|
Mavzu: metall va uning qotishmalarini chokbob simlar bilan yonuvchi gazlar alangasi yordamida qizdirib payvandlash
|
bet | 3/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 439,91 Kb. | | #108055 |
Bog'liq LABORATORIYA ISH1 11T MKMTAtsetilen generatori. 3-rasmda o‘rtacha bosimda ishlaydigan ACM 1,25—3 markali atsetilen generatorining umumiy ko‘rinishi (a) va bo‘ylama kesimi (b) keltirilgan. Rasmdan ko‘ rinadiki, generator tanasi vertikal silindrik apparat bo‘lib, u gaz hosil etuvchi 2 va gaz yuvgich qism 1 da iborat. Bu qismlar stakan 10 kiydirilgan trubka 8 bilan bog‘langan. Korpusning ustki qismidagi gaz hosil etuvchi qismiga shaxta 9 tushirib, unga generator og‘zidan suv naychasi 8 sathidan sal yuqoriroq nazorat jumragi 11 dan oqquncha quyiladi, keyin kalsiy karbidli savat 4 tushirilib, qopqog‘i 5 ni vint 6 va richagi 7 yordamida qisib berkitiladi.
Gaz hosil etuvchi qism korpus bilan shaxta oralig‘idagi bo‘shliqda havo yostig‘i hosil bo‘ladi. Generatorning ishlashida u suvni siqib generatorning avtomatik ishlashini ta’minlaydi. Ajralayotgan atsetilen ehtiyot klapani 15, shlang 16 orqali suv qulfi 17 ga o‘tadi. Gaz hosil etish qismidagi chiqindini shtutser 12, gaz yuvgichdan loyqa suvni shtutser 13 orqali tashqariga chiqariladi.
3-rasm. O’rta bosimda ishlaydigan ACM-1,25 markali asetilen generatori: 1-yuvgich qismi; 2-gaz hosil etish qismi; 3-taglik: 4-korzina; 5-qopqoq; 6-vint; 7-richag; 8-trubka; 9-shaxta; 10-stakan; 11-nazorat kran; 12-13 chiqindilar chiqaradigan shtuserlar trubkasi; 14-teshikli tarelka; 15-ehtiyot klapan; 16-shlak; 17-suv qulfi; 18-manometr; 19-ko’tarish dastasi; 20-nazorat kran; 21-shtok; 22- shtutser; 23-gayka; 24-ehtiyot to’r; 25-siquvchi xalta; 27-membrana; 28-fibra taglik; 29-rezina taglik; 30-rezina prokatlar oralig’idagi to’r.
Suv qulfi. Payvandlashda gorelka kanali bo‘ylab kelayotgan atsetilen-kislorod aralashmasi mundshtuk teshigidan chiqishida yondirib, alanga oldiriladi va bajariladigan ish xarakteriga ko‘ra rostlanadi. Bunda mundshtuk teshigidan chiqayotgan gaz tezligi uning alangalanish tezligidan katta bo‘lishi kerak. Aytaylik, aksincha, gazning alangalanish tezligi uning mundshtuk teshigidan chiqish tezligidan katta bo‘lsa, gaz alangasi mundshtuk kanaliga o‘tib, u yerdagi aralashma gazni yondiradi va bunda paqillagan ovoz chiqadi. Agar alanga gorelka kanali, shlang orqali generatorga o‘tib ketsa, uni portlatadi. Bunday hodisa mundshtukning o‘ta qizishida yoki kislorodning gaz aralashmadagi miqdori orttirilib yuborilganda, shuningdek, mundshtuk teshigi suyuq metall tomchisi bilan berkilib qolgan hollarda ro‘y berishi mumkin. Bunday holning oldini olish uchun generatorga ehtiyot suv qulfi o‘rnatiladi (4-rasm).
a) b)
4-rasm. Quyi bosimda ishlatiladigan suv qulfining sxemasi.
a- normal ish davri;
b- gaz teskari tomonga o'tganda; 1-gaz trubkasi; 2-jo’mrak; 3-kontrol murvat; 4-ehtiyoj trubka; 5-shitcha.
|
| |