Bugungi kunda faollik ko‘rsatayotgan go‘sht
kombinatlari o ‘zIarining ishlab chiqarish quvvatiga
ko‘ra 3 toifaga bo‘linadi. Birinchisi - yirik go‘sht
kombinatlari bo‘lib, unda bir smenada 100 tonnadan
ortiq go‘sht ishlab chiqariladi. Ikkinchisi - bir smenada
50 tonnagacha, uchinchisi - 50 tonnadan kam go‘sht
ishlab chiqarishga qodirdir.
Barcha go‘sht kombinatlarida veterinariya-sanitari-
ya nazorati, veterinariya ishlab chiqarish nazorati
(VICHN), shuningdek, yarim tayyor mahsulotlar, ham-
da tayyor mahsulotlami kimyoviy va bakteriologik
jihatidan nazorat qilish laboratoriyalari faollik ko‘rsa-
tishi talab qilinadi.
G o‘sht sanoati korxonalari o ‘zlarining ishlab chi-
qaradigan mahsulotiga ko‘ra oziq-ovqat, texnik, davo-
lash va keng miqyosda foydalaniladigan mahsulot
yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘ladi.