Mavzu: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ma’naviyatini turli tahdidlardan asrashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni reja




Download 40.26 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2024
Hajmi40.26 Kb.
#192145
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ma’naviyatini turli
1 лаборатория, matematika 1qism 5 uzb, Dustmuhammmad jajonTarix kurs ishi, Jabborov M. 2, Mustaqil ish, 1678121470, Narziyev.REAL, Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi, 5 sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o’quv, FAYZULLAYEV DILMURODNING SUNNIY INTELEKTR, 2-мустакил иш, 48be4525-afa7-41fc-9aba-886b3a1862fd , yGasxtQ9l7TlEVfDMrX3KmMgKOaj6sQoShlI7Y86, 952-21 guruh Ismoilov J DTIYu fanidan 3, arxitektura

MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MA’NAVIYATINI TURLI TAHDIDLARDAN ASRASHDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI


Reja:



  1. Xalq og‘zaki ijodining o‘quvchilar ma’naviyatini oshirishdagi o‘rni.

  2. Bola tarbiyasida maqol va matallarning ahamiyati.

Tayanch so'z va tushunchalar: Qadimgi xalq og'zaki ijodi: afsona, rivoyat, ertak, doston; To'maris, Shiroq, Alpomish; qadimgi yozma bitiklar - O'rxun, yenisey; zardushtiylik; «Avesto»; yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi ish; moniylik; mazdakizm va ijtimoiy adolat.


Mustaqil ish: Ta’lim sifatini oshirishda elektron o‘quv adabiyotlaridan foydalanish


Qadimgi xalq og'zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarida ma'naviyat masalalari.


Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma'naviyati takomil bosqichlari bu o'lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lib, ushbu sahnda yuz beruvchi hodisa sanaladi. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o'ta murakkab tarixiy h o disalar majmuini tashkil etib, o'z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko'p ming yillik ma'naviy takomilimiz jarayonidan asosiy bo'g'inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma'naviyatimiz rivojlanishi bosqichlari haqida fikr yuritib bo'lmaydi. Ko'pgina tadqiqotchilarning, shu jumladan M. Imomnazarovning bu boradagi fikrini qo'llab, unga qo'shilib milliy ma'naviyatimizning necha ming yillik tarixini uch yirik davrga (balkim to'rt davrga) ajratib ko'zdan kechirishni ko'p jihatdan maqbul bildik:

        1. Islomgacha milliy ma'naviyatimiz taraqqiyoti.

        2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma'naviyatimizning o'rni va mavqei.

        3. Yangi davr jahon madaniyati va milliy ma'naviyatimiz takomili masalalari. (Biz nazarda tutgan to'rtinchi davrga balkim Temur va Temuriylar davri ma'naviyatini alohida davr sifatida izohlash maqsadga muvofiqroq bo'larmikin).

