|
KURS ISHI REJASINI TUZISH
|
bet | 2/9 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 52,09 Kb. | | #152483 |
Bog'liq kurs ishi nizomKURS ISHI REJASINI TUZISH
Kurs ishi rejasini tuzishda biron-bir qolipning, yagona shaklning bo‘lishi mumkin emas. Lekin aksariyat mavzular uchun tuzilgan rejalar savollari o‘rganilayotgan mavzuning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish ob’ektidagi amaliyot holati tahlilini, izlanish uchun asos qilib tanlangan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini qamrab olishi kerak.
Kurs ishi rejasini talaba asosiy adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan so‘ng tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning asosiy savollarini aks ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik savollarga ajratgan holda, kengaytirilgan (murakkab reja) bo‘lishi mumkin.
Talabaga tavsiya!
Hech qaysi adabiyotda tayyor
kurs ishi bo‘lmaydi!
Kurs ishi talabaning mustaqil
izlanishlari mahsuli bo‘lishi kerak
Rejaning savollari ma’lum bir tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim. Rejada talabaning ijodiy yondoshuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab
qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs ishining qiymatini yanada oshiradi.
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak, shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Kurs ishini yozish. Kurs ishi odatda, kirish qismi, 4-5 ta savol va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, kurs ishini yozishga asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlarning axborot manbalari, izlanishning ob’ekti, predmeti va amaliy ahamiyati aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlar kabi, kurs ishi uchun ham majburiy talabdir. Talaba mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va nazariy jihatdan tayyorgarligi, albatta, bu mavzuning mazmunini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi uchun etarli bo‘lishi kerak. Mavzuning dolzarbligini yoritishda quruq, asossiz gaplarga o‘rin bermaslik, gapni uzoqdan boshlab, mavzuning mohiyatiga etib kelganda, xalq so‘zi bilan aytganda “aravani quruq obqochish”larga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma’ruzalaridan, shuningdek, xorijiy va milliy iqtisodchi-olimlar asarlaridan mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrlarni keltirish ayniqsa muhim. Ishning kirish qismida kurs ishi mavzusining maqsadi o‘zining aniq ifodasini topishi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida qo‘yilgan vazifalar aniq ko‘rsatilishi kerak, chunki, kurs ishini baholashda qo‘yilgan maqsadga erishilganlik va belgilangan vazifalarning bajarilganlik darajasiga baho beriladi. Kurs ishining kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Birinchi savol odatda o‘rganilayotgan soha yoki iqtisodiy kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag‘ishlanadi. Unda u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Biron bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini ochib berish - bu mazkur kategoriyaning mohiyati va zarurligi nimada, zamonaviy bozor iqtisodiyotida u qanday o‘rin egallaydi, uning rivojlanishining ob’ektiv omillari nimalardan iborat, qanday iqtisodiyijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi, ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? - degan savollarga javob berishdir. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini aniq raqamli ma’lumotlar asosida ochib
berish mumkin.
Ma’lumotlar dunyo bo‘yicha, mamlakat bo‘yicha yoki mavzu oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududlar (viloyat, shahar, tuman) bo‘yicha keltirilishi va bir necha yil ko‘rsatkichlarini solishtirish asosida tahlil natijalari aks ettirilishi kerak.
Ikkinchi savol odatda amaliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Unda u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning amal qilish mexanizmi, uning dastak va vositalaridan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi.
|
| |