• UMUMIY QOIDALAR
  • Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi
  • Kurs ishini bajarishdan maqsad




    Download 52,09 Kb.
    bet1/9
    Sana07.02.2024
    Hajmi52,09 Kb.
    #152483
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    kurs ishi nizom


    Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “Iqtisodiyot nazariyasi” fandan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, iqtisodiyot, moliya, bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar, hisobotlari materiallarini hamda ilmiy tezis va maqolalarni o‘rganish asosida to‘plangan, shuningdek, Internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
    Qo‘yilgan maqsadning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun kurs ishlarini bajarishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    - kurs ishida mavzuga taalluqli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, ma’ruzalari va Prezident asarlaridan ma’lumotlar, Oliy Majlis sessiyalari materiallari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari sharhi o‘z aksini topishi lozim;
    - kurs ishini yozish jarayonida tadqiq etilayotgan mavzu va o‘rganilayotgan amaliy ma’lumotlarning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va mavzu bo‘yicha samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilashning bugungi sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning turli dastak va vositalaridan foydalanish shakllari va usullarini takomillashtirish nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy yondoshish zarur;
    - kurs ishi mazmunini ravon adabiy tilda bayon qilish, tadqiqotlar va izlanishlar natijalarini rasmiy hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga rioya qilgan holda aks ettirish lozim.
    UMUMIY QOIDALAR
    Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi, keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi, rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan
    Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
    - kafedra tomonidan tavsiya etilgan kurs ishi mavzulari ro‘yxatidan mavzuni tanlash;
    - tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan dastlabki tanishish;
    - kurs ishi rejasini tuzish;
    - adabiyotlarni o‘rganish va amaliy ma’lumotlarni to‘plash;
    - kurs ishini yozish va rasmiylashtirish;
    - kurs ishini himoya qilish.

    Download 52,09 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 52,09 Kb.