2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning
modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta‘sirlar ham
moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi
ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi
va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro
ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi.
Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri
tufayli yuz beradigan
hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini,
uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi.
Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga
olib kelgan
yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi,
fotoeffekt,
Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi.
Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va
Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik
energiyasiga(yorug‘likning
bosimi)
aylanish
jarayonlari,
shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya,
fotografiya,
fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan
kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi.
Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri
keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi )
spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalarda
kuzatiladigan
qonuniyatlar
to‘g‘ri
bo‘lmay
chiqdi.
Maksvell
elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan
qonunlarini moddaning qisqa
elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda
to‘satdan to‘polon qilib qoldi.
Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga
olib kelgan ediki,
bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda
enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan
3
modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi
mumkin emas,
ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan
jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina
sarf qiladi.