qazi, go‘sht konservasi kabi mahsulotlami tayyorlab
berayotgan fermerlar soni yanada kam bo‘lishi bilan
bir qatorda ulami xom ashyo masalasi hanuz qiynab
turibdi. Bu borada ko‘plab fermer xo‘jaliklari bozor
iqtisodiyotiga dalillik bilan kirib borishda yanada
ko'proq to‘sqinliklarga duchor bo‘lmoqda. Ayniq-
sa, so‘nggi yillarda nazorat
ishlarining nihoyatda
kuchayib ketishi, kunda, kun aro xo‘jalik, sex, mini-
kombinat va tayyor go‘sht-sut mahsulotlari ishlab
chiqamvchi xususiylashtirilgan korxonalarga pashsha-
dek yopirilayotgan, asosan qo‘rqituvlar y o ii bilan
tamagirlikni o ‘z kasbiga aylantirib olgan kimsalar
ishchi-mutaxassislami ishlaridan qoldirib,
3-4
kunlab
(ba'zan undan ham ko‘proq) o‘rinsiz tekshimv va
qog‘ozbozlik olib borishda o ‘z
faoliyatini davom
ettirmoqda. Davlat rahbarlari tomonidan berilgan kes-
kin ko‘rsatmalar va turli ogohlantirishlar ayrim nazo-
ratchilar, soliq oluvchilar va sanitariya xodimlari uchun
ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.
Afsuski, ana shunday xodimlami tartib, intizom va
insofga soluvchilar yetishmayotir, aniqrog‘i, ular no-
miga bo‘lsa-da, o‘zlari ko‘rinmaydi. Haligacha shu
kabi noma’qul xatti-harakatlar davom etib kelmoqda.
Ayrim olis viloyatlar
va chekka tumanlarda bunday
ahvol nihoyatda avj olganligiga afsuslanishgina, albat-
ta, kamlik qiladi.
Hozirga qadar davlat tasamifida bo‘lgan go‘sht va
sut sanoati tarkibidagi korxonalar to‘la quvvat bilan
mahsulot chiqara olmayapti. K o‘plab ishchilar bo‘sh
turib qolmoqda. Bunga asosiy sabab xom ashyoning
kamayib ketganligi, ko‘plab chorva fermalarining
nochorligi, yem-xashak bazasining yupynligi, hayvonlar
mahsuldorligi pasayib ketganligidadir. Mollar oriq,
mahsuloti oz va sifatsiz bo‘lganligi uchun ular daromad
olish o ‘miga katta zarar ko‘rmoqda. Mahsulot (go‘sht,
sut, tuxum va h.k.) Tannarxi kun sayin ortib bormoqda.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayrim jam oat va shirkat xo'jaliklari sut-tovar ferma-
larida hozirgi kunda o ‘z sigirlaridan, afsuski, 1,5-2 kg-
dan sut sog‘ib olishda davom etmoqdalar.
Bu esa bir
bosh sog‘lom echkining sutidan ham kam ekanligi o‘z-
0
‘zidan ayon.
Endi jamoat chorvachiligida keskin burilish ya-
sash, barcha tadbirlami jadallashtirish davri keldi.
Har bir chorvador, har bir mutaxassis jon-dili bilan,
chin ahd-paymon bilan bel bog'lab ishlashi lozim.
Boqibeg‘amlik, dangasalik, ishyoqmaslik, va’dabozlik
barham topishi zamr. Muhtaram prezidentimiz islom
karimov aytganlaridek, har bir inson,
har bir fiiqaro,
xalqim, yurtim-elim deb, kelajagi buyuk davlatim va
aziz vatanim deb, kelgusi avlodlaming shon-sharafi
deb kuyib-pishib mehnat qilishi lozim. Aks holda, ish-
lar «eski hammom, eski tos»ligicha davom etaveradi.
Bu masalalami to‘g ‘ri tushungan fan va ilmga chanqoq
talaba yoshlar astoydil mas'uliyat bilan o ‘z bilimlarini
orttirib borishlari,
bilimdon, o ‘z kasbini ulug‘lay
oladigan, jonkuyar mutaxassis bo‘lishga jon-dili bilan
kirisha oladiganlargina kelajakdagi porloq hayot
uchun o‘z hissalarini qo‘sha biladilar. Bundaylami esa
xalq ulug‘laydi va ular nomiga minnatdorlik so‘zlari
aytiladi.