Hozirgacha qo‘ylami gumhlarga bo‘lishning ikki xil
usulidan foydalaniladi. Ulaming
birinchisi - zoologik
va ikkinchisi - xo‘jalik yoki mahsulot yetishtirish
xususiyati hisoblanadi.
Zoologik usuli asosan qo‘ylaming dumi shakl-
formasi, katta-kichikligi, moydor yoki moysizligiga
ko‘ra ifodalanadi. Jumladan:
kalta moysiz dumli
qo‘ylar; uzun moysiz dumli qo‘ylar; kalta sermoy dumli
qo‘ylar; uzun sermoy dumli qo‘ylar va dumbali qo‘ylar
hisoblanib, asosan 5 gumhni tashkil etadi.
X o‘jalik yoki mahsulot yetishtirish xususiyatiga
ko‘ra ular 7 gumhni tashkil etadi. Jumladan, jun yo‘-
nalishiga mansub mayin junli qo‘ylar; jun va go‘sht
yo‘nalishidagi mayin junli qo‘ylar; yarim mayin jun-
li, go‘sht yo‘nalishidagi qo‘ylar; go‘sht va moy yo‘-
nalishidagi qo‘ylar; po‘stinbop - mo‘ynador qo‘ylar;
qorako‘l teri bemvchi va sersut qo‘ylar gumhidan
iborat.
M ayin ju n li qo‘y zotlari.
Ular asosan oq rangdagi,
nihoyatda qimmat va noyob hisoblangan, bir xil tipdagi
jun yetishtirib beradi. Bunday junlar to‘qimachilik
sanoati uchun juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.
Bunday qo‘ylaming terisi, suyak qismi yaxshi rivoj-
langan. Juni qalin, uzun va mustahkam bo‘ladi. Mayin
junli qo'ylar yana uchta kichik gumh (serjun, serjun-
go‘shtdor va go‘shtdor-serjun)ga bo‘linadi. Serjun
gumhiga: stavropol,
sovet merinosi, ozarbayjon tog‘
merinosi va groznen zotlari kiradi. Serjun-go‘shtdor
gumhiga: askaniya zoti, Kavkaz va oltoy zotlari kiradi.
G o‘shtdor-serjun gumhiga: prekos, vyatskaya mayin
junli zotlar kiradi.
G o‘shtdor-serm oy qo‘y zotlari. Bu zotlar asosan
dumbali bo‘lib, ular hisor, jaydari va edilboy qo‘y
zotlaridan tashkil topgan.
Dumbali deyishga asosiy
sabab, ular tanasining so'nggi qismida dumg‘aza va
kichik dumi atrofida turli kattalikda yumaloq moy
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
to ‘qimasi bo‘ladi. Q o‘ylaming yoshi, katta-kichikligi va
oriq-semizligiga ko‘ra dumbasining vazni 20 kg gacha,
ayrim hollarda undan ham katta bo‘lishi aniqlangan.
Lekin dumbasining shakl-formasi turli zotlarda turlicha
bo‘lishi mumkin.
Dumbali qo‘ylaming dumi kichik va moy oralig'iga
joylashganligi uchun u ko‘zga tashlanib turmaydi. Le-
kin dumba kesilganda uni aniqlash mumkin. G o‘shtdor-
sermoy qo‘y zotlarining yog‘ to‘qimasi faqatgina
dumbasida to'planmasdan,
ichki organlarida va teri
ostida ham turli miqdorda uchraydi.
Go‘shtdor-sermoy zotli qo'ylaming rangi targ‘il,
och jigarrang, qulog‘i uzun, osilib turuvchi va keng
bo‘ladi. Ular ba’zan kichik shoxli yoki shoxsiz
bo‘ladi. Dumbali qo‘ylar tanasining mustahkamligi,
vaznining yirikligi va tez yetiluvchanligi
bilan boshqa
yo‘nalishdagi qo‘y zotlaridan ajralib turadi. Ulaming
jun qatlami dag‘al va oz miqdorda (1,5-2 kg atrofida)
bo‘ladi. Yirik nasldor qo‘chqorlarining vazni 100-140
kg, sovliqlari 70-90 kg tosh bosadi. Dumbali qo‘y
zotlari chidamli, turli iqlim sharoitlariga moslasha
oladigan va yil davomida yaylovda yayratib boqishga
moslashgan hayvon hisoblanadi. Bunday qo‘ylar asosan
markaziy osiyo respublikalarida va janubiy Qozog‘iston
viloyatlarida keng tarqalgan.