|
Adabiyotlarni rasmiylashtirish tartibi
|
bet | 6/9 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 52,09 Kb. | | #152483 |
Bog'liq kurs ishi nizomAdabiyotlarni rasmiylashtirish tartibi
Foydalanilgan manbaning nomi, muallifi, nashriyotning nomi, nashr etilgan yili va hajmi kabi ma’lumotlarni adabiyotlar ro‘yxatida qanday tartibda keltirish lozimligi quyida ko‘rsatilgan:
1) Normativ-huquqiy hujjatlar nomlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonuni. 913-son, 2 sentabr 1993 yil. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent
irrigatsiya va qishloq xo`jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy
ma`lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3702-sonli qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.
2) Darslik va o‘quv qo‘llanmalar nomlari:
1. Mc Connell, Brue. Economics. 17 th edition. Mcgraw-hill/Irvin, USA,
2009.
2. O‘lmasov A.,Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: “IQTISODMOLIYA”,2014. -480 b.
3. Shodmonov.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: “IQTISODMOLIYA”,
2010. -728 b.
4. Jo‘rayev.T.T., Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi. Ko‘rgazmali
qo‘llanma. -T.: “fan va texnlogiya”, 2014. -448 b.
3) Ilmiy jurnallardagi maqolalar nomlari:
1. Haydarov N.X. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishda
davlat moliyasining o‘rni // Iqtisod va moliya. – Toshkent, 2013. – № 9. –B. 13.
2. Бакайбаева А.С. Учет доходов государственного бюджета с
использованием казначейских технологий в Республике Узбекистан // Iqtisod
va moliya. – Toshkent, 2013. – № 12. – B. 7.
4) Internet saytlari quyidagi tartibda keltiriladi:
http://www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Agar kurs ishida ilovalar mavjud bo‘lsa, u holda ular foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan keyin, har bir ilovani yangi betning o‘ng yuqori burchagiga
“Ilova” so‘zini yozgan holda keltirish tavsiya etiladi. Agar kurs ishida bittadan ko‘p ilova bo‘lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, “1-ilova”, “2-ilova” va h.z. Kurs ishi matnida bu ilovalarga havolalar bo‘lishi kerak va ular “1-ilovaga qarang”, “2-ilovada keltirilgan” kabi so‘zlar bilan ko‘rsatiladi.
Hajm jihatdan katta jadvallar, rasmli illyustratsiyalar, shuningdek, korxona va
tashkilotlar, moliya, soliq, organlarining ma’lumotlari kurs ishiga ilova tarzda keltirilishi maqsadga muvofiq.
Kurs ishining rejasi ma’lum ma’noda mundarija vazifasini o‘taydi, shu sababli, agar kurs ishiga ilovalar keltirilgan bo‘lsa, rejadagi “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” so‘zlaridan keyingi qatoriga “Ilovalar” degan so‘z kiritilishi kerak.
|
| |