Bu davrlar o'z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko'ra aslo teng emas. Birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni (1000-1200 yilni) o'z ichiga oladi. Uchinchi davr esa bizning o'lkamiz - Turkiston uchun deyarli 100-150 yilni tashkil etadi.
Biz mazkur ma'ruza matnida Islomgacha ma'naviyatimiz takomili, mazmuni va mohiyati haqida fikr yuritamiz. Islomgacha bo'lgan milliy ma'naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini to'rtga bo'lish mumkin. 1. Zardushtiylikning «Avesto» kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadim Shumer, Bobil, Ashshur, qadim Misr, Yunon, Hind, Xitoy manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan toshbitiklar. 3. Arxeologik yodgorliklar - moddiy ashyolar va turli inshootlar. 4. Xalq og'zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odat va marosimlar, o'yinlar, bayramlar va boshqalar.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma'naviyat va ma'rifati haqidagi ma'lumotlar asrlardan asrlarga o'tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir. O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bo'lgan.
Chunonchi kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi miflar bo'lib, ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yilgan. Shu asosda baxt o'lkasi va baxtsizlik o'lkasi degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o'rtasidagi kurash mifologik obrazlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi masalada ko'rib o'tadigan zardushtiylikning «Avesto» kitobiga ham kirgan.
Mitra - quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi qurollangan bo'lib, dushmanlarga qarshi dahshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo'lgan pahlavon sifatida tasvirlangan. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni mahv etadi. Mitra - o'tda kuymas, suvda cho'kmas, o'q o'tmas qahramo n.
Kayumars haqidagi mif ham «Avesto»ga kirgan. Mifologiyaga ko'ra Kayumars yer yuzida paydo bo'lgan birinchi odam bo'lib, go'yo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho'kiz va odamdan tashkil topgan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo'lgan Axriman Kayumarsni o'ldiradi. Kayumars tanasining ho'kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o'simlik, sigir va ho'kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo'ladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi.
Yima (Jamshid) haqidagi mifda kishilar uchun najotkor hukmron obrazi tasvirlangan.
Shunday qilib, yuqoridagi kabi xalq og'zaki ijodi - miflarda xalq najotkori va xaloskori tasvirlanadi, kishilarning ma'naviy g'alabasi va o'z kelajagiga ishonchi tasvirlangan.
Xalq og'zaki ijodida mifologik obrazlar bilan birga afsonaviy qahramonlar obrazi ham yuzaga kelgan. Bu qahramonlar kishilarning osoyishtaligi va baxt-saodati uchun kurashib, fidokorlik ko'rsatadilar. Chunonchi, Gershasp va Elikbek haqidagi afsonalarda ajdar va jinlarni yenggan, o'limdan qo'rqmas, mard, bahodir, kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramonlar obrazlari tasvirlangan.
Qadim O'rta Osiyo aholisi yaratgan og'zaki adabiyot yodgorliklari orasida qahramonlik eposi katta va muhim o'rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o'rinni egallagan. Chunonchi To'maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi xalq og'zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental obrazlari yaratilgan.
«To'maris» eposida O'rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga, xususan eramizdan avvalgi VI asrda bu o'lkaga bostirib kirgan eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi massaget qabilalarining qahramonona kurashi aks etgan. Kir qo'shini tor-mor etilib, uning o'zi e.a. 529 yilda jang maydonida o'ldiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan to'ldirilgan meshga solinadi.
