|
Talabaning mustaqil ishini masofaviy usulda tashkil qilish. ARM faoliyatini tashkil qilish
|
bet | 5/7 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 452 Kb. | | #147176 |
Bog'liq 5-ma\'ruzu yo\'nalishga kirish 5. Talabaning mustaqil ishini masofaviy usulda tashkil qilish. ARM faoliyatini tashkil qilish.
Masofaviy ta’lim bilim olish ishtiyoqida o’qiyotgan talabalar uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Bu usulda talabaga turli dastur va ilovalarda ishlashni taklif qilish orqali ularda 21 asr ko’nikmalarini shakllantirish va buni hatto auditoriyadagi mashg’ulotlardan ham yuksak darajada tashkil qilish mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida til o’rganish va iqtisodiy bilim sohalarida qo’llanilayotgan ko’plab interfaol o’qitish usullari ommalashgan. Ularning ko’pchiligidan texnika sohasidagi bilimlarni o’qitishda ham samarali foydalanish mumkin.
Mustaqil ishlarni masofaviy tizimda tashkil qilish uchun eng avvalo ta’lim natijalarini Blum taksonomiyasi orkqali belgilab olish zarur va bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun “Blum fe’llari” orqali android tizimidagi mos ta’lim ilovasini tanlash mumkin.
Masalan, hujjatga belgi qo’yish, undan nusxa olish, sanab berish, ta’riflash, mosligini aniqlash, ma’qullash, izohlash, qayd qilish, eslash, tanish, xabar berish, so’rash, qayta so’rash, izlash, identifikatsiyalash, nomlash, takrorlash, ajratib olish, izlash, belgi qo’yish, havola berish, esga tushirish, tasavvur qilish, aytib berish, tasvirlash, belgilash, joylashtirish, o’rnini belgilash, o’xshashini topish kabi BILISH kategoriyasiga tegishli faoliyatlarni android tizimidagi Notepad+, Mental Note, Word, Google, Excel, PowerPoint, Polaris Office, ShowMe, Quick Scetch, Blogpress, SmartOffice2, Show of Hands, Zoho Docs, Prezi, Flash cards+ ta’lim ilovalari orqali tashkil qilish mumkin.
Tasniflash, kategoriyalash, namoyish qilish, axborot izlash, bog’lash, dalil keltirish, izohlash, qisqartirish, muhokama qilish, yangi jihatini aniqlash, tushuntirish, baho berish, kengaytirish, ko’rsatib berish, guruhlash, farqlash, axborot to’plash, xulosalash, sharhlash, boshqa shaklda ifodalash, tarjima qilish, taqqoslash, boshqacha so’zlar bilan izohlash, xos belgi va yorliq qo’yish, oldindan aytish, umumlashtirish, tasdiqlash kabi
|
| |