Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi. Reja




Download 25,85 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2024
Hajmi25,85 Kb.
#147147
  1   2
Bog'liq
Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi.


Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi.
Reja:

  1. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

  2. Kutubxona tarixi

  3. Kutubxonaning O’zbekistondagi nufuzi

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida oʻzbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari (toʻplami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 oʻrinli 9 ta qiroatxona, 20 oʻrinli internet markaz, media markaz, 10 oʻrinli internetga ulangan oʻquv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning oʻrtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar berish amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.
Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan. Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shveysariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.
1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitobrasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari ("Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi", "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi", ".. Kutubxona. dunyosi", "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati"ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mazkur sayti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 19-bandida belgilangan (Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish) vazifalarni bajarish maqsadida yaratildi.
Tizim aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. Zero, kitob inson aqlini charxlaydigan, uni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho bir vositadir. Xalqimiz azaldan kitobxonligi va ilm-ma’rifatga intilishi bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududidagi vokzal va aeroportlarning kutish zallarida, stansiyalarda, bekatlarda bunday imkoniyatning yaratilishi, aholi o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirishga va mutolaa madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Yo‘lovchilar joriy etilgan virtual kutubxonadan o‘z smartfonlariga tablodagi QR-kodni skanerlab, kitoblarning elektron nusxasini hamda ularning audio- va video variantini uyali telefonlari xotirasiga bepul yuklab, mutolaa qilishlari mumkin.

Kutubxona 1870-yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan. Fondini tashkil qilishga Xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik koʻrsatib, oʻz fondlaridan adabiyotlar sovgʻa qilishgan. 1870-yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq kitob yigʻilib, kutubxona fondining asosi yaratilgan.



