• Aerodromlarni suv qochirish va drenaj tizimi haqida qisqacha ma’lumot.
  • Aerodromlarni suv qochirish tizimi va drenaj tizimini saqlash va ta’mirlash




    Download 256.55 Kb.
    bet1/3
    Sana20.04.2024
    Hajmi256.55 Kb.
    #202474
      1   2   3
    Bog'liq
    Aerodromlarni suv qochirish tizimi va drenaj tizimini saqlash
    2-маьруза асбестцемент буюмлар, Banklar va bank tizimi Reja, 5-amaliy PDV, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b (1), Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika (1), MTA 2-amaliy ish topshiriqlari , 4 Iqtisodiyot nazariyasi Uslubiy ko\'rsatma kurs ishi bo`yicha 2022, 1679738860 (1), amaliy 1, Urinova Kamola, Anvarjonov Bunyod, 111, далолат қатнаш ўқувчи ва далолатнома 2020, tabiiy fan dars soatlarining taqsimi, 25-Ekologiya-huquqi-lot-Xolmominov-Toshkent-2014-

    Kafedra: Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish.
    Fan nomi: Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish.
    Bajardi: YMAQ 1 guruh talabasi Temirov A
    Qabul qildi: Ergashev Q
    Mavzu: Aerodromlarni suv qochirish va drenaj tizimini saqlash, ta’mirlash.
    Reja:
    • Aerodromlarni suv qochirish va drenaj tizimi haqida qisqacha ma’lumot.
    • Suv qochirish tizimi va drenajlarni saqlash ishlari.
    • Suv qochirish tizimi va drenajlarni ta’mirlash.
    • Xulosa.
    • Foydalanilgan adabiyotlar.

    Aerodromlarni suv qochirish va drenaj tizimi haqida qisqacha ma’lumot.
    Ba’zan uchish maydoniga yerusti va yerosti suvlari yopirilib kelishi mumkin. Yerusti suvlari kelsa ham, yerosti suvlari chiqsa ham joyni suv bosadi. Aerodromga yaqin suv havzalarida suv sathi ko‘tarilsa va agar uchish maydoni sathi pastroq bo‘lsa, qorlar eriganda, kuchli yomg‘ir yoqqanda suv bosishi mumkin. Uchish maydoniga suvi oqib keladigan yuzalar suv yig‘uvchi maydonlar deyiladi. Ulardan himoyalanish uchun baland zovurlar quriladi. Zovurlar chetdan oqib keladigan suvlarni o‘ziga olib, aerodrom dan boshqa yoqqa oqizib yuboradi. Bunday zovurlar relyefning uchish maydoniga nisbatan yuqori tomoniga, xavfsizlikning chekka va yon tasmalaridan sun’iy qoplamalar chetidan, kamida 30 m naridan o‘tkaziladi.(14.1 a -rasm).
    Zovur tubi shunday nishab qilinadiki, suv kerakli tezlik bilan oqib ketsin va tagida loy qolmasin. Nishablik 0,002 ga teng olinadi, gohida eng kam qiymat - 0,0005-0,0010 olinadi. Eng katta nishablik grunt turi va zovurning tubi va yonbag‘irlarining mustahkamligiga qarab tanlanadi. Zovur tubi suv olgich joylarda toshqin suv sathidan 0,3-0,5 m baland bo’lishi kerak (toshqin 5 yilda 1 marta bo‘lsa).
    Aerodromga yaqin suv manbayida suv sathi ko‘tarilganda ham uchish maydonini suv bosishi mumkin. Bunday holda to‘g‘on quriladi. Uni uchish maydonidan tashqariga, suv bosmaydigan tomonga quriladi. (14.1-b rasm).
    Yaqin atrofdagi suv havzalarining sathi ko‘tarilganda yer osti suvlar sathi ham ko‘tarilib, uchish maydonini suv bosishi mumkin. Yer osti suvlari uchish maydoniga tepalikdan kelishi mumkin. Suv qatlamlar bo‘ylab oqib kelib, uchish maydoniga yetganda yer ustiga chiqib qoladi. Shunday qilib, grunt o‘ta namlanishiga sabab bo’ladi. Bunday suvlarni tutib oladigan ochiq zovurlar va yopiq suv qochirish tarmog‘i - tutib oluvchi drenajlar quriladi (14.1 -d rasm).
    Agar aeroport yaqin-atrofdagi suv havzalarining qirg‘oqlari suvni yaxshi shimisa, suv sathi ko‘tarilganda havza atrofida yer osti suvlari oqimi hosil bo’lishi va u uchish maydoni tomonga yo‘l olishi mumkin. Bu suvlarni tutib olish uchun suv havzasi atrofida qirg‘oq drenajlari quriladi.

    Download 256.55 Kb.
      1   2   3




    Download 256.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aerodromlarni suv qochirish tizimi va drenaj tizimini saqlash va ta’mirlash

    Download 256.55 Kb.