|
6 laboratoriya mashgʻuloti. Yangi yigʻilgan (Quritilmagan) oʻsimliklardan dori tayyorlash texnologiyasi (Sharbatlar, balzam, eleksir). Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar
|
Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 17,52 Kb. | | #132271 |
Bog'liq 6-laboratoriya mashguloti.
6 - laboratoriya mashgʻuloti.
Yangi yigʻilgan (Quritilmagan) oʻsimliklardan dori tayyorlash texnologiyasi (Sharbatlar, balzam, eleksir).
Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar:
Dori-preparatlarni tayyorlashda yangi yigʻilgan oʻsimliklarning afzalliklari va kamchiliklari qanday?
Yangi yigʻilgan (quritilmagan) oʻsimliklardan olingan preparatlarning oʻziga xos xususiyati ularning tabiiy holatida dorivor xom ashyoning bir qismi boʻlgan biologik faol moddalarning butun majmuasini oʻz ichiga olishidir. Yangi yigʻilgan (quritilmagan) oʻsimliklardan tayyorlangan preparatlar uzoq tarixga ega. Ularning tayyorlanishi haqida 18-19 asrlarga oid mahalliy va xorijiy tibbiy-farmatsevtika adabiyotlarida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Yigirmanchi asrning boshlariga kelib, yangi yigʻilgan (quritilmagan) oʻsimlik xom-ashyolaridan tayyorlangan preparatlar soni kamaydi, ammo ular gomeopatik dorixonalar nomenklaturasida qoldi. Hozirgi vaqtda Galen va Novogalen preparatlari quritilgan dorivor xom ashyolardan tayyorlanadi, ular biologik faol moddalarning sifat va miqdoriy tarkibi jihatidan har doim ham yangi yigʻilgan oʻsimliklarga teng kelmaydi. Yigʻish, quritish va saqlash paytida biologik faol moddalar havo kislorodining fermentativ jarayonlari va boshqa koʻplab omillar tufayli oʻzgaradi. Koʻpgina olimlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, dorivor xom ashyoni 1/2-1 yil saqlaganidan soʻng, biologik faol moddalar (ayniqsa yurak glikozidlari va efir moylari) miqdori keskin kamayadi. Shu sababli yangi oʻsimlik preparatlari quruq xom ashyodan olingan tegishli preparatlarga qaraganda koʻproq faollikka ega. Shunday qilib, belladonna sharbati atropinning tegishli dozasiga qaraganda kuchliroq taʼsirga ega va valerian officinalis yangi ildizlarining damlamasi quruq ildizlardan olingan damlamadan 2-3 baravar faolroqdir. Bundan tashqari, vitamin va fitonsid faolligi yangi oʻsimlik preparatlarida koʻproq kuzatiladi. Shuning uchun, baʼzi hollarda yangi oʻsimliklardan tayyorlangan preparatlarni qoʻllash tavsiya etiladi.
Sharbatlar, balzamlar va eleksirlarni tayyorlash uchun yangi yigʻilgan oʻsimliklardan biofaol moddalarni olishning qanday usullari qoʻllaniladi?
Yangi yog’ilgan dorivor o’simliklar tarkibidafi biologic faol qo’shimchalarni turli xil yo’llar bilan ajratib olishimiz mumkin. Bunda o’simlik tarkibidagi BFQ lar qaysi erituvchi ta’sirida maksimal darajada ajralib chiqishini bilishimiz lozim.Misol uchun hozirgi kunda ko’proq spirt va suv yordamida ajratib olinmoqda. Tayyor xomashyoga spirt yoki suv quyib , uni bir necha soatga qoldirib qo’yilsa, o’simlik tarkibidagi biofaol moddalar suv yoki spirt tarkibiga o’tadi.
Qurimagan oʻsimliklar bilan ishlashda faol moddalarning maksimal miqdori saqlanishi qanday taʼminlanadi?
Hali qurimagan o’simlik tarkibida BFQ lar juda ham ko’p bo’ladi. Shuning uchun ularni saqlash sharoitlarni to’g’ri tanlay bilishimiz lozim. O’zim guvoh bo’lgan bir jarayonni misol keltirsam. Hammamiz yaxshi biladigan shuvoq o’simligi yangi holatida o’zida ko’plab efir moylari saqlaydi. Ammo bu o’simlik qurishi tez bo’lganligi sababli , biz uni salqin yorug’lik tushmaydigan joyda saqlab tarkibidagi efir moylarini ajratib oldik.
1-laboratoriya ishi
Fitokompozitsiya asosidagi OʻRVI ni davolovchi trensdermal sistemaga ega boʻlgan balzam texnologiyasi
Vazifa
100,0 ml balzam tayyorlang.
Tayyorlash jarayoni texnologiyasini chizing.
Tarkibi
CO2 – Qalampir yalpiz ekstrakti – 2,0 ml
Evkalipt efir moyi — 0,3 ml
Rozmarin efir moyi – 0,3 ml
Lavr efir moyi – 0,2 ml
Qalampir munchoq efir moyi – 0,2 ml
Glitserin – 8,0 ml
Alginat natriy — 4,0 gr
Tibbiyot jelatin – 2,0 gr
TVIN-80 – 0,5 ml
Tozalangan suv – 100,0 ml boʻlguncha Ishni bajarish tartibi:
Balzam asosini tayyorlash.
Tortib olingan alginat natriy va jelatin tozalangan suv qoʻshilib 30-40 daqiqa davomida boʻktiriladi.
Taʼsir etuvchi moddalar konsentratini tayyorlash.
CO2 – Qalampir yalpiz ekstrakti 2,0 ml miqdorda tortib olinadi va 8,0 ml glitserin qoʻshilib qolgan efir moylari (Evkalipt efir moyi, Rozmarin efir moyi Lavr efir moyi Qalampir munchoq efir moyi) tomchilab qoʻshiladi.
Balzamni tayyorlash.
Balzam asosiga tayyorlab olingan taʼsir etuvchi moddalar konsentratini qoʻshib gomogenizatsiyalanadi.
Qadoqlash. Alyumin tyubalarga qadoqlanadi.
Saqlanishi. Qorongʻi va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. OʻRVI va shamollashda kunduzi 1-3 soat davomida transdermal vosita sifatida qoʻllaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
6 laboratoriya mashgʻuloti. Yangi yigʻilgan (Quritilmagan) oʻsimliklardan dori tayyorlash texnologiyasi (Sharbatlar, balzam, eleksir). Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar
|