2.1-mavzu: Kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil qilish.
1. Talabaning mustaqil ishi.
2. O’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi.
3. Talabaning mustaqil ta’limi.
4. Talabaning va o’qituvchining ish hajmi. Me’yorlangan va me’yorlanmagan mustaqil ish turlari.
5. Talabaning mustaqil ishini masofaviy usulda tashkil qilish. ARM faoliyatini tashkil qilish.
1. Talabaning mustaqil ishi.
. Talabalarning mustaqil ishi (TMI) - bu talabaning o’ziga xos o’quv faoliyati bo’lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o’qishiga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo’naltirilgan. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o’quv materialini o’zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog’ik bo’ladi.
TMI mazmuni fanning xususiyatidan, oliy o’quv yurtining texnik imkoniyatlaridan va kutubxonaning o’quv-uslubiy ta’minlanganidan kelib chiqib aniqlanadi.
Odatda TMI talabaning mustaqil ta’limi (TMT) bilan birgalikda auditoriyadan tashqarida bajariladigan o’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini (URTMI) ham o’z ichiga oladi.
Kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatda TMI ning umumiy soatlari fan hajmining yarmini tashkil etadi va uning ham deyarli yarmi O’RTMI ga ajratiladi. Sirtqi ta’limda TMI hajmi fan hajmining 4/5 qismini tashkil etishi maqsadga muvofiq.
TMIni tashkil qilish oliy o’quv yurtining asosiy me’yoriy xujjatlari, jumladan ishchi o’quv dasturlari (sillabus), fan modullarini mustaqil o’rganish bo’yicha talablarga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
2. O’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi.
O’RTMI yuklamasi o’qituvchining yuklamasiga to’laligicha kirmaydi, biroq kontakt mashg’ulotlar uchun o’qituvchiga alohida yuklama belgilanadi (hisob- chizma ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy izlanuvchiga rahbarlik, tayanch doktorantga rahbarlik va h.k.).
TMI innovatsion texnologiyalarga asoslangan bo’lishi kerak. O’RTMI ning auditoriyadagi shakli berilgan topshiriq doirasida talabalarning darslik va birlamchi manbalar,guruhli topshiriqlarni bajarish, yakka tartibdagi tahliliy faoliyatlarni ko’zda tutadi. O’RTMI har bir fan bo’yicha butun akademik o’qish davrida sana, vaqti, auditoriyasi va tьyutorlarni ko’rsatgan holda grafik bo’yicha o’tkaziladi.
O’RTMI doirasidagi mashg’ulotlar maslahat va interfaol shakllarda bo’lishi mumkin, ularning nisbati o’rganilayotgan fanning murakkabligi, ularni o’rganishga ajratilgan auditoriya soatlari hajmi, talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan aniqlanadi.
Yakka tartibda maslahat olgan talaba, o’qituvchilarning mehnatini hisobga olish bo’yicha jurnalga imzo qo’yadi. TMIning sifatini kafedra nazorat qiladi, bunda TMI ning hajmi, mazmuni va hisobot turini tasdiqlaydi, ish xajmini, ketma-ketligini va topshirish muddatlarini aniqlaydi, TMI natijalari bo’yicha talabalar va o’qituvchilarning hisobotlarini ko’rib chiqadi.
An’anaviy shakldagi o’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari (O’RTMI):
|