• A io navli sardyelkalar.
  • I navli sardyelkalar.
  • Qiymali kolbasalar.
  • Liver kolbasalar.
  • Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/141
    Sana16.09.2024
    Hajmi5,56 Mb.
    #271209
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141
    Bog'liq
    Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

    I navli sosiskalar. 
    Bu navga misol tariqasida - rus, 
    mol, go‘shti va xom sosiskalar I navli sosiskalarga 
    kiradi.
    Rus sosiskasi - I navli mol go‘shtidan va y o g ii 
    cho‘chqa go‘shtidan baravar miqdorda olib tayyor- 
    lanadi. Bunday sosiskaning qiymasi a i o navli sosiska 
    qiymasiga nisbatan qoramtirroq va biroz dag‘alroq 
    boiadi.
    Mol go'shti sosiskasi - faqat I navli mol go‘shtidan 
    tayyorlanadi. Unga mol yog‘i yoki cho‘chqa yog‘i 
    qo‘shiladi.
    Xom sosiskalar - I -navli mol go‘shtidan, y o g ii 
    va yog‘siz cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. Bunday 
    sosiskalar qaynatilmaydi. Shunga ko‘ra ulami iste’mol 
    qilishdan oldin pishirish lozim.
    A io navli sardyelkalar. 
    Ularga asosan yarim 
    y o g ii cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadigan cho‘chqa 
    go‘shti sardyelkalari misol b o ia oladi. Ulaming 
    batonlari oqishroq, qiymasi y o g ii, mayin b o iib , 
    cho‘chqa go‘shti mazasi va qisman sarimsoq piyoz hidi 
    kelib turadi.
    I navli sardyelkalar. 
    Ular I navli mol go‘shti va 
    yarim y o g ii cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. Mol 
    go‘shti sardyelkalari I va II navli mol go‘shtidan yoki 
    cho‘chqa yog‘i aralashtirilgan holda tayyorlanadi. 
    Undan sarimsoq piyoz hidi kelib turadi.
    Qiymali kolbasalar. 
    Qiymali kolbasalar a i o sifatli 
    xom ashyodan tayyorlanadi. Ulami tayyorlashda qiyma 
    q o i bilan naqshdor qilib tiqiladi. Qiymali kolbasalar 
    faqat a i o navli qilib tayyorlanadi. Ulaming asosiy
    64
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    turlari: butun va to‘g‘ralgan tilli kolbasa, ekstra, 
    xarkovskaya qatlamli, «shaxmat», «archa» ko‘rinishida 
    naqshlangan va presslangan kolbasalar misol bo‘ladi.
    Liver kolbasalar. 
    Hayvonlami qaynatilgan go‘shti 
    va kalla-pocha qiymasidan qilingan kolbasalar li- 
    ver kolbasalar deyiladi. Liver kolbasalar, kalla- 
    pochalardan tashqari tarkibida kollagen ko‘p bo‘lgan 
    quloq, lab, cho‘chqa terisi, bet go‘shti va boshqalardan 
    tayyorlanadi. Yelimshak xom ashyoni yuqori haroratda 
    uzoq vaqt qaynatish natijasida kollagenning bir qismi 
    jelatinga aylanadi. Xom ashyo sho‘rvasidan yopishqoq 
    qiyma tayyorlanadi. Mahsulot qaynatib pishirilgach 
    maydalanadi va kuterda eziladi, so‘ng ichakka zich 
    holda tiqiladi va yana qaynatiladi, keyin sovitiladi. Li- 
    ver kolbasalarining buzilmasligi va sifat belgilarining 
    buzilmasligi uchun tezroq sovitish talab etiladi.
    Liver kolbasa, xom ashyosining turi va sifatiga 
    ko‘ra - a’lo, I va III navga va liver hamda o‘simlik liver 
    kolbasasi III navga kiradi.
    Tuxumli liver kolbasa - jigar, buzoq go‘shti, 
    cho‘chqaning bo‘yin go'shtidan qilinadi. Uning qiymasi 
    qizg‘ish-pushti rangda, yumshoq va biroz yopishqoq 
    boTadi.
    Qaynatilib, dudlangan liver kolbasalar - teng 
    miqdordagi jigar va cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. 
    Bu tur kolbasalar zichroq va ko‘p miqdorda jigar 
    solinganligi sababli biroz taxirroq boTadi.
    Dudlangan liver kolbasalami ishlab chiqarish uchun 
    batonlar qaynatilgach dudlanadi. Binobarin, ulaming 
    yuza qismi qoramtirroq boTadi. Ba’zan biroz dud hidi 
    kelib turadi. Saqlash davrida sifati buzilmaydi. Ular 
    xalqa shaklida bogTanadi.
    Oddiy liver kolbasa asosan sterilizatsiya qilingan 
    go‘sht, kalla go‘shti, qizdirilgan yog‘, bet go‘shti va 
    jigardan tayyorlanadi. Ular halqa shaklida bogTanadi.
    65
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    III navli liver kolbasalar - asosan o ‘pka, oshqozon, 
    diafragma go‘shti va elimshak mahsulotlar (lab, cho‘ch- 
    qa tumshug‘i va boshqalar)dan tayyorlanadi. Qiymasi 
    to‘q kulrang, mazasi esa biroz taxirroq bo'ladi.
    Mevali liver kolbasa III navli liver kolbasadan shu 
    bilan farq qiladiki, unga qaynatilgan krupa va dukkakli 
    donlar qo‘shilishi tavsiya etiladi.
    Pashtetiar asosan qaynatilgan go‘sht va kalla- 
    pochalaming ezilgan qiymasidan qoliplarga solib go‘sht 
    nonlari kabi pishirilgan mahsulot pashtet deyiladi. 
    Pashtetlar ko‘pincha go‘sht noniga, qiymasining ran- 
    gi va konsistentsiyasi jihatidan liver kolbasasiga o ‘x- 
    shaydi.
    Pashtetlar sifatiga ko‘ra a ’lo navli va I navli bo‘- 
    ladi. A ’lo avli pashtetga «sir iz dichi» deb nomlanuvchi 
    mahsulot, I navga «liver pashtet» va «ukrainskiy» 
    pashteti 
    misol 
    boiadi. 
    «Livper pashtet» jigar, 
    cho‘chqaning kalla-pochalari, qoramol yuraklaridan 
    tayyorlanadi. Uning mazasi liver kolbasaga o ‘xshasa- 
    da, och pushti rangda, piyoz hidi sezilib turadi. 
    «Ukrainskiy» pashtet ham liver pashtetga o‘xshash 
    b o iib , u asosan cho‘chqaning kalla-pochalaridan tay- 
    yorlanadi. Uning qiymasi sarg ish b o iib , mazasi xush- 
    xo‘r va yoqimli boiadi.
    Qon aralashtirilgan kolbasalar. Ular fibrinsizlan- 
    gan qon, cho'chqa yog‘i, cho‘chqaning kalla-pochasi 
    va mol go‘shti qiymasidan tayyorlanadi. Ular ichakka 
    solinib qaynatiladi va sovitiladi. Ayrim hollarda 
    dudlanadi. Ulaming rangi to‘q jigar rangda, ich- 
    ki tomoni qizil jigar rangda bo‘ladi. Ularga mumch, 
    qalampirmunchoq va dolchin solinadi, binobarin, uning 
    hidi yoqimli xushbo‘y bo‘ladi. Xom ashyo sifati va 
    ko‘rinishiga qarab ular: a ’lo, I, II, va III navli bo‘ladi. 
    Ular tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qaynatilgan va 
    dudlangan kolbasalarga bo‘linadi.
    66
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 5,56 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash

    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish