|
Baholash tartibi va mezonlari
|
bet | 8/9 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 52,09 Kb. | | #152483 |
Bog'liq kurs ishi nizomBaholash tartibi va mezonlari
Talabalarning kurs ishi bo‘yicha bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
Amaldagi 2018 yil 9 avgustdagi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM ga muvofiq talabaning kurs
ishi bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish darajasi – 5 baholik tizimda baholanadi: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik
qarzdor talaba hisoblanadi.
1-ilova
KURS ISHI REJA NAMUNA
Kirish
Asosiy qism
1§
1.1.
1.2.
1§ bo‘yicha xulosa
2§
2.1.
2.2.
2§ bo‘yicha xulosa
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilova
2-ilova
Titul varaqasi namunasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM ” KAFEDRASI
“____________________________” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:____________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Bajardi:____________________________________________________________
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
__________________________________________________________________
(fakultet, bakalavriat yo‘nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: _______________________________________
(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)
|
| |