Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari




Download 367.36 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi367.36 Kb.
#94940
Bog'liq
ibroximov Axrorning labaratoriya ishi
bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, REFERAT, 806, deplom ishim (1), Pivo ishlab chiqarish (1) (1), Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ish mavzulari, Ta‘lim qonuniyatlari va qoidalari Reja Ta‘lim qonuniyatlari haq-fayllar.org, M.A.Xoshimxonova, 5-amaliy ish, Matematik mantiq va diskret matematika. 2-jild (H.To\'rayev, I.Azizov), 2067 1.08. Ижтимоий педагогика ўзбек ишчи дастур, kurs ishi nizom, 6301785, ezoza

SOLIQ QOMITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI”

N_2- laborotoriya ishi

Talaba- RI-22-23 Ibroximov Axror

O’qituvchi- Samandarov Botirjon

Labaratoriya ishi.


Canva platformasi xizmatlaridan foydalanish.
Canva bu grafik dizayn platformasi boʻlib, odamlar undanSMM, posterlar,taqdimotlar, hujjatlar va boshqa vizual ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud. Platformani ishlatish bepul boʻlib, qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim qiluvchi pullik obunalar — Canva Pro and Canva for Enterprise ham mavjud.
2020-yil iyunida, Canva 60 million avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilib, bozordagi narxini 6 milliard Avstraliya dollariga yetkazib oldi. Bu 2019-yilgi platformaning narxidan 2 barobar koʻproqdir.
Canva Avstraliyaning Perth shahridaMelanie Perkins, Cliff Obrecht va
Cameron Adamslar tomonidan 2013-yilning 1-yanvarida ishga tushirilgan. Faoliyatining ilk-yilida, Canva foydalanuvchilar soni 750,000 taga yetadi. 2014-yil aprelida, ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar boʻyicha ekspertGuy Kawasakikompaniyaga brendni tanituvchi (Brand Promoter) sifatida qoʻshiladi. 2015-yilda, marketing materiallariga koʻproq eʼtibor berilgan Canva for Work servisi ishga tushadi.
2016-2017-yillar oraligʻida, Canvaning daromadi 6.8 million Avstraliya dollaridan 23.5 million Avstraliya dollariga yetib, 3.3 million Avstraliya dollariga teng zarar bilan chiqdi. 2017-yilda kompaniya rentabellikka erishdi va oʻsha payt platforma 294000 toʻlovchi mijozlarga ega edi.
2018-yil yanvar oyida Perkins kompaniya Sequoia Capital, Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalaridan 40 million Avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilinib, kompaniya 1 milliard Avstraliya dollariga baholanganini eʼlon qildi..
2019-yil may oyida General Catalyst va Bond va uning mavjud sarmoyadorlari Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalari orqali Canvaga 70 million Avstraliya dollari investitsiya kiritilib, kompaniya bahosi 2.5 milliard Avstraliya dollariga yetdi.
2019-yil oktabr oyida kompaniya qoʻshimcha 85 million Avstraliya dollar investitsiya jalb qilib, bozordagi uning narxi 3.2 milliard Avstraliya dollarini tashkil qilganini va yirik korparatsiyalar uchun servis ishga tushganini eʼlon qildi.
2019-yil dekabr oyida, Canva oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni osonlashtirish uchun moʻljallangan maktablar va boshqa taʼlim muassasalari uchun bepul taqdim etiluvchi Canva for Education servisini ishga tushirdi.
2020-yil iyun oyida, Canva FedEx Office bilan, keyingi oy esa Office Depot bilan hamkorlik qilishni boshlaganini eʼlon qildi. 2020-yil iyun holatiga koʻra, Canvaning bahosi 6 milliard Avstraliya dollariga yetdi.
2019-yil may oyida,139 million Canva foydalanuvchi maʼlumotlari tarqalib ketadi. Chiqib ketgan maʼlumotlar foydalanuvchilarning haqiqiy ismlari, foydalanuvchi nomlari, manzillar va geografik maʼlumotlar va baʼzi foydalanuvchilarning parollaridan iborat edi. Canvaning tezda bunga qarshi koʻrgan chorasi olqishlangan boʻlsada, foydalanuvchilarga yuborilgan maʼlumotlar sizishi haqidagi email xatlari uchun tanqidga uchradi. Yuborilgan xatlar undan oldin joʻnatilgan marketing maqsadida foydalanilgan reklama emaillari ostida „koʻmilib“ketgan.
2018-yilda, kompaniya prezintatsiyalar qismini rivojlantirish maqsadida Zeetings stratapini sotib oldi. Bitim qiymati oshkor qilinmagan.
2019-yil may oyida, Germaniyada joylashgan ikkita bepul fotosurat saytlari Pixabay va Pexels sotib olinganligini eʼlon qildi.
2021-yil fevral oyida, Canva Avstriyaning Kaleido.ai startapini va Chexiyada joylashgan Smartmockups kompaniyasini sotib oldi.

