|
Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari
|
bet | 6/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 31,01 Kb. | | #123158 |
Bog'liq sanoat korxonalarida xavfsizlikBino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari
Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: - yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo‘pol ravishda buzilishi; - issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish; - buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish; - yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi; - elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoida-larini buzilishi; - yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi; - portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘ qozonlari, ekonomayzerlar, nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik; -yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni yo‘qligi va hokazolar. Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va bug‘larni maxsus kran orqali uncha katta bo‘lmagan teshikdan oqizib, so‘ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala bo‘lib osuda yonaboshlaydi. Bunday yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, g‘isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida ko‘rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma pechlarida ham ko‘mir kukunini yoqilishi shu taqlitda amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko‘ra, havo bilan aralashib ketish hollari mavjud bo‘lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga etgan bo‘lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo‘lishi mumkin. Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarni ko‘payib ketishiga olib keladi. YOnuvchi moddalarni bug‘ va changlari xonadagi havo bilan aralashib ketsa, portlash xavfini chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi. Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar yonish oqibatida portlash jarayoni biror yopiq hajmda sodir bo‘lsa, yonuvchi moddaning harorat ta’sirida kengayishi evaziga, uning devorlariga bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo‘yicha teng quvvatli quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
|
| |