Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Mundarija




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana11.01.2024
Hajmi0,84 Mb.
#134567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
H

+ OH
-
 = H
2

Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi 
tuzlarning miqdori aniqlanadi. 
2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- 
qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi 
moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha. 
3. Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam 
dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil 
qilish metodlari. 
Titrlashning quyidagi usullari farqlanadi: 


15 
1) To’g’ri titrlash- reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o’rtasida 
ketgan vaqtda; 
2) Teskari titrlash - aniqlanayotgan eritmaga muayan ortiqcha (ammo aniq 
o’lchangan) miqdordagi ma’lum konsentrasiyali eritma qo’shilgan va bu 
reaktuvning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda; 
3) O’rinbosarni titrlash- ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror 
reaktiv o’rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda; 
Hajmlarni o’lchash. Titrimetrik aniqlashlarning muhim tomonlaridan biri 
reaksiyaga kirishayotgan moddalar hajmini aniq o’lchashdir. Titrlash bajariladigan 
ishchi eritma hajmi byuretka bilan o’lchanadi. Mikro o’lchashlarda ko’pincha 25, 
kamroq 50 ml hajmli byuretkalardan foydalaniladi. Titrlangan eritma hajmi Mor 
pipetkasida o’lchanadi. Titrlangan eritma hajmini aniq olish kerak. Titrlash 
jarayonida o’zaro ta’sir qiluvchi eritmalar hajmi noto’g’ri olinsa, analiz natijalari 
aniqligi kamroq bo’ladi [1]. 
Agar titrlashga juda kam yoki juda ko’p eritma sarflansa, titrlanadigan 
eritmaning boshqa hajmini olish kerak, toki titrlashga ketgan eritmaning hajmi 
byuretka umumiy hajmining 1/3 dan 2 /3 gacha qismini tashkil qilsin. 
Ishchi eritmalar. Ishchi eritma –deb odatda titrimetrik aniqlash o’tkaziladigan 
eritmaga aytiladi, ya’ni u bilan titrlanadi. 
Ishchi eritma yordamida aniqlash o’tkazish uchun uning aniq konsentrasiyasini 
bilish kerak. Titrlangan eritmalar (aniq konsentrasiyali eritmalar) tayyorlashning 
ikkita metodi bor. 
1. Analitik tarozida olingan aniq naveska o’lchov kolbasida eritiladi, ya’ni 
erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma’lum bo’lgan eritma 
tayyorlanadi. Bu holda eritmalar tayyorlangan titrli eritmalar deyiladi. 
2. 
Taxminan 
kerakli 
konsentrasiyali eritma 
tayyorlanadi, 
aniq 
konsentrasiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadi. 
Titrlash natijasida aniq konsentrasiyasi aniqlanadigan titrlangan eritmalar titri 
aniqlangan eritmalar deyiladi [2]. 


16 
Ishchi eritmalar, odatda, taxminan kerakli konsentrasiyada tayyorlanadi, 
ularning aniq konsentrasiyasi esa aniqlanadi. 
Titrimetrik analizning asosiy qoidalaridan biri quyidagichadir; analiz qaysi 
sharoitda bajarilsa, ishchi eritmalarning titri ham shu sharoitda aniqlanishi lozim. 
Ishchi eritmaning konsentrasiyasini normal konsentrasiya (1l eritmadagi ekvivalent 
miqdor) yoki titr orqali ifoda qilinadi. 
Titrlangan eritmalar olish uchun ko’pincha fiksanallar deb ataluvchi aniq 
miqdordagi reaktivli kavsharlangan shisha ampulalardan foydalaniladi. Har bir 
ampulada unda qanday modda va qanday miqdorda borligini ko’rsatuvchi yozuv 
bo’ladi. Masalan, HCI 0,1g-ekv. 
Reaksiyaning tugashini aniqlash. Ravshanki, ishchi eritma bilan titrlanayotgan 
modda orasidagi reaksiyaning tugash momentini, ya’ni ekvivalentlik nuqtasini aniq 
belgilash zaruriy shartdir [3]. Reaksiyaning tugashi qanchalik aniq belgilansa, analiz 
natijasi shunchalik aniq bo’ladi. 
Reaksiya tugashini aniqlash uchun indikatorlar deb ataluvchi alohida reaktivlar 
qo’llaniladi. Ko’pincha indikatorlarning ta’siri shunga olib keladiki, ular 
titrlanayotgan modda va ishchi eritma o’rtasidagi reaksiya oxirida ishchi eritmaning 
ozgina ortiqcha miqdori ishtirokida o’zgarishga uchraydi va eritma yoki 
cho’kmaning rangini o’zgartiradi. Byuretkadan – ishchi eritmadan ma’lum 
miqdorda quyilganda titrlanayotgan 
eritma 
rangi sezilarli 
o’zgarsa, 
bunda titrlashning so’ngi nuqtasiga erishildi deyiladi. 
Ko’pchilik hollarda indikator aniqlanayotgan modda eritmasiga qo’shiladi va 
titrlash indikator ishtirokida yuzaga chiqadi. Bu ichki indikatorlardir. Ayrim 
hollarda boshqacha yo’l tutiladi: titrlash mobaynida titrlanayotgan eritmadan 
kapillyar bilan bitta tomchidan olinib unga chinni plastinkada bir tomchi indikator 
qo’shiladi. Shunday qilib, indikator bilan bo’ladigan reaksiya titrlanayotgan 
eritmadan tashqariga ketadi. Bu holda ishlatiladigan indikatorlar tashqi 
indikatorlar deyiladi. Har bir titrimetrik analizga alohida indikatorlar bo’ladi.
Aniqlanuvchi modda kislotali yoki asosli bo’yoqlar bilan ekstraksiyalanib katta 
o’lchamli kation yoki anion tutgan rangli maxsulotga aylantiriladi. Masalan: surma 


17 
(V)ni avval xlorid kislotali yirik o’lchamli kompleks [SbCl
6
]

ga bog’lanadi. 
Kristallik binafsha rangli organik reagent ta’sirida, bu yirik kompleks ionlar 
birlashib, yiriqroq yorqin rangli ion assotsiatini xosil qiladi.

Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Mundarija

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish