Elektr poyezdlar juft g‘ildiraklarini reduktori bilan ta’mirlash




Download 0,6 Mb.
Sana28.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#256265
Bog'liq
kitobdan


elektr poyezdlar juft g‘ildiraklarini reduktori bilan ta’mirlash
Juft g‘ildiraklar reduktori bilan asosiy qism (57, 58-rasmlar) hisoblanadi va ularni ta’mirlash birmuncha og‘ir, shuning uchun korxonada har ikkala juft g‘ildiraklarning gupchagi o‘qdan ajratiladi. Reduktorning hamma detallari: o‘rta qismidagi podshipniklari, korpusi kulachokli muftasi, tishli g‘ildiragi o‘qi bilan to‘liq qismlarga ajratiladi va ta’mirlanadi. Asosiy qismlarni ta’mirlashga qo‘yiladigan talab (o‘qi, gupchagi va to‘g‘inlari) xuddi elektrovoz juft g‘ildiraklari ta’mirlanishiga o‘xshaydi, ta’mirlash ishlari ÖÒ-2306 yo‘riqnomasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
30.1. O‘rta qismidagi podshipnik uzelini ta’mirlash. Reduk-tor korpusi tashqi qismining urilgan joylari silliqlash mashinasi yordamida tekislanadi. Agar korpusi darz ketgan bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi. Labirintli qopqog‘i shaber yordamida ortiqcha metall o‘simtalari, qirilgan joylari, chuqurligi 0,5 mm dan ko‘p bo‘lmagan joylari tekislanadi. Podshipnik vtulkasi tozalanib, silliqlash yo‘li bilan oval va konus shaklidagi yeyilishi 0,08 mm dan oshmasligi va xrom qoplash yo‘li bilan ta’mirlanadi.
30.2. Tishli g‘ildirak o‘qini ta’mirlash. O‘qi ajratilgandan so‘ng tozalanadi va hamma o‘lchovlari shtangensirkul, indikator hamda konusli kalibrlar bilan o‘lchanadi. Podshipnik o‘tiradigan joyining diametri 90-0,023 mm, ovali va konus shaklidagi yeyilishi 0,015— 0,02 mm dan oshmasligi kerak. O‘qida darz ketish va boshqa

57-rasm. Reduktorning korpusi:



58-rasm. Juft g‘ildirak reduktori bilan:


1 — podshipnigi; 2 — reduktorning korpusi; 3 — tishli g‘ildiragi o‘qi bilan.
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, mabodo bunday kamchiliklar bo‘lsa, u holda yangisiga almashtiriladi.
30.3. Tishli g‘ildirak gardishini ta’mirlash. G‘ildirak gardishi elektr o‘chog‘iga joylanib 186—200°C haroratda 2 soat davomida qizitiladi va sovitilgandan so‘ng tishlari maxsus dastgohda silliqlanadi, keyin tishining yuqori qismidan 14,6 mm masofada o‘lchanadi va uning qalinligi 16,5 mm ni tashkil qilishi kerak. Gardishining tishlari defektoskop yordamida tekshiriladi va darz ketgan bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi.
Bundan tashqari, tishli gardishining kinematik aniqligi, notekis aylana bo‘ylab umumiy uzunlik me’yori 0,075 mm dan oshmasligi kerak. Tishli g‘ildirak gardishining ravon ishlashi uchun asosiy qadamining noaniqligi bg‘o va aylana bo‘yicha qadami bg‘ tekshiriladi. Asosiy tish qadami uchun ± 0,036 mm va aylana bo‘yicha qadami uchun 0,04 mm noaniqlik bo‘lishi mumkin. Oxirida tishlarning bir-biri bilan tishlanish uzunligi bo‘yicha tishlashish yuzi 50% va balandligi bo‘yicha 40% ga teng bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tishlarning markaziga nisbatan to‘g‘ri yo‘nalishi ham tekshiriladi. Ularning to‘g‘ri yo‘nalishga noaniqligi ± 0,0626 mm ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar maxsus asboblar: normomer, shagomer va to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlaydigan asboblar yordamida tekshiriladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar E0, bz, bto bt, bvs 8 toifa aniqlik GOST 1643—86 bo‘yicha olingan.
30.4. Reduktor korpusining yuqori qismidagi qopqog‘ini ta’-mirlash. Bunda reduktor yuqori qismidagi teshigining diametri 260 mm gacha metall naplavka qilinib, qopqog‘ini yopadigan joyida diametri 265 mm gacha naplavka qilinib, so‘ng dastgohda ishlov



59-rasm. Reduktorni yig‘ish uskunasi:


1 — buksa; 2 — juft g‘ildirak; 3 — rama; 4 — stoyka;
5 — reduktorning mahkamlanishi; 6 — reduktorning korpusi;
7 — uskunaning oyog‘i.
berib ovali va konusi kamaytiriladi. Qopqog‘ining diametri 110 mm dan 112 mm gacha kattalashtiriladi va uzugi yangi qo‘yiladi. Qopqog‘ining vazelin surilgan joylari emal ÑÂÄ bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi. Emal surilmaydigan joylariga vazelin surtib qo‘yiladi.
30.5. Reduktorning korpusini ta’mirlash. Korpusining yuqori va pastki qismi tekshiriladi (61-rasm). Bunda korpusining yuqori va pastki qismining birlashish joylari tozalanadi, notekis bo‘lsa, tekislanadi, notekisligi 0,5 mm dan oshmasligi kerak. So‘ng yuqori va pastki qismi yig‘iladi. Korpusidagi diametri 502 mm bo‘lgan teshigi kattalashtirilib, konduktor yordamida diametri 496 mm gacha metall naplavka qilinadi, keyin dastgohda ishlov berilib, xohlagan diametrgacha kattalashtiriladi, so‘ng uning ovali va konus bo‘yicha yeyilishi kamaytiriladi, bunda kichik teshiklar masofa orasi 75 mm va katta diametri 500 dan 535 ± 0,5 mm gacha kat-talashtiriladi, keyin vtulkaga ØÑ-40 podshipnigi va ikkita halqasi mahkamlab qo‘yiladi. Reduktor korpusining tashqi qismi egovla-nadi, tekislanadi va ichki qismi tozalangandan so‘ng yig‘iladi. Podshipniklari 50—60°C haroratda 4—6 soat davomida quritiladi va maxsus uskunalarda (59-rasm) reduktori yig‘iladi.
Juft g‘ildiraklar, reduktor va muftalar ta’mirlangandan so‘ng maxsus uskunada chiniqtiriladi.
30.6. Tishli g‘ildirakning ishlash chidamliligini oshirish. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, g‘ildirak tishlari asosan ma’lum darajada metall qattiqligining kamligi va shakli aniq ishlanmagan-ligi tufayli tez sinadi

Tishli g‘ildiraklarning ish-lash muddatini oshirish uchun amalda uglerodli po‘-latdan nihoyat qattiq po‘latga (ëåãèðîâàíèå) o‘tildi va bir vaqtda tishlanish burchagi 15° dan 20° gacha o‘zgartirildi. Bu bilan tishlarning ishlash mud-datini birmuncha oshirishga erishildi (60-rasm).

60-rasm. Tishli g‘ildiraklarning tash-qi qismini toblash:


1 — tishning toblangani; 2 — tishning toblanmagan qismi.

