Qiymalangan go‘shtga turli xildagi oziqaviy qo‘-
shimcha (qon, yog‘sizlantirilgan sut, sut zardobi, so-
ya oqsili va h.k.)Laming qo‘shilishi uning biologik
qiymatini va xushxo‘rlik xususiyatini oshiradi. Ishla-
tiladigan mahsulotning sifati unga ishlov berish usuliga
ko‘ra tayyorlanadigan kolbasalar bir qancha guruhlarga
bo‘linadi. Masalan, qaynatilgan, chala dudlangan, dud-
langan (xomligicha dudlangan va qaynatib dudlangan),
qiymaligicha, sosiskalar, sardyelkalar, go‘sht nonlari,
liver kolbasalar, pashtetlar, qondan tayyorlangan kol-
basalar va dildiroq kolbasalar shular jumlasidandir.
Go‘sht sanoati tomonidan barcha turdagi chorva
hayvonlar (qo‘y, yilqi, tuya, bug‘u, parranda, quyon
va h.k.) Go‘shtidan ham kolbasalar tayyorlash ishlari
qo‘llaniladi.