Kutubxonaning qoʻlyozmalar fondi 1917-yilda 250 tomni tashkil etgan. Bu davrda kutubxonaga Xiva va Toshkent litografiyalarida chiqarilgan birinchi litografik kitoblar xarid qilingan. Bu litografiyalar Alisher Navoiyning “Xamsa”si (1880), “Munis devoni”, XVIII asrning mashhur shoiri Soʻfi Ollohyorning “Sabotul ojiziyn” (“Ojizlar matonati”) asarlari va boshqa noyob manbalardan iborat.
1920-yili kutubxonaga Davlat kutubxonasi maqomi berildi va u keskin oʻzgardi. 1925-yilga kelib kutubxonaning fondi 140 ming jildga yetdi. 1920-yildan boshlab kutubxona Turkiston oʻlkasida chop etilayotgan nashrlarning majburiy nusxalari taqdim etilgan.
Markaziy Osiyo respublikalarining tashkil etilishi natijasida kutubxona Oʻzbekiston xalq taʼlimi qoʻmitasiga buysunadi va qayta tashkil etilgan Markaziy Osiy respublikalarida kutubxonachilik ishini tashkil etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsata boshlaydi.
Oʻzbekiston hukumatining Qaroriga koʻra Toshkentdagi Oʻzbekiston Davlat ommaviy kutubxonasi 1933-yildan respublikaning sharq qoʻlyozmalarini saqlash Markazi deb eʼlon qilingan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda kutubxonaning asosiy vazifasi kitob fondlarini toʻldirish va kengaytirishdan iborat boʻlgan. Bu vaqtda Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya kabi davlatlardan kitoblar kela boshlagan. Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan hamdoʻstlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.
1948-yili kutubxonaga buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy nomi berildi va muassasa 350 oʻrinli oʻquv zaliga ega boʻlgan uch qavatli yangi binoda ish boshladi. Oʻsha paytda nodir va qadimiy nashrlar boʻlimi tashkil etilib, unda 2 mingdan ortiq kitob, jumladan, 250 ta avtografli, 151 ta ekslibrisli kitoblar jamlangan edi. Ayni paytda bu fond 16 mingdan ortiq manbaga ega.
1980-yillardan fondni oʻzbek tilidagi adabiyotlar bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratila boshlangan. Hozirda ularning soni 600 mingdan ortiq boʻlib, oʻzbek mumtoz adabiyotining Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy kabi namoyandalari hamda zamonaviy adabiyot va ilm-fan vakillarining asarlaridan iborat.
Kutubxona tarixidagi navbatdagi muhim davr 2002-yildan boshlandi – shu yili 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinig “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni chiqdi. Farmonning 8-bandida respublika ilmiy muassasalarilarining taklifi qabul qilinib, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi bilan Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tashkil etildi.
2002-yil 12-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq kutubxonaning maqomi – milliy va xorijiy adabiyotlarning asosiy davlat xazinasi, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib boruvchi va muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz etib belgilandi.
2011-yili poytaxtimizda shaharsozlik madaniyatining yana bir noyob namunasi – “Maʼrifat markazi” bunyod etilib, undan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi joy oldi.
2012-yil 20-martda qabul qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq kutubxona tuzilmasi yangilandi, uning boʻlimlari va xizmat koʻrsatish ishi takomillashtirildi, vazifalar koʻlami kengaytirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-avgustdagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini taʼminlash, ularning fondini tizimli koʻpaytirish va boyitish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida axbrot-kutubxona muassasalari, muzeylar fondlarida saqlanib kelinayotgan qadimgi qoʻlyozma va noyob kitoblarni elektron formatga oʻtkazish, Milliy kutubxonada mavjud boʻlgan nodir kitoblar fondining elektron katalogi bilan qiyoslab, yoʻq kitoblarni aniqlash hamda Milliy yigʻma elektron katalogi asosida mazkur nashrlarning toʻliq matnli elektron maʼlumotlar bazasini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga jahon andozalari darajasida xizmat koʻrsatish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 oʻrinli 13 ta oʻquv zaliga axborot-kutubxona faoliyatini yuqori darajada olib borishga moʻljallangan zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar oʻrnatilgan, Wi-Fi tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Bunday sharoitlar kitobxonlar tashrifi yildan-yilga oshib borishiga imkon bermoqda.
“Oʻzbekiston”, “Adolat”, “Istiqbol”, “Jahon”, “Tafakkur” oʻquv zallarida tashkil qilingan ochiq fondlar foydalanuvchilarni kitob javonlari oralab oʻziga zarur boʻlgan kitoblarni bemalol izlashi va buyurtma berishi, shuningdek, kutubxona fondiga yangi olingan manbalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Kutubxona tomonidan 2013-2014-yillar davomida kutubxona fondlaridagi ilmiy jihatdan boy adabiyotlarni targʻib qilish va foydalanuvchiga masofadan tezkor xizmat koʻrsatish maqsadida 7 ta texnik loyiha, jumladan, “ISBN, ISSN va UOʻK, KBK” raqamlarini berish” interaktiv onlayn xizmati, “Nodir nashr va qoʻlyozmalar maʼlumot bazasini yaratish, saqlash va aniq taqdim qilish jarayonini avtomatlashtirish”, “Milliy kutubxonaning yagona bazasi asosida kitob va jurnallarning statistik hisobotini avtomatlashtirish”, “Dissertatsiya va ilmiy ishlarning yagona bazasi”, “Shaxsiy kabinet”, “Imidj katalog” dasturlari amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, shuningdek, uning faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-dekabrdagi qarori asosida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Agentlik tuzilmasi tarkibiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Agentlikka axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ maqomi berildi. Natijada Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oldiga yangi vazifalar qoʻyildi.
Ushbu kutubxona hozirda mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini oʻtamoqda. Kutubxona huzurida tashkil etilgan Respublika uslubiy kengashi kutubxonalar faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, alohida kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-bibliografik qoʻllanmalarni joriy etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda.
O’zbekiston milliy kutubxonasi
Download 25,85 Kb.
  1   2




Download 25,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasi. Reja

Download 25,85 Kb.