Kurs ishini bajarishdan maqsad




Download 52,09 Kb.
bet5/9
Sana07.02.2024
Hajmi52,09 Kb.
#152483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi nizom

Talabaga tavsiya!
Kurs ishini yozishdan avval chiroyli
yozish texnikasini mashq qilib oling,
chunki barmoqlaringiz uyali telefonda
sms yozishdan ancha charchagan!
Kurs ishi bo‘lim (savol) larining har biri yangi varaqdan boshlanadi va bo‘limning nomlanishi rejada qanday bo‘lsa, o‘zgartirishsiz shundayligicha varaq
satrining o‘rtasiga yoziladi. Sarlavhalarni yozishda so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, shuningdek, sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Sarlavhaning tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin bo‘limning tartib raqami arab raqami bilan belgilanadi va raqamdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Agarda rejada belgilangan savollar kichik savollarga bo‘lingan bo‘lsa, u holda bu savolchalar sarlavhasi ko‘p pog‘onali raqamlash qoidasiga ko‘ra “1.1.”, “1.2.” shaklida raqamlanadi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham yangi varaqdan boshlab yoziladi va raqamlanmaydi. Kurs ishining asosiy qismi bo‘limlari nomlari, shuningdek, “Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” so‘zlari bir xilda varaqning yuqori qismining o‘rtasiga, matn esa sarlavhadan keyin bir qator tashlab, keyingi qator xatboshidan katta harf bilan boshlab yoziladi.
Illyustrativ materiallar, masalan, rasmlar, diagrammalar ko‘rish uchun qulay
tarzda joylashtirilishi kerak. Kurs ishiga PowerPoint dasturida tayyorlangan tayyor
slaydni joylashtirishga ruxsat berilmaydi, slayddagi materialni Word dasturida tayyorlab, so‘ngra kurs ishi matniga kiritish maqsadga muvofiq, chunki PowerPoint dasturida tayyorlangan slaydlar taqdimot qilish uchun mo‘ljallangan, unda qisqa ma’lumotlar, bog‘langan blok-chizmalar, rasmlar, boshqa rangli tasvirlar bo‘ladi, kurs ishi esa ma’lum talablar asosida tayyorlangan jiddiy ilmiy ish bo‘lib, agar kafedra tomonidan kurs ishi himoyasi taqdimot ko‘rinishida amalga oshirilishi talab etilsagina, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotni printerda chop etib, kurs ishiga ilova qilishingiz mumkin.
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma)lar bo‘lim bo‘yicha ketma-ket arab
raqamlari bilan “1-rasm”, “2-rasm” shaklida raqamlanadi (kurs ishining ilovalarida
keltirilgan suratlar bundan mustasno) va rasmga izoh beruvchi yozuvdan nuqta bilan ajratiladi (grafik, chizma, diagrammalarni rasmiylashtirish tartibi 6-ilovada ko‘rsatilgan).
Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir jadval sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi, sarlavhaning tagiga chizilmaydi. Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‘rtaga yozilishi tavsiya etiladi. Jadval ustunlarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar esa, agar ular sarlavhadagi gapning davomidan iborat bo‘lsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo‘lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak.
Ko‘plab ustunlardan iborat bo‘lgan jadvalni qismlarga bo‘lish va bir qismni
ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. Kurs ishining bo‘limlari tarkibidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-javdal” va h.z.zi, uning tartib raqami va sarlavhasi bir marta jadvalning bosh qismi ustida ko‘rsatilib, keyingi betga o‘tgan qismlar ustiga “davomi” degan so‘z yoziladi.
Kurs ishini yozish davomida foydalanilgan manbalarga havola(“snoska”)-
larni satr osti eslatmalarida keltirish lozim. Havola har bir betda 1 raqamidan boshlab tartib bilan, sanoq ketma-ketligida, arab raqamida keltirilishi lozim. Havolalar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- matnda qo‘llanilgan hujjat yoki ta’rifni tasdiqlash uchun;
- foydalanilgan adabiyotlar va birlamchi manbalarni ko‘rsatish uchun;
- matnda keltirilgan biror muammo, xulosa yoki taklifning olingan adabiyoti yoki boshqa manbasini ko‘rsatish uchun;
- davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirilganda;
- statistik ma’lumotlar va to‘plamlardan iqtibos keltirilganda;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda va boshqa holatlarda.
Har bir betda havolalar ko‘payib ketmasligi, iloji bo‘lsa, bir betda uchtadan ko‘p havola ishlatmaslikka harakat qilish kerak. Rasmlar va jadvallarga qilingan havolalar sarlavhaning oxirgi so‘ziga qo‘yiladi (6-ilovalarga qarang).

Download 52,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 52,09 Kb.