Canva ilovasining SI-ga asoslangan vositalari bilan koʻproq ish qilamiz. Magic tahrirlash bilan fotolaringizdagi ob'ektlarni oʻchiramiz yoki almashtiramiz yoki matndan tasvirga yangi rasm yaratamiz. Magic Write SI asosidagi yozish yordamchimiz yordamida ijodiy jarayoningizni boshlang yoki Magic Designga siz uchun maxsus dizayn yaratishga ruxsat beriladi.

Canva yordamida yaratishingiz mumkin bo'lgan ba'zi tarkiblar:

  • Blog posti banneri

  • Infografikani yaratish

  • Maxsus matn va Premium shriftlar

  • Tasvirni o'zgartirish

  • Rasmlarga matn qo'shing

  • Nutq pufakchalari yaratuvchisi

  • Rasm shaffofligi vositasi

  • Fotosuratni yaxshilash

  • 8000 shablon

  • Surat xiralashtirish

  • Foto vinyetka

  • Dizayn tarmoqlari

  • Logotip yaratish Foto ramkalar


1.Dastlab internet brouzer orqali www.canva.com saytini qidiruvga beramiz. 2. Quyidagi oyna hosil bo’ladi, yuqori o’ng burchakdagi Зарегистрироваться tugmasi ustiga bosib Canva dasturi asosiy oynasiga kirishni bosamiz. Зарегистрироваться ga o’tkandan so’ng qanday akkount orqali ro’yxatdan o’tishni so’raydi. 1. Google akkount orqali 2. Facebook akkount orqali 3. Boshqa elektron pochta orqali 4.Boshqa variantlar orqali Biz Google akkount orqali ro’yxatdan o’tishni tanlab ro’yxatdan o’tamiz va quyidagi oyna ochiladi.

    1. Shaxsiy foydalanish. Ish va shaxsiy foydalanish uchun tanlash.

    2. NNT lar. Umumiy foydalanish uchun tanlash.

    3. Katta kompaniya. Siz o’z brendingizni vizual birligini saqlab qolgan holda targ’ib qilmoqchisiz.

    4. O’qituvchi. Siz o’quvchilaringizni yoki talabalaringizni ilhomlantirishga intilasiz.

    5. Talaba. Siz o’qituvchilaringiz yoki do’stlaringizni hayratlantirmoqchisiz. 6. Kichik biznes. Bu yerda siz o’z brendingizni boshidan oxirigacha loyihalashingiz mumkin. Biz o’qituvchi bandini tanlab dastur asosiy oynasiga o’tamiz. Bizga quyidagicha ro’yxatni taqdim etadi:

•Oliy o’quv yurtlari;
•Boshlang’ich, o’rta maktablar;
•Boshqa tashkilot. O’zimizga kerakli bo’lgan bandini tanlaymiz va davom etish tugmasini bosamiz. Natijada bizdan qo’shimcha elektron pochta kiritishni taklif qiladi. Bu bandiga ma’lumot kiritishimiz ham yoki tashlab o’tib ketishimiz ham mumkin. Natijada Canva dasturining asosiy ishchi oynasi hosil bo’ladi.

Canva dasturining Главная bo’limi bandlari bilan tanishib chiqamiz. Ushbu bo’lim 7 ta banddan iborat :

  1. Docs. Ushbu bo’limda hujjatlar yaratish mumkin. Ikki xil hujjat yaratishni taklif qiladi. 1) Hujjat. Vizual jihatdan jozibali hujjatlarni yarating. 2) Docs to Desks. Kontengizni yararing va keyin uni avtomatik ravishda tahrirlang.

