Tanada moy bo'lmaydi yoki nihoyatda oz miqdorda
bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi ikki kategoriya talabiga to‘g‘ri kelma-
gan qo‘y va echki go‘shti standart talabiga binoan oriq
go'sht hisoblanadi. Sanoat korxonalarida qayta ish-
lash maqsadida yuboriladigan to‘shlar ichidan buyrak
va yog‘i olinadi. Agar iste'mol uchun bo‘lsa u qol-
diriladi. I kategoriyali qo‘y va echki go‘shtiga 1 ra-
qami, II kategoriyali bo‘lsa 2 raqami va oriq bo‘lsa 3
raqami bosiladi. I kategoriyali to‘shga yumaloq muhr
bosiladi. II kategaoriya bo‘lsa to‘rtburchak va oriq
go‘shtga uchburchak muhr bosiladi. I kategoriyali qo‘y
to‘shining 5 ta yeri (bittadan kurak qismiga, bittadan
son qismiga va bir marta ko'krak qismi) ga muhr
bosiladi, II kategoriya bo‘lsa 4 ta muhr bosiladi. Oriq
to'shga 1 marta muhr bosiladi.
Echki to‘shiga ham qo‘yniki kabi muhr bosib
kolbasa va konserva tayyorlash uchun jo ‘natiladi. Ayrim
hollarda qadoqlab sotuv korxonalariga jo ‘natiladi.