«Shiroq» eposi ham O'rta Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik va jasorat, vatan va o'z xalqi baxti-saodati yo'lida fidoyilik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma'naviylik sak qabilasining cho'poni Shiroq timsolida gavdalangan.
Yuqoridagi har ikkala xalq og'zaki ijodi namunalari zaminida haqiqiy tarixiy faktlar
yotadi.
To'maris va Shiroq xalq qahramoni bo'lib, o'z xalqi, Vatani uchun jonini ham ayamaydigan buyuk va betimso l mardlik va jasorat namunasi sanaladi. Ularga ham qo yil qolib havas qilamiz.
Qadimiy turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan bizgacha O'rxun - yenisey va uyg'ur tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. O'rxun - yenisey yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo'lib, ulardan Kul-Tagin, Bilka-qoon, Tunyukuk qabr toshlariga o'yib yozilgan tekstlar ayniqsa ahamiyatlidir. Bu yozuvlarni turkiy-run yozuvi ham deb yuritiladi. Run yozuvi - «yashirin», «sirli» yozuv demakdir. Chunki ularni ancha vaqtgacha o'qishning iloji bo'lmagan.
Kul-Tagin Bilka-qoon (ulug' hoqon demakdir) ning ukasi bo'lib 732 yili vafot etgan. U urushlarda zo'r qahramonliklar ko'rsatgan. Kul-Tagin qabr toshida Bilka-qoonning tilidan aytilgan judolik qayg'usi marsiyasi badiiy til vositasida ifodalangan. U o'z ukasining vafotidan juda qayg'uga tushadi. Chunonchi: Agar Kul-Tagin bo'lmasa edi, hammangiz halok bo'lur edinglar. Mening inim Kul-Tagin o'ldi, men qattiq qayg'urdim, ko'rar ko'zlarim ojiz bo'ldi, aql- fahmim o'tmas bo'lib qoldi, o'zim qayg'urdim. Qismatni ko'k samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi o'lish uchun tug'ilgan.... kabi so'zlar yozilgan.
Kul-Tagin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy xayoti, qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili va mafkurasi bilan tanishtiruvchi manbadir.
Markaziy Osiyoda ma'naviyat bilan birga ma'rifat ham rivojlangan. Ma'rifat rivojining isboti sifatida bu o'lka xalqlarining yozuvini ko'rsatish mumkin. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o'rtalarida oromiy, grek yozuvlari, forsiy mixxat mavjud bo'lgan. Keyinroq avesto, xorazm, sug'd, kushon, run (O'rxun - yenisey), uyg'ur yozuvi kelib chiqqan.
Qadim O'rta Osiyoda astronomiya, geometriya, geodeziya, matematika, fizika, meditsina fanlari rivoj topgan. Bizga qadar saqlanib qolgan sug'd kalendari va Beruniy asarlaridagi ma'lumotlar bu o'lkada, ayniqsa astronomiya fani rivojlanganidan darak beradi.
O'rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardayoq sug'orish inshootlari qurganlar, kanallar ochganlar, chig'ir va koriz usuli bilan suvsiz yerlarga suv chiqarganlar. Albatta bular kishilardan ma'lum tajriba va bilimni talab etgan.
Shunday qilib, bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyo qadimiy madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat o'choqlaridan biri bo'lgan degan xulosa chiqara olamiz. Biz yosh avlod bu bilan faxrlanishimiz lozim.
Zardushtiylikning paydo bo'lishi eramizdan oldingi X asrga to'g'ri keladi. Uning muqaddas kitobi «Avesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht «Avesto»ning qadimiy nusxalarini o'rganib, to'plab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta kohin bilan uch yil davomida «Avesto»ning bilimlarini yig'ib, bir tizimga solgan va 12 ming ho'kiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.
Avesto quyidagi besh qismdan iborat:

