi. Korxona kurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena kridalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchixizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qoʻllash korxona rahbariyati zimmasida boʻlib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish koʻrishlari talab etiladi. Korxona, mu-assasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariyagigiyena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi
2. Korxona, bo‘linma, sex, ish joyining tavsifi Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Agar baxtsiz hodisa ob’ektdagi halokat natijasida yuz bergan bo‘lsa dalolatnomaga quyidagilar qo‘shimcha qilib kiritiladi: ob’ekt tavsifi (qozonlar va ko‘tarma inshoatlar ob’ektlari uchun ob’ekt nomi va xili, uning asosiy o‘lchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va o‘rnatilgan yili, so‘nggi tekshiruvdan o‘tgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan o‘tish muddati): halokat toifasi va tavsifi haqida ma’lumotlar: nobud bo‘lgan mahsulotlar (natura ifodasida va so‘m hisobida), halokat natijasida etkazilgan zarar (so‘m hisobida). 3. Baxtsiz hodisaning shart-sharoitlari. Baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar bo‘lgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu jarayonga kim boshchilik qilganini ko‘rsatish, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning xattiharakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish, jarohatlanishga sabab bo‘lgan xavfli (zararli) ishlab chiqarish omili, mashina, asbob yoki uskunani ko‘rsatish zarur. 4. Baxtsiz hodisa sabablari Baxtsiz hodisaninig asosiy texnik va tashkiliy sabablarini ko‘rsatish, mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, lavozim yo‘riqnomalari, ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha me’yor va yo‘riqnomalari aniq qaysi talablari buzilganligini (tegishli moddalar, bandlarga havola qilingan holda), shuningdek, davlat andozalari buzilganini bayon qilishi, qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omili belgilangan me’yor va darajalardan oshib ketganligini ko‘rsatish kerak. 5. Baxtsiz hodisa sabablarini, aniqlangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’erlari buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlari Komissiya taklif etgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: baxtsiz hodisali halokat oqibatlarni yo‘qotish choralari: baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish va yana shunday hodisa yuz berishining oldini olish choralari: ular ilova qilinayotgan shakldagi jadval yoki matnda chora- tadbirlar mazmuni, bajarish muddati va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi mumkin. Choratadbirlar Bajarish muddati Bajarilishiga mas’ul 6. Komissiyaning mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar to‘g‘risidagi hulosasi Bu bo‘limda hatti-harakatlari yoki harakatsizliklari baxtsiz hodisa (baxtsiz hodisali halokat)ga olib kelib javoblar shaxslar nomini ko‘rsatish, ular rioya qilmagan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunchilik, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar me’yoriy hujjatlar, bandlari ko‘rsatilishi kerak. Tekshirish komissiyasi tomonidan javobgar shaxslarga nisbatan jazo choralari yuzasidan takliflar qilinadi. Taklif etilgan jazo choralari jinoiy javobgarlikdan (vujudga kelgan taqdirda) ozod qilmaydi. Maxsus tekshirish dalolatnomasida komissiya a’zolari jabrlanuvchi(lar) yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashganlari, moddiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy tusdagi masalalarni joyida ko‘rib chiqqanlari, mavjud qonunchilikka muvofiq ularning qonuniy huquqlarini tushuntirib berganlari yozilishi kerak.
Xulosa
Ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganish va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha hamma chora tadbirlar ishlab chiqilgan, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Ishlash joyidagi shart sharoitlar hammasi ishchilar uchun qulay va sog’ligi uchun xavfsiz bo’lishi ko’rib chiqilgan,ularni
shikaslanishi,zaxarlanmasligi uchun barcha choralar ko’rilgan bo’lib bu
qonun qoidalar bilan tastiqlangan . Xavfsizlik va sog'liqni saqlash menejeri mahsulot ishlab chiqarish menejeri, ma`lumotlarni tahlil qilish, xavfsizlik va sog'liqni saqlash jamoasi hamda uning boshqa barcha a'zolari ustidan nazoratga ega. Bu kompaniyaning ish ta'rifi belgilangan majburiyatlari xavfsizligi va salomatligi uchun, maxsus xavfsizlik va sog'liqni saqlash menejeri bo'lishi uning etarlicha katta ekanligini ko'rsatadi.
Xavfsizlik va sog'liqni saqlash menejerining yana bir asosiy roli boshqarish masalasidir. Hujjatlar bo`limi yoki uning xodimlarining qanday vakolatlari bor
|
| |