|
Tozalash inshootlarining nasos markazlarida rostlovchi
|
bet | 3/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 48,75 Kb. | | #255993 |
Bog'liq Сув таъм. ва сув чиқар. 9-маъруза2.1. Tozalash inshootlarining nasos markazlarida rostlovchi: nasoslarni uning pasporti ma’lumotlariga suv xarajati bo‘yicha ish unumdorligining mos kelishi; suv olish kamerasida tiniqlashgan suvning borligi va unda suvdan qayta foydalanishga va o‘rnatilgan nasos bilan suvni tortib olishga halaqit beruvchi aralashmalarning yo‘qligi; nasosdagi suv bosimining tindirgichda gidravlik yuvishga yetarliligi; nasoslarni va boshqaruv pultidagi nazorat uskunalarining komplektini texnik talablarga mos kelishi (voltmetr, ampermetr, avtomatika uskunalari va b.).
Rostlovchi shuningdek, suv olish kamerasi devoridagi so‘ruvchi trubaning zichligini, nasos vali bilan elektrodvigatel valining mosligi (soosnost), egiluvchan yoki qattiq yarim muftalarning torsevoy va radial og‘ish o‘lchamlarini tekshiradi.
2.2. Rostlash brigadasi quyidagilarni ko‘rikdan o‘tkazib o‘rganadi:
- yuvuvchi eritmalar, mineral moddalar, moylash va neft mahsulotlari, ayniqsa ajratish-yuvish bo‘limlari oqovalari bilan ifloslangan oqova suvlarning tarkibi;
- oqova suvlardan o‘rtacha smenalik namunalarni olinish davriyligi;
- ajratish-yuvish bo‘limi oqova suvlarini zavod tozalash inshootigi yoki yig‘uvchi – rezervuarga oqizish grafigi;
- bosimli truboprovodlarni 0,5 MPa bosimda, ishchi bosimni 1,5 barobar oshganda, faqat 0,2 MPa dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, gidravlik sinovlari o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnomalarini, boshqa truboprovodlar uchun ortish koeffitsienti – 1,25 (rangli metalldan va qorishmali trubalar uchun – 0,1MPa).
ATK ning oqova suvlari, ayniqsa galvanik bo‘limniki, trubalarning ichki yuzalarida kuchli korroziyani keltirib chiqaradi. Buni oldini olish uchun polimer material asosli antikorrozion qoplamalar qo‘llaniladi (ularning ishlash muddati 2-3 barobar ortishi mumkin).
2.3. Flotatsiya qurilmasi alohida binoda turgan qurilma sifatida qaraladi va tekshiriladi ( bir qurilmaga 35-40 m2 joy talab etiladi), qurilmani suv, siqilgan havo bilan, kanalizatsiyaga ulangani, flotator atrofida o‘tish joylarining mavjudligi, uning yuqorisida so‘ruvchi zontning borligi; qurilmani beton polda yoki maxsus plitalar ustida (15-20 sm) gorizontal va vertikal holati tekshiriladi. Undan keyin elektrodvigatelni, resirkulyatsion nasosni, reduktorlarni ishlari tekshiriladi, taqsimlovchi truba teshiklarining holati, ko‘piklarni yo‘qotish uchun suruvchi mexanizmning holati, havo ejektori, bosim baki, flotatorning avtomatik tuzilishi tekshiriladi. Zarur bo‘lganda flotator namunaviy tekshirish uchun toza suv bilan to‘ldiriladi.
|
| |