Podshipniklar bo‘shatilib, yuvish mashinasida, 90—100°C haroratli kerosin vannasida, so‘ng 80—90°C toza suvda 30 daqiqa davomida yuviladi, quritilib kerosinli vannaga 6—8% transfor-mator yog‘i quyiladi, so‘ng salfetka yordamida artiladi.
Gupchakning qolgan detallari 3—5% kaustik soda suv eritma-sida qaynatilib, so‘ng sovunli suvda yuvilib tozalanadi va salfetka bilan artiladi. Rolikli podshipniklarning tashqi va ichki halqalari, seperatori obdan tekshirilib, zaklepkalariga ahamiyat beriladi.
30.7. Juft g‘ildiraklar gupchagini ta’mirlash. Juft g‘ildirak-larni ta’mirlash vaqtida, albatta, ularning gupchaklari ÖT-2361 yo‘riqnomasi asosida to‘liq tekshiriladi. Bunda gupchak to‘liq qismlarga ajratiladi, tekshiriladi va ta’mirlanadi.
Gupchakning korpusi o‘qdan tushiriladi va uning ichidan oraliq saqlaydigan halqasi olinadi, so‘ng gupchak korpusining ichidan yoysimon podshipnik, tashqi va ichki halqalari olinadi. Podshipnikning o‘qida o‘tirgan ichki halqasi induksion elektr isitgichi yordamida qisqa vaqt ichida qizdirilib, so‘ng bo‘shatilib olinadi. Agar induksion qizdirgich (61-rasm) ko‘proq vaqt ushlab turilsa, g‘ildirak o‘qi ham qizib, halqasini bo‘shatib olish qiyinlashadi yoki umuman olib bo‘lmaydi.
30.8. Silindrli rolikli podshipniklarni ta’mirlash. Bu podship-niklar ikki yo‘l bilan ta’mirlanadi: roliklar saralanmasdan va saralanib. Birinchi yo‘l roliklarni saralamasdan podshipnikning o‘qqa o‘rnatiladigan ichki vtulkasi va separatori ayrim zaklepkalarini almashtirish tarzida amalga oshiriladi. Agar qolgan elementlarini ta’mirlashga va almashtirishga ehtiyoji bo‘lmasa, shunday qilish kerak. Separatorni mahkamlash maxsus uskunada press yorda-mida bajariladi


61- rasm. Induksion qizdirgichning tuzilishi:


1 — g‘altak; 2 — magnit o‘tkazuvchi paket; 3 — o‘q;
4 — induktorning korpusi; 5 — kabel.
Ikkinchi yo‘l roliklarda podshipnikning tashqi halqasi lat yegan, darz ketgan, o‘yilib qolgan, qizib ketgan, separatorlar buzilgan va roliklar halqa ichida aylanganda notekis yo‘l paydo bo‘lishi sezilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. Bunday holatda podshipniklar to‘la qismlarga ajratiladi va maxsus asbob minimetr yordamida roliklar diametri o‘rtasidan va ikki chetidan 10—15 mm masofada o‘lchanadi. Bir xil komplektli podshipnikdagi roliklar diametrining farqi 10  dan oshmasligi kerak. Ovali va roliklar uchidagi dia-metri katta-kichikligining farqi 5  dan ortiq, o‘rta qismining shishganligi esa 10  dan ortiq roliklar ishlatilmaydi. O‘sha asbobda roliklarning balandligi, ta’mirdan chiqqan podshipniklarning radial oralig‘i o‘lchanadi. Roliklar orasidagi, ular yuradigan yo‘li bilan tashqi va ichki halqalarining orasidagi masofa radial oraliq. Silin-drli podshipniklar oralig‘i (erkin yurishi) maxsus asbob — plita lyuftomerda aniqlanadi. Podshipnikning ichki halqasi plitaga yotqizilib, bolt va shayba yordamida mahkamlanadi. Indikator shtiftini podshipnikning tashqi halqasiga tirab qo‘yib, podshipnik gorizontal tekislikda qo‘l bilan suriladi. Indikatorning qiymati pod-shipnik oralig‘ini ko‘rsatadi. Bunda to‘rt tarafi o‘lchanib olingach, ularning o‘rtacha qiymatining haqiqiy oralig‘i ma’lum bo‘ladi. Plita lyuftomerda podshipnikning o‘qi bo‘yicha oralig‘i ham tek-shiriladi
6 2-rasm. Ultratovushning detal ichidatarqalish chizmasi:
1 — detalning ichki qismidagi nosozlik;

2 — tekshiriladigan detal; 3 — pezoele-mentli shup; 4 — boshlanish impulsining ekranda ko‘rinishi; 5 — ekranda nosozlik joyining ko‘rinishi; 6 — orqa qismidan ko‘rinishining tarqalishi.

Podshipniklar ichki halqalarining diametri o‘qqa nisbatan 0,02—0,03 mm ga kam bo‘lib, press yordamida kiydiriladi va o‘qda mustahkam o‘tirishi kafolatlangandan so‘ng labirint halqasi, masofa vtulkasi va oxirida gupchagi kiydirilgandan keyin qopqog‘i yopilib mahkamlanadi (62-rasm).



Download 0,6 Mb.




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr poyezdlar juft g‘ildiraklarini reduktori bilan ta’mirlash

Download 0,6 Mb.