• Makroelementlar
  • Mikroelementlar
  • Mineral moddalar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati




    Download 66.84 Kb.
    bet1/20
    Sana15.04.2024
    Hajmi66.84 Kb.
    #196408
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    5-lek
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    Mineral moddalar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati.

    Reja
    1. Makroelementlar


    2. Mikroelementlar.
    3. Fiziologik ehtiyoj me’yorlari

    Makroelementlar va mikroelementlar. Mineral moddalar ovqatlanishning almashtirilmas omillariga kiradi hamda suv va ovqat bilan birga muayyan miqdorda muntazam organizmga tushib
    turishi kerak. Barcha mineral moddalar ularning organizmdagi va almashinuvining miqdoriy tavsifnomalaridan kelib chiqqan holda, shartli ravishda makroelementlar va mikroelementlarga bo‘linadi.
    Makroelementlar organizmdagi miqdoriy aylanmasi (miqdori, tushishi, chiqarib tashlanishi) o‘n va yuz grammlab o‘lchanadigan moddalar kiradi. Ular ko‘p jihatdan xuddi makronutrientlar (oqsillar, yog‘lar va uglevodlar) kabi to‘qimalar, a’zolar va tizimlarning yaralishida ishtirok etib, tananing tuzilmaviy tarkibiy qismlari bo‘ladilar. Makroelementlar kislota ishqor muvozanati saqlab turilishini ta’minlaydi: fosfor, xlor va oltingugurt kislotali potensialga ega bo‘lsa, kaliy, natriy, kalsiy va magniy ishqorli valentlikni eltadi. Suv-tuzli (elektrolit) almashinuvining organizm va alohida hujayralar darajasidagi boshqaruvi osmotik potensial yaratuvchilari bo‘lgan natriy, xlor va kaliyning sharofati bilan amalga oshiriladi (binobarin, bunda oqsilli va nooqsilli tabiatga ega bo‘lgan yirik molekular tarkibiy qismlar ham ishtirok etadilar).
    Natriy, kaliy, kalsiy va magniy biomembranalar sathida potensiallar turli tumanligini yaratib, organizmdagi eng muhim fiziologik funksiyalar, ya’ni
    asab impulslari yaratilishi va uzatihshi, mushaklar qisqarishi va bo‘shashishi,
    transmembranalararo faol tashish kanallari ishi amalga oshirilishini ta’minlaydi.
    Mikroelementlar organizmda kam miqdorda (milligramm va mikrogramm) mavjud bo‘lgan holda o‘z fiziologik funksiyalarini amalga oshiradilar
    va fermentativ tizimlarning tarkibiy qismlari (kofaktorlar), hujayraviy mexanizmlarning hayotiy muhim genli va metabolik boshqaruvining omili sifatida
    o‘ziga xos xususiyatli biologik vazifani bajaradilar. Ko‘pgina mineral moddalar uchun ularning inson metabolizmidagi ishtirokining aniq mexanizmlari aniqlangan, ammo ko‘pchiligi uchun bunaqangi ma’lumotlar yo‘q. Shunga qaramay, biosferaning qariyb barcha elementlari inson organizmining hayotiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni potensial essensiallik xususiyatiga egadir.
    Uzoq evolutsiya jarayoni davomida inson va uning bobokalonlari mineral moddalarning atrof-muhit bilan nisbatan barqaror almashinuviga moslashgan. Shu bilan birga, organizm ko‘pgina omillar: almashinuv jarayonlarida foydalanish intensivligi, zaxiralarni yaratish zaruriyati, organizmning ta’minlanganligi va hayotning turli davrlaridagi ehtiyojning oshishiga bog‘liq ravishda ba’zi minerallarning miqdoriy tushishi, to‘planishi va chiqarilishini boshqaruvchi tizimni ishlab chiqadi. Shu tariqa, organizmdagi mineral moddalar muvozanati buzilishi (disbalans) quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin:

    1. Ovqat bilan tushishining ahamiyatli o‘zgarishi kamayishi yoki
      oshiqchaligi an’anaviy mahsulotlar tarkibida, shuningdek, qo‘shimcha manbalar hisobidan;

