• Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi
  • Reja : Kirish Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi. Kutubxonalarning jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlari. O‘zbekiston va xorijiy davlat kutubxonalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik




    Download 30.46 Kb.
    bet1/4
    Sana02.05.2023
    Hajmi30.46 Kb.
    #55752
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi
    АМАЛИЙ АУДИТ, Mavzu; Photoshopda rang tizimlari-fayllar.org



    Reja :
    Kirish

    1. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi.

    2. Kutubxonalarning jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlari.

    3. O‘zbekiston va xorijiy davlat kutubxonalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    KIRISH

    Davlatning taraqqiy etishi va millatning yuksalishida axborot-kutubxonalarning ham hissasi juda kattadir, chunki dunyodagi erishilgan ilm-fan sohasidagi jamiki yutuqlar majmuasi kutubxonalarda jamlangan bo‘ladi.


    Kutubxonalardan foydalanuvchilarning nazariy tajribalar almashinuvi, har bir sohaga oid zamonaviy bilimlarini mustahkamlash, oʻquv jarayonida zarur materiallar va qoʻllanmalardan unumli foydalanish va taʼlimga oid bir qator tadbirlarni amalga oshirishning asosi ham shu yerda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda barcha insonlar kitob o‘qimay turib yuksak taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini anglamoqda, shuning uchun ham kutubxonalar salohiyatini yuksak darajaga ko‘tarish hamda xalqaro andozalarga moslashtirish zamon talabiga aylangan.
    Mamlakatimizda axborot texnologiyalarining yuqori darajada rivojlanib borayotganligi tufayli, axborot-kutubxona muassasalari ham yangicha qiyofa kasb etmoqda. Bugungi kunda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha axborotkutubxona muassasalarining axborot resurslariga lokal va internet orqali kirish, axborot bibliografik xizmat ko‘rsatish, elektron resurslardan masofaviy foydalanish va yetkazib berish, ma’lumot-axborot xizmat ko‘rsatish faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan.


    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi.
    Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
    Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir.
    Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005);
    Shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida oʻzbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari (toʻplami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 oʻrinli 9 ta qiroatxona, 20 oʻrinli internet markaz, media markaz, 10 oʻrinli internetga ulangan oʻquv kompyuter markazi bor.
    Kitobxonlarning oʻrtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi;
    13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar berish amalga oshiriladi.
    Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud:

    • kitobxonlarga xizmat koʻrsatish;

    • fondni butlash;

    • Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash;

    • ilmiy-uslubiy;

    • milliy bibliografiya

    • axborot;

    • oʻsmirlar boʻlimi;

    • ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot;

    • chet el adabiyotlari;

    • kutubxonalararo abonement (KAA);

    • avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi;

    • ilmiy tadqiqot markazi;

    • nashriyottahririyat;

    • nodir va qadimiy nashrlar;

    • depozitar saqlash fondi;

    • nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.

    Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi.
    Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya - "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9 nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15-20 ming nusxa nashrlar oladi.
    Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan.
    Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shveysariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.
    1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi:
    Kitob rasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari ("Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi", "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi", ".. Kutubxona. dunyosi", "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati"ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.
    Oʻzbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur boʻlib, bunda kutubxonalar katta rol oʻynagan. Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar, xususan, xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan.
    Sadri Ziyo maʼlumotlariga qaraganda XX asrning boshida birgina Buxoro shahrida 13 ta kutubxona, 96 ta qiroatxona bor edi. Buxoro shahridagi hukmdor saroyidagi kutubxonada xitoy, uygʻur, pushtu, fors, arab va boshqa tillardagi qoʻlyozmalar saqlangan. Kutubxonada kitobdor, mushrif, risolachi va mirzolar xizmat qilganlar. Saroy kutubxonasida amirlarning shaxsiy kolleksiyalari bilan birga 47.500 jild turli tillardagi qoʻlyozma va toshbosma kitoblar saqlangan.
    Buxoro shahrida eng boy shaxsiy kutubxona amirzoda Hashmatga tegishli boʻlgan. U Buxoro amiri Muzaffarning oʻgʻli boʻlib, oʻzidan bir necha asarlar ham qoldirgan. Mamlakatda yana bir nechta yirik shaxsiy kutubxonalar boʻlgan.
    XX asr boshida jadidchilik harakati rahnamolari mintaqa shaharlarida maʼrifatni keng targʻib qilish maqsadida dastlabki ommaviy kutubxonalarga asos soldilar. Ularning shaxsiy mablagʻlari va xayriyalar hisobidan tashkil qilingan ushbu kutubxonalarda jamlangan adabiyotlar mazmuni va yoʻnalishi jihatidan saroy kutubxonalaridan ancha farq qilib, zamon ruhini aks ettirib turar, xalq ommasi, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega edi.
    Xususan, 1908-yilda Namanganda Isʼhoqjon oʻgʻli Ibrat tomonidan «Matbaai Isʼhoqiya» nomli ilk nashriyot qoshida «Kutubxonai Isʼhoqiya» nomli kutubxona tashkil etildi. Shuningdek, Buxoro shahrida ham “Yosh buxoroliklar” harakati tomonidan “Maʼrifat” kutubxonasi tashkil etiladi. “Maʼrifat” kutubxonasida mamlakatda va xorijda chiqarilgan yangi adabiyotlar, gazeta va jurnallar jamlangan edi. Kutubxonada Istanbulda chop etilgan “Hikmat”, “Sirotil mustaqim”, «Taʼrifi muslimin» jurnallari, Rossiyada chop etilgan “Tarjimon”, “Irshod”, “Vaqt” gazetalari va “Shoʻro” jurnali, Turkistonda chop etilgan jadid matbuoti namunalari jamlangan edi. 1913-yilda Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan yangi usul maktablari uchun darsliklar chop etish, mahalliy matbuotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan «Nashriyoti Behbudiya» kutubxona tashkil etiladi. Kutubxonada zamonaviy adabiyotlar bilan bir qatorda oʻsha davr matbuot namunalari, diniy, tarixiy adabiyotlar ham jamlangan edi. 1914-yilda Toshkentdagi “Turon” jamiyati qoshida ham kutubxona tashkil etiladi. 1915-yilda Qoʻqon shahrida Hamza Hakimzoda tomonidan “Gʻayrat” kutubxonasi tashkil etiladi.
    Oʻsha davrlarda kutubxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad eng avvalo yoshlar, maktab oʻqituvchilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar, darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish edi. Chunki bu adabiyotlar va gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi.



    Download 30.46 Kb.
      1   2   3   4




    Download 30.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja : Kirish Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Milliy kutubxonalarning paydo bo‘lishi. Kutubxonalarning jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlari. O‘zbekiston va xorijiy davlat kutubxonalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik

    Download 30.46 Kb.