  1. Vendidod - 22 bobdan iborat bo'lib, unda Axura Mazda yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.

  2. Visparad - 24 bobdan iborat bo'lib, ibodat qo'shiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.

  3. Yasna - 72 bobdan iborat bo'lib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan qo'shiqlardan tashkil topgan.

  4. Yasht - 22 qo'shiqdan iborat bo'lib, zardushtiylik ma"budalari madhi kuylangan.

  5. Xo'rda Avesto - Kichik Avesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma"budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.

Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida qisqa ma"lumot berdik. Bu kitobning ko'p qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yo'qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko'chirilgan bo'lib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.
Zardushtning o'zi tarixiy shaxs ekanligi ham munozarali, bahsli masala. Biz ayrim mualliflar fikriga qo'shilib, unga tarixiy shaxs sifatida yondoshdik.
Zardusht sariq tuya mingan, degan ma"noni anglatadi. «Avesto» ta"limotiga ko'ra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo'lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar. Yaxshilik va yorug'lik kuchlariga Axura Mazda boshchilik qiladi. Bu kurashda yorug'likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g'alabasiga ishonch bildiriladi.
Endi zardushtiylikda va uning muqaddas kitobi «Avesto»da ma"naviyat va ma"rifat masalalari va ularning bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
«Avesto»da mehnat nihoyatda ulug'lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne"matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo'lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o'z qo'li bilan noz- ne"matlar yaratishi zarurligi uqtiriladi. «Avesto»da: «Don ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e"tiqodini olg'a suradi, imonni oziqlantirib turadi..», deyiladi. Bunga amal qilish o'n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni yo'qotishdir, deb qaraladi. «Falla yerdan unib chiqqanda, -deyiladi «Avesto»da, devlar larzaga keladi, g'alla o'rib olinayotganda devlar nola- faryod chekadi, g'alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo'ladi...» deb mehnat ulug'lanadi.
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma"naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta-yaxshi so'z, Gvarshta-yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman», -deb ta"kidlaydi Axura Mazda.
Yaxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.
Yaxshi so'zlar deganda esa o'z va'dasiga rioya qilish, so'zining ustidan chiqish, savdo- sotiq ishlarida halol bo'lishga, qarzini o'z vaqtida to'lash, o'g'rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan o'zini tiyish va hakozolar tushunilgan.
Yaxshi ishlar deganda insonning o'z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so'zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo'l-yo'riqlarga og'ishmay amal qilish nazarda tutiladi.
Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat bo'lishni qat'iyan man etadi. Hayvonlarni kaltaklash va qiynash - gunoh deb hisoblanadi. Kishilarni foydali hayvonlar haqida g'amxo'rlik qilishga, ularga o'z vaqtida ovqat berib turishga, yirtqich hayvonlardan qo'riqlashga da'vat etadi. «Avesto»da tozalik, poklikka alohida e'tibor qaratilgan. Hovuzdan yuvilmagan, iflos ko'zada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qat'iyan qoralangan.
«Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e'tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug', aka-ukaning quda-anda bo'lishi qoralangan.
Hozirgi meditsina fani aka-uka, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi qudachilik munosabatlari kelajak avlodning sog'lom, to'la-to'kis bo'lib tug'ilishiga salbiy ta'sir ko'rsatishini to'liq aniqlagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allaqachon aniqlaganlari hozirgi zamo n kishisini lo l qoldiradi. Qolaversa, yaqin kishilarning nikoh masalalarida ma'naviy jihatlar ham borki, bunga inson qalbi yo'l bermasligi kerak.
Ko'rinadiki, O'rta Osiyoda keng tarqalgan qadimiy Zardushtiylikda oila va nikoh masalalari, inson muammosiga muhim ahamiyat berilgan.
Insonning jismoniy va ma'naviy pokligi zardushtiylik axloqi-ning eng qadimiy talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish taqiqlangan. Agarda oilada er yoki xotin axloqsizlik, ya'ni buzuqchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar.
Zardushtiylik ta'limotidan ko'rinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yo'l qo'ymaganlar. Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo'lishi kerakligi, u yerga mevali daraxt o'tqazish, o'stirish mumkin emasligi, archa, qayrag'och kabi mevasiz daraxt o'stirish kerakligi ta'kidlanadi. «Avesto»da aholining ko'payishiga ham ahamiyat berilgan. Qasddan erga chiqmaydigan qiz qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan va beliga temir kamar bog'lab yurish buyurilgan.
«Avesto»da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom berilgan. Demak, tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning ma'naviyatimiz qadimiyligini ko'rsatuvchi dalillardan biridir. Kitobda ma'rifatga, ilm va hunarni boshqalarga o'rgatish kerakligi ham uqtirilgan.
Xulosa shuki, «Avesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma'naviy merosi izlari o'z aksini topgan. Unda johillik, zo'ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi. Sof ko'ngilli bo'lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, haqorat qilmaslik kabi ma'naviy xislatlar targ'ib etiladi.
