• So`z boshi. .
  • Mineralogiya




    Download 1.54 Mb.
    bet1/78
    Sana05.11.2023
    Hajmi1.54 Mb.
    #94469
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Bog'liq
    Mineralogiya
    laborant-ish-reja, kamoliddin, ойим июнь иш режа, 15-МАЪРУЗА ПД, bajariladigan ishlar 4 xil chorakda

    MINERALOGIYA
    Geologiya fakultetining 85-yilligiga bag`ishlanadi!
    Mineralogiya fanidan o`quv qo`llanma geolog-bakalavr hamda "Geokimyo", "Ekspert-mineralogiya" va “Mineralogiya, kristallografiya” mutaxassisliklari magistrlari uchun mo`ljallangan.
    Muallif: Dots. O.Q.Qo’shmurodov
    Taqrizchi:
    Pirnazarov M.M.-Mineral resurslar instituti direktorining fan bo`yicha o`rinbosari, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
    Mas`ul muharrir: Yusupov R.G. Nyu-York FA akademigi.
    Muharrir: Yu. Sobirxonova
    Mazkur o`quv qo`llanma Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy kengashining 2004 yil 29 dekabrdagi majlisida chop etishga tavsiya etilgan.
    So`z boshi. .
    Sanoatning biron sohasi yo`qki, unda foydali qazilmalarni tashkil qiluvchi minerallar bevosita, yoki qaytadan ishlangan mahsulot sifatida qo`llanilmasin. Masalan-temir ma`danlari, metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, temir yo`l, baland inshoatlar, asbob-uskunalar, keng iste`mol mollari uchun asosiy manbaa hisoblanadi.
    Sanoatning tez surgatlar bilan rivojlanishida, suyuq mineral yoqilg`i-neft va uning qayta ishlangan mahsulotlari katta rol o`ynaydi. Rangli metallurgiya, elektr sanoati, samolyotsozlik va boshqa turli tarmoqlarda mis, ruh, qo`rg`oshin, aluminiy, nikel, kobalt muhim ahamiyatga ega. Nodir metallar volfram, molibden, sirkoniy, gafniy, niobiy, tantal, germaniy, reniy, kadmiy va boshqalarning asosiy iste`molchilari harbiy qurol-aslaha, elektronika, energetika sohalari hisoblanadilar. Kimyo sanoatining takomillanishi mineral xom ashyolarga bog`liq. Masalan, sulfat kislota oltingugurtga boy temir kolchedani-piritdan olinadi. Bulardan tashqari, sof tug`ma elementlaridan tashkil topgan minerallar-oltingugurt, simob, galloid birikmalar selitra, fluorit hamda boshqa kimyoviy elementlar-kaliy, natriy, magniy, bor elementlarining minerallari kimyoviy preparatlar tayyorlashda qo`llaniladi. Rezina sanoatida oltingugurt, talk, barit va boshqalar ishlatiladi. O`tga chidamli mahsulotlar tayyorlashda-asbest, grafit, magnezit qo`llaniladi. Bo`yoqchilikda emal va glazurlar (sirlash) tayyorlashda-galenit, sfalerit, barit, mis, temir va margimush oksidi minerallaridan foydalaniladi. Yozuv qog`ozlar tayyorlashda talk, kaolin, oltingugurt, achchiqtosh, magnizitlar ishlatiladi.
    Inson hayotida bezak va qimmatbaho minerallarning ahamiyati katta. Ko`pincha bezak va badiiy buyumlar pushti rangli rodonit, rang-barang yashma, marmar, kvargit va boshqalardan yasaladi. Keyingi yillardagi atom energetikasi, harbiy sohalarning rivoji radioaktiv elementlardan foydalanishning jadal surgatlar bilan o`sishini ta`minlamoqda.
    Shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma nafaqat yer haqidagi fanlar bo`yicha mutaxassislar uchun, balki boshqa sohalar uchun ham zarur. Bu o`rinda yakkayu yagona qo`llanma hisoblangan A.G. Betextinning mineralogiya kursi 1969 yilda o`zbek tilida tarjima qilingan va obyektiv sabablarga ko`ra oxirgi 35 yillik yangi ma`lumotlarni o`zida mujassamlashtirmagan. Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun mualliflar ushbu o`quv qo`llanmani tayyorlashga kirishdi. