|
2. 1-mavzu: Kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi va arm faoliyatini tashkil qilish
|
bet | 2/7 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 452 Kb. | | #147176 |
Bog'liq 5-ma\'ruzu yo\'nalishga kirish masala yechish - amaliy mashg’ulot mavzusi bo’yicha berilgan masalalarni
echish va uni yozma tarzda taqdim qilish;
referat - muammoning yozma bayoni, bunda adabiy manbalar sharhlanadi
yoki ilmiy ish, kitoblar tahliliy bayon qilinadi;
kollokvium - o’quv modulining nazariy qismining o’zlashtirilishini
tekshirish maqsadida suhbat uyushtirish;
esse - dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va
boshqa janrlarda yozma bayon qilish;
taqdimot - berilgan mavzu bo’yicha slayd va video materiallar
vositasida chiqish qilish;
keys-stadi - ishlab chiqarishdagi muammoli vaziyatlar bo’yicha
belgilangan shakldagi topshiriqlar bo’yicha yechim izlash;
ish uyinlari - kasbiy faoliyat jarayonlarini imitatsiya qilish,
sahnalashtirish, rollarni ijro qilish orqali kasbiy ko’nikmalar orttirish;
glossariy - berilgan mavzu bo’yicha atamalarni qisqa izohlash.
guruh, loyihasi - 3-5 talabaning hamkorlikda loyiha ishini bajarishi;
hisob-chizma ishlari - odatda texnik fanlar (muhandislik grafikasi, elektrotexnika, axborot texnologiyalari va h.k.) bo’yicha amalga oshiriladigan belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida yoziladigan grafik va hisob ishlari;
kurs ishi - fan yoki fanlar majmuasi (korxonalar iqtisodiyoti, menejment asoslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, fuqaro himoyasi va h.k.) muammolari bo’yicha belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida bajariladigan belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida yoziladigan yozma va hisob ishlari;
kurs loyihasi - fan yoki fanlar majmuasi (texnik mexaniqa, texnologik jarayon va qurilmalar, mutaxassislikka oid loyiha ishlari bajariladigan fanlar) muammolari bo’yicha belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida bajariladigan grafik chizmalar ilova qilinadigan belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida yoziladigan hisob ishlari;
diplom loyihasi - mutaxassislik faniga oid berilgan mavzu bo’yicha ishlab chiqarish korxonasini yoki uning bo’linmasini loyihalashga qaratilgan, grafik chizmalar va hisob ishlari bilan bayon qilinadigan belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida yoziladigan loyihaviy ish;
amaliyot hisoboti - o’tkazilgan malakaviy amaliyot (tanishuv, ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlari) bo’yicha belgilangan uslubiy qo’llanmalar asosida yoziladigan hisobot;
fan tugaraklarida ishtirok etish - talabaning fan tugaraklarida maket, slayd, namunalar kabi ko’rgazmali materiallarni tayyorlashi;
tanlovlarda ishtirok etish - talabaning o’qituvchining ilmiy rahbarligi ostida turli tanlovlarda ishtirok etishi (“Yosh ixtirochi”, talabalar startap loyihalari va h,.k.);
fan olimpiadalarida qatnashish - fanlar bo’yicha OTM lar o’rtasida o’tkaziladigan olimpiadalarda ishtirok etish (kimyo, umumiy kimyoviy texnologiya, fizika, axborot texnologiyalari va h,.k.);
ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish - fanga oid ilmiy-tadqiqot mavzusi bo’yicha OTM, Respublika va xalqaro miqyoslarda o’tkaziladigan ilmiy- texnikaviy anjumanlarda ma’ruza qilish;
ilmiy tezis va maqolalar chop etish - ilmiy anjumanlarning to’plamlarida tezislar va ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot mavzusi bo’yicha maqolalar chop qilish;
o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish - darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatma va boshqa o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Link
|
| |