3. Moniylik va mazdakizm ta'limotlarida ma'naviyat masalalari. Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning II-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi va o'z o'rnini feodal munosabatlariga bo'shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta'limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216­276 y) bo'lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta'limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo'lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o'ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo'lsa ham, lekin uning ba'zi asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma'naviy-axloqiy qarashlari «Sir ul asror» (Siru asror kitobi), «Kitob-ul-xudo-vost-tadbir» (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), «Shaburkan» va boshqalarda bayon etilgan.
Moniy ta'limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta'limotiga asoslangan bo'lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta'limotida dunyo - ziyo (yorug'lik) va zulmat (qorng'ulik) ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo'q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko'maklashishdan ibo rat degan ma'naviy-axlo qiy ta'limot ilgari suriladi.
Moniy ta'limotiga ko'ra, inson sof musaffolikka, o'z gunoh-laridan holilikka faqat tarkidunyo qilib hayot kechirishi orqaligina erishishi mumkin, deb qaraladi. Moniylik axloqi dindorlardan imkoni boricha kam ovqat yeyishni, ro'za tutishni (demak ro'za tutish odati islomdan avvval ham bo'lgan), o'z turmushi, hayoti uchun kerakligidan ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo'l qo'ymaslikni, mo'tadil, o'rtacha, dabdabasiz hayot kechirishni targ'ib etadi. Moniy o'z muridlari, izdoshlarini dunyoviy ishlarda «surbet» bo'lmaslikka va dunyoda ko'p narsalarga intilmaslikka da'vat qiladi. «Zero o'limdan keyin hech kimsada ro'zg'or asboblari bilan hovli ham, uy ham qolmaydi». Boshqacha aytganda, inson hayoti davomida orttirgan boyliklarini o'zi bilan olib keta olmaydi, ularning hammasi undan keyin qolib ketadi. Moniy aytadi: «Men o'z umrimda ko'p hokimlarni ko'rdim, ular dunyoda axloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida g'am-alamlarga, tubanlikka duchor bo'ldilar». Demak, Moniyning bu so'zlaridan biz ham ibrat olishimiz fo ydadan ho li emas.
Eramizning V asr oxiri VI asr boshlarida Eronda «mazdakizm» deb atalgan boshqa diniy- falsafiy ta'limot yuzaga kelib, u Markaziy Osiyoda ham keng yoyildi. Mazdakizm feodal munosabatlarning rivoji va u bilan bog'liq holda xalq ahvolining og'irlashuvi va ikki o'rtada ziddiyatlar va kurashning kuchayishi oqibatida yuzaga kelgan.
Mazdakizmning Moniylik ta'limoti bilan ko'p o'xshash tomonlari bor. U Moniylik ta'limotini to'ldirib, uning zohidlik - noumidlik g'oyalarini dunyoga umid bilan qarash g'oyalariga almashtiradi.
Mazdak Eronning Nishopur shahrida tug'ilgan. Dehqonlar qo'zg'oloniga yo'lboshchilik qilganligi uchun 529 yilda Anushurvon tomonidan qatl etilgan. Mazdak feodal mo l-mulkini umumiylashtirishni, fe o dallar hukmro nligini yo'q otishni talab etadi.
Moniylikdagi kabi mazdakizmda ham dunyoni tushunish negizida bir-biriga qarama- qarshi ikki kuch: yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat kurashi yotadi deb qaraladi. Bu kurashda yaxshilik yomonlik ustidan, yorug'lik zulmat ustidan g'alaba qiladi, deb ishonch bildiriladi. Mazdakning aytishicha, yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar ekan, kishilar ularga nisbatan befarq bo'lishlari kerak emas, balki yaxshilik kuchlariga yordam berishlari kerak.
Mazdakning fikriga ko'ra, ijtimoiy tengsizlik kishilar o'rtasida ziqnalik, o'g'rilik, yomonlik, makkorlik, shafqatsizlik, urushlar, turli-tuman falokat va baxtsizliklar kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Shu boisdan bunday yovuzliklarni keltirib chiqaruvchi asosning o'zini tugatish kerak, deb hisoblaydi. Olloh hammaga mol mulkni teng bo'lgan, ammo boylar xudbinlik yo'llariga o'tib (o'zim bo'lay), barcha boylikni o'ziniki qilib olish yo'liga o'tgan. Kambag'allar ham mol-mulkka egalik qilish huquqiga ega, shuning uchun boy-badavlat kishilar mol-mulkining bir qismini ular o'rtasida taqsimlab berish odilo na ish bo'ladi degan g'oya ilgari suriladi. Albatta Mazdakning bunday qarashlari hukmron tabaqa manfaatlariga zid edi. Mana shuning uchun ham Mazdak va uning tarafdorlari taqib ostiga olindi va ular shafqatsizlarcha jazolandilar.
Mazdakizm ma"naviy-axloqiy ta"limotida ham xuddi Zardushtiylik ta" limotidagi kabi hayvo nlarga nisbatan shafqatsizlik qilish, urish man etiladi.
Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma"naviy yuksalishida, ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zo'rlik, shafqatsizlikka qarshi kurashiga o'z ta"sirini o'tkazgan.
Takrorlash uchun savollar:

  1. O'rta Osiyo xalqlarining qanday afsona, rivoyat va dostonlarini bilasiz? Ulardagi manaviy jihatlarni izohlang.

  2. O'rta Osiyo xalqlarining vatanparvarlik mavzuidagi qanday xalq og'zaki ijodi namunalarini bilasiz?

  3. «Avesto»da inson axloqi, odobi, ma’naviyatini ifodalovchi tayanch g'oyalarni izohlang.

  4. «Avesto»da tabiatga, hayvonlarga munosabat qanday bayon qilingan?

  5. «Avesto» da sog'lom avlod masalalari qanday ko'rib chiqilgan?

  6. Moniy va Mazdak ta"limotlaridagi ma’naviyat masalalarini izohlang.

  7. Xalq og‘zaki ijodining bola tarbiyasidagi o‘rni.

  8. Yoshlarni tarbiyalashda milliy udum va an’analardan foydalanishning o‘ziga xosliklari nimada deb o‘ylaysiz?

  9. Ma’naviy barkamol inson tarbiyasida maqol va matallarning ahamiyati qanday?




Download 40.26 Kb.
  1   2   3   4




Download 40.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ma’naviyatini turli tahdidlardan asrashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni reja

Download 40.26 Kb.