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining geologiya, foydali qazilma konlar geologiyasi va razvedkasi, neft-gaz konlari, kimyo-texnologiya, kon metallurgiyasi va boshqa ixtisosliklar bo`yicha kunduzgi va sirtqi bo`limlarida ta`lim olayotgan talabalar uchun yordam sifatida yozilgan. Kitob ikki qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismida asosiy e`tibor minerallarni aniqlash va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o`rganish uchun yo`l ochib beradigan ma`lumotlar berilgan. Shu bilan birga, talabalar uchun minerallarning diagnostik belgilari hamda minerallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari haqida so`z yuritiladi. Bulardan tashqari, ushbu kursning nazariy qismida yer qobig`idagi mineral hosil qiluvchi jarayonlar qisqacha ta`riflanadi. Bunda tog` jinslari bilan genetik jihatdan bog`liq bo`lgan foydali qazilma konlari minerallarining assotsiaciyalari haqida ma`lumot beriladi. Ushbu ma`lumotlar qo`llanmaning oxirida (1-15 jadvallar) keltirilgan jadvallarda ta`riflanadi.
    O`quv qo`llanmani tayyorlashda chet ellarda chop etilgan darsliklar qatorida A.G Betextinning mineralogiya kursidan, qator minerallar hamda ekzogen va metamorfogen jarayonlar ta`rifidan to`liq foydalanildi.
    O`quv qo`llanmani nashrga tayyorlashda fakultet katta o`qituvchisi A.Yu.Nurumova va o`quv ustasi O.V.Azimovalarga samarali mehnatlari uchun mualliflar o`z minnatdorchiliklarini izhor qiladilar.
    Kirish.
    Mineralogiya geologiyaning eng qadimiy tarmoqlaridan biri. Dastlabki ma`lumotlar eramizdan avval yunon olimi Teofrastning toshlar haqida va Katta Pliniy kitoblarida berilgan. O`rta asrda Sharqda mineralogiya faniga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar asos solishgan. Ayniqsa, Beruniyning "Kitob al Javohir fi Ma`rifat al-Javohir" qimmatbaho toshlarni bilib olish bo`yicha ma`lumotlar to`plami diqqatga sazovor. Bu kitobda Beruniy, 300 dan ortiq minerallar va ular turlarining xususiyatilari, qo`llanilishi, hosil bo`lish sharoitlari, rangi, qattiqligi va solishtirma og`irligi to`g`risida ma`lumot beradi. XVII-asrning birinchi yarmida yozilgan "Bahr ul-Asror" (Sirlar dengizi) asarining muallifi Mahmud ibn Vali ham mineralogiyaning taraqqiyotiga katta hissa qo`shadi, bu asarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida ko`p ma`lumotlar keltiriladi.
    Mineralogiya Yevropada XVI asrning boshlarida fan bo`lib shakllangan. Bu davrda Leonardo da Vinchi, keyinroq R.Dekart, N.Steno (1638-1686), X.Guygens, R.J.Gayui (1733-1822) va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, V.M.Severgin, N.I.Kashkarovlar mineralogiyaga ko`proq e`tibor bera boshladilar. Shved olimlaridan K.Linney va A.Kronshtedtlar minerallarning tarkibini kimyoviy tahlil usuli bilan o`rganishni yo`lga qo`ydi. XX asrning boshlarida yuzaga kelgan ikki yangi yo`nalish, mineralogiyaning yanada rivoj topishini ta`minladi. Bulardan biri - genetik yo`nalish bo`lib, yer qobig`ining turli qatlamlardagi minerallarning hosil bo`lish jarayonlari har tomonlama puxta o`rganildi. Bu yo`nalishga V.I.Vernadskiy, A.E.Fersmanlar asos soldilar.
    Ikkinchi yo`nalish Ye.S.Fyodorov tomonidan geometriya usulida isbotlangan kristalloximiya tahlili nazariyasidir. Uning nazariyasi bo`yicha, har bir mineral kristall tarkibidagi kimyoviy elementlarning o`zaro joylashishi qat`iy simmetrik qonuniyatlarga bo`ysingan bo`lib, elementlarning joylashishi bilan kristallarning tashqi ko`rinishi (shakli) bir-biriga mos ekanligini aniqladi.
    Bundan tashqari, XX-asrning 20-yillarda har bir mineral o`ziga xos ichki tuzilishga ega ekanligi rentgen nurlari yordamida amalda isbot qilindi.
    Keyingi yillarda fizika, kimyo fanlari yutuqlarining samaralari, texnika va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral xom ashyolar izlab topish zarurati mineralogiyaning tez surgatda o`sishiga zamin tayyorladi. Hozir mineralogiyaning quyidagi tarmoqlari mavjud.


    Download 1.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 1.54 Mb.