    2. Absorbsiyalanish va metabolizlanish yo‘llaridagi genetik nuqsonlar;

    3. So‘rilish, to‘planish, chiqarilish modifikatsiyalanishiga olib keluvchi
      alohida kasalfik holatlari;

    4. Yashash muhitining antropogen ifloslanishi oqibatidagi oshiqcha tushish;

    5. Monoovqatlanish (enteral yoki parenteral) amalga oshirilishidagi ozuqa
      kompozitsiyalari muvozanati buzilishi.

    Hozirgi paytda fiziologiya nuqtai nazaridan mineral moddalarning ahamiyatliligi yoki ta’riflangan haqiqiy alimentar tanqislikning qaytuvchi sindromi rivojlanishi ehtimoli bilan, yoxud muayyan zaharlilik klinik ko‘rinishlarining aniq xarakteristikasi va laboratoriya tashxisi ko‘rsatkichlari borligi bilan aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlarni nazarga olgan holda tavsiya etiluvchi sutkalik tushish (mineral moddalar uchun u fiziologik ehtiyoj me’yorlariga muvofiq bo‘ladi) yoki ularning ratsiondagi xavfsiz (o‘xshash) darajasini belgilash mumkin. Agar mineral moddalar uchun bunday tavsifnomalar o‘rnatilmagan va uning alimentar tanqisligi holatlari ta’riflanmagan bo‘lsa, unda ushbu moddalarning ovqat statusi buzilishini keltirib chiqarish ta’siri, shuningdek, alimentar-bog‘liq patologiyada tutgan o‘rni isbotlanmagan deb hisoblanadi. 14 ta makro- va mikroelementlar — kalsiy, fosfor, natriy, kaliy, magniy, temir, rux, mis, yod, marganes, selen, molibden, xrom, ftorning organizmuchun fiziologik ehtiyoj me’yorlari yoki xavfsiz (o‘xshash) darajalari ishlab chiqilgan.


    So‘nggi yillarda asosiy almashinuv va regulator jarayonlarida bir qator mikroelementlar (kobalt, kremniy, vanadiy, nikel, bor, litiy, germaniy) ishtirok etishining spesifik mexanizmlarini aniqlash va organizmga tushishining xavfsiz (adekvat) darajasini aniqlash maqsadida faol tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Odatdagi ratsionga ko‘ra (hatto o‘ta bir qolipda) ovqatlanuvchi shaxslar uchun yuqorida sanab o‘tilgan mikroelementlardan istalganining alimentar tanqisligi rivojlanishi xavfi ehtimoldan uzoq bo‘lib, bunaqangi holat faqatgina muvozanatlashtirilmagan parenteral yoki enteral ovqatlanish qo‘llanilgandagina yuz berishi mumkin.
    Ushbu o‘rnatilgan adekvat daraja sharofati bilan mikronutrientlar (shu jumladan, mikroelementlar) iste’mol qilinishining adekvat darajasi parenteral va enteral ovqatlanish uchun sintetik formulalar yaratilishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
    Hozirda organizmda mikroelementlar tanqisligi, ortiqchaligi yoki muvozanati buzilganligi (disbalans) tufayli kelib chiqqan kasallik holati —mikroelementozlar rivojlanishini o‘rganish va profilaktika qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy yo‘nalish faol rivojlanmoqda. Aynan shu yo‘nalish doirasida mikroelementlar almashtirilmasligi va zaharliligini chegaralashga imkon beruvchi, ya’ni, ko‘pgina mineral tarkibiy qismlar organizmda ega bo‘ladigan tabiatan ikkiyoqlamalikni miqdoriy cheklashning mezonlari o‘rganilmoqda. Shunday qilib, ba’zi essensial mineral elementlar: temir, mis, selen, mx, marganes, ftor, molibden, yod muayyan vaziyatlarda zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu zamonaviy ekologik sharoitlarda ushbu elementlarning antropogen yuklamasi o‘sishida alohida ahamiyatga egadir.
    Aksincha, qo‘rg‘oshin, margimush, kadmiy kabi zaharli elementlar organizmga odatdagi (evolutsiya davomida o‘matilgan) miqdorda tushganida hujayralar metabolizmida beqiyos o‘rin tutishi aniq. Har qanday oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa xomashyosi o‘ziga mineral moddalar (makro- va mikroelementlar)ni qamrab oladi, biroq ularning ayni bir mahsulotdagi miqdori keskin farq qilishi mumkin. Mahsulotlar (ayniqsa, o‘simliklar)dagi minerallar miqdori o‘simliklar o‘sadigan tuproq tarkibiga, xomashyoga texnologik ishlov berish va qo‘shimcha boyitish usullarini qo‘llashga bog‘liqdir.
    Gigiyena nuqtai nazaridan olganda, sog‘lom odam faqat sarflangan energiyaga mos holda barcha ozuqa mahsulotlari guruhlarini o‘ziga qamrab oluvchi xilma-xil to‘laqonli ovqatlangandagina mineral moddalar bilan optimal ta’minlanishi mumkin. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida mineral moddalarning energiyaiy almashinuv bilan bog‘liqligi aytaylik, makronutrientlar yoki B guruhi vitaminlariniki kabi bevosita bo‘lmaydi.
    Hatto o‘ta kam energiya sarflanganda ham makro- va mikronutrientlarning
    ko‘pchiligiga bo‘lgan ehtiyoj kamaymaydi, balki yosh jins va organizmning
    funksional holatiga mos ravishda va ma’lum bir modda himoyalash va
    moslashish jarayonlarida ishtirok etishining sarflanish darajasini hisobga
    olgan holda oshishi ham mumkin.

    Download 66.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 66.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mineral moddalar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati

    Download 66.84 Kb.