  2. Интерактивная доска. Ushbu bo’limda interaktiv doskani turli xillarini ajratib ko’rsatib berilgan. Masalan: interaktiv doska, aqliy hujum uchun interfaol doska, sxemalar bilan ishlash uchun inderaktiv doska, jamoa uchun interaktiv doska, interaktiv rejalashtirish uchun va turli xil interaktiv shablonlar ro’yxati keltirilgan.

  3. Презентатции. Ushbu bo’limda barcha turdagi taqdimot turlari keltirib ko’rsatilgan. Masalan: taqdimot, ovozli taqdimot, mobil qurilmalar uchun taqdimot, taqdimot (4:3), aqliy hujum taqdimoti va boshqalar.

  4. Соцсети. Ushbu bo’limda ijtimoiy tarmoqlar uchun turli kontekslar , reklamalar yaratish imkoniyati mavjud. Masalan: tez to’plamni yaratish, foto tahrirlash, instagramga joylash, facebookga joylash, instagramdagi hikoya, facebook fon suratlari, qisqa videolar va hakazo.

  5. Видео. Ushbu bo’limda videolarni oson tahrirlash imkoniyatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy tarmoqlar uchun, ta’lim sohasi uchun, reklamalar uchun videolarni tahrirlash va yangi videolar yaratish imkoniyati mavjud. Masalan: video, Instagram video, youtube video, tiktok video, video kolleksiyalari, facebook video va hakazo.

  6. Сайты. Ushbu bo’limda Canva dasturi tomonidan bepul shablonli sayt dizaynlari taktif etiladi va sayt ustida tahrirlash ishlarini olib boorish mumkin.

  7. Еще. Ushbu bandga kirganimizda turli interaktiv shablonlar bilan ishlash imkoniyatlari ochiladi. Masalan: infografika, foto kolleksiya, ish stol foni, diagramma, kitob muqovasi, bog’lanish diagrammasi, jurnal muqovasi, zoom uchun virtual fon, kalendar, plakat, ishchi varoq, hisobot va hakazo turdagi shablonlar ro’yxati keltirib o’tilgan. Yuqoridagi rasmda 8,9belgilangan bo’limlari Проекты va Шаблоны bo’limlari bo’lib, Проекты bo’limida siz tomoningizdan yaratilgan proyektlar fayl ko’rinishida canva 1 3 4 5 6 7 8 9 2 SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH International scientific online conference 347 dasturining bulut xotirasida saqlanadi. Шаблоны bo’limida umumiy holda barcha turdagi shablonlar ro’yxati keltirilgan, foydalanuvchi o’ziga kerakli turdagi shablonlarni tanlab tahrirlash yoki yangi proyekt yaratishlari mumkin. Natija va munozaralar. O'quv jarayonida infografikadan foydalanish samaradorligini baholash maqsadida Furqat tumani 2-umumta’lim maktabida tajriba sifatida aynan bitta ma’ruza materiali an'anaviy shaklda va infografika ko'rinishida taqdim etdik. O'rtacha bitta infografika 3-6 taqdimot slaydlarini almashtiradi, infografikaning asosiy qismi Canva dasturi yordamida amalga oshirilgan. So‘rov o‘tkazish uchun 9-sinf o’quvchilar ma’ruzadan so‘ng anketa to‘ldirish taklif qilingan. O`tkazilgan anketa so‘rovnomasidan ta’lim jarayonida infografikaning afzalliklari yaqqol ko‘rindi.

Nazorat savollar:

    1. Canvadan ro’yhatdan o’tgandan keyin qanday oyna ochiladi?

    2. Canvadan qanday narsalar yasashda foydalanamiz?

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakkli Canva dasturi barcha uchun kerakli dastur hisoblanadi, dasturni o’rganish natijasida foydalanuvchi agar o’qituvchi bo’lsa turli ko’rgazmali qurollar, o’quvchilarni taqdirlash maqsadida setifikat va diplomlar va hakazo turdagi ko’rgazmali qurollarni bepul, mustaqil tarzda yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Download 367.36 Kb.




Download 367.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari

Download 367.36 Kb.