• Xulosa
  • Mavzu: Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili. Reja: Kirish




    Download 97.88 Kb.
    bet1/6
    Sana15.03.2024
    Hajmi97.88 Kb.
    #173319
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili. Reja Kirish-fayllar.org
    1 -2 семинар сиртки таълим учун, TQaAZF5phLoTuu1pX1pW12WmNARWz93Vk6EYzia1, RFI2, TERMIZ ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEHNIKUMI, 1. Mavzu Statistika fanining predmeti va metodi Statistika to’gr, 1681742266, 126 Nosirova Dilovar Normahamad qizi 830-833 Yb3tdLA, 3-мустақил иш амалиёт, 2-Amaliy ish topshiriq(sirtqi)

    Mavzu: Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili. Reja: Kirish

    Mavzu: Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili.

    Reja:


    1. Kirish 2-5


    2. Asosiy qism:
    1. Milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari 6-12


    2. Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili 13-24


    3. Islom dini kirib kelganidan so’ng ma’naviyatimiz rivoji 25-31






    1. Xulosa 32-33


    2. Foydalanilgan adabiyotlar va elektron resurslar 34


    Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”1, deydi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

    Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat hodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham sezilmoqda. Masalan, O’zbekistonda barcha oliy o’quv yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” maxsus fan sifa-tida 1997 yildan o’qitila boshlagan bo’lsa, shundan beri bu mavzuda qator tadqiqotlar, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari tayyorlandi va nashr etildi. Ularning har biri fan rivojiga ozmi-ko’pmi muayyan hissa qo’shganligini inkor etmagan holda, tan olish kerakki, ma’naviyat hodisasining mohiyatini teran ochib beruvchi, sohaning ko’pchilik xodimlarini har jihatdan qoniqtira olgan ta’riflar hanuz keng iste’molga kirmadi. Buning turli sabablari bor. Ammo, bizning nazarimizda, eng birinchi sabab shu kungacha millat ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar biror kitobda aniq belgilab olinmaganida edi. Ayni shu vazifa O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida birinchi marta aniq va mukammal amalga oshirildi. Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. Ma’naviyat ko’ngil ko’zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, ma’naviyatni tadqiq etish aslida Shaxs ma’naviyatini o’rganishdan boshlanmog’i zarurdek ko’rinadi. Darhaqiqat, har bir insonning ma’naviy dunyosi o’ziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub bo’ladi. Tabiiyki, har bir alohida inson o’sib-ulg’ayar ekan, unga atrofmuhitida yashayotgan insonlarning ta’siri bo’ladi. Insonning ma’naviy kamoloti ayni shu muhitning ta’siridan bosh-lanadi. Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi, qat’i nazar, biror elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi” . Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi. Shunday ekan, millat ma’naviyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining majmuidan iborat bo’lsa-da, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat madaniyati ruhida tarbiya olsa, uni endi o’z millatining to’laqonli vakili deyish qiyin. Ammo eng yomon holat Sho’rolar davrida yuz berdi. Bu davrda sun’iy birlashtirilgan ulkan bir hududning barcha aholisi, millatidan qat’i nazar, kuchli va har taraflama taziyq ostida muayyan maqsadlarda maxsus ishlab chiqilgan yolg’on mafkura ruhida majburiy “tarbiya” qilindi. Bu zug’umga barcha ham birday bo’y bergani yo’q, ammo afsus bilan e’tirof qilishga to’g’ri keladiki, bunday vahshiyona va makkorona “ta’lim-tarbiya” tizimi juda ko’p insonlar ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Eng achinarlisi, bugungi aksariyat ijtimoiy-gumanitar sohaga mansub ziyolilarimiz bunday mafkuraviy taziyqdan eng ko’p ziyon ko’rdilar. Mustaqillik tufayli biz bugun endi ushbu noxush asoratlarni ongimizdan bartaraf qilishning qulay imkoniyatlarini qo’lga kiritdik. Ammo bor imkoniyatdan unumli foydalanish uchun ham inson o’z holatiga to’g’ri baho bera bilmog’i, o’z ustida jiddiy mehnat qilishga havsala qilmog’i kerak bo’ladi. Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir o’tkazib, o’zlarini ham, o’zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq o’zligidan butkul kechib, boshqa xalq ma’naviyati hisobidan o’zini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul o’zga bir ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to’liq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to’lig’icha o’zligidan kechib, o’zga xalq ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo’q bo’ladi, o’z ma’naviy qiyofasini yo’qotgan millat yo’qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatning takomili esa o’sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qayerlardan qidirish kerakligi Islom Karimov asarlarida avvalboshidanoq aniq ko’rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo’yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug’ an’ana – ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o’z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko’zda tutadi. Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko’zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O’zbekistonning birinchi Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo’lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to’la milliytarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o’tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg’a surilgan edi: “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak” 2 . O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi kitobida o’zining ushbu fikrlarini yanada rivojlantiradi va muayyanlashtiradi. Unda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratilib, birinchi Prizidentimiz ulkan g’urur va iftixor bilan shunday deb yozadi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdankam topiladi.”3 Islom Karimovning birinchi asarida bu to’g’ridagi qarashlarini umumiy ifodasi bilan cheklanib qolmay, ushbu mavzuga alohida fasl bag’ishlab, unda milliy ma’naviyatimizning shakllanishiga asos bo’lgan, bugungi kun yosh avlod ma’naviy olamini shakllantiradigan asosiy mezonlarni birma-bir batafsil ta’riflab beradi. Biz bu o’rinda kitobning tegishli qismini to’liq takrorlashga harakat qilmasdan undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o’tamiz.
    Mustaqillik davrida O’zbekiston birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta’lim tizimida “Ma’naviyat asoslari” alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi. Keyinchalik shu sohada kadr tayyorlash masalasi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan oxirgi yillarda bu fan ham tarmoqlanib, “Ma’naviyatning diniy asoslari”, “Axloqning ma’naviy asoslari”, “San’atning ma’naviy asoslari”, “Oila ma’naviyati” “Milliy mustaqillik va ma’naviyat” kabi yangi-yangi kurslar maxsus yo’nalishning bakalavriat va magistrlik o’quv rejalariga kiritilmoqda. Shulardan biri, balki eng muhimi “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kursidir. “Nega eng muhimi?” degan savol tug’ilishi mumkin. Nazarimizda, suhbatni ushbu savolga javob qidirishdan boshlash kerak bo’ladi.




    1. Download 97.88 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 97.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Islomgacha milliy ma’naviyatimiz takomili. Reja: Kirish

    Download 97.88 Kb.