2. 1-mavzu: Kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi va arm faoliyatini tashkil qilish




Download 452 Kb.
bet4/7
Sana27.01.2024
Hajmi452 Kb.
#147176
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-ma\'ruzu yo\'nalishga kirish

3. Talabaning mustaqil ta’limi.

Talabaning bevosita uzi tomonidan mobil qurilmasi orqali amalga oshiriladigan mustaqil ish turlariga (TMT) kuyidagilarni kiritish mumkin:





4. Talabaning va o’qituvchining ish hajmi. Me’yorlangan va me’yorlanmagan mustaqil ish turlari.
Kredit-modulь tizimida talabalarning mustaqil ish turlarining xajmi 50-60% gacha oshadi, amaldagi ta’lim tizimida bu ko’rsatkich deyarli 40%ni tashkil etadi. SHu sababli, mustaqil ta’limga yetarlicha e’tiborni qaratmasdan, uning uslubiy turlarini shakllantirmasdan kredit-modul tizimini to’laqonli tatbiq kilib bo’lmaydi.
Amaldagi ta’lim tizimiga nisbatan oladigan bo’lsak o’qituvchi
rahbarligidagi mustaqil ish turlarini me’yorlangan va me’yorlanmagan turlarga ajratish mumkin.
O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining o’quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlarida quyidagi o’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ish (O’RTMI) turlari me’yorlab qo’yilgan:

  • 3-ish turi: Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish va ular bo’yicha maslahatlar berish; bitta KI uchun 2 soat va KL uchun 3 soat ajratilgan. SHuningdek, bitta professor-o’qituvchi bir semestr davomida 50 tagacha rahbarlik qilishi va maslahat berishi mumkin.

  • 6-ish turi: Namunaviy o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish: bitta topshiriq uchun 0,3 soat, biroq, bitta fanga ko’pi bilan 1 soatgacha vaqt ajratilgan. Bitta professor-o’qituvchi ko’pi bilan 3 tagacha akademik guruh biriktirilishi mumkin.

  • 8-ish turi: Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyotlariga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash. Malakaviy amaliyot o’tayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga - 0,5 soat belgilangan. Bunda 1 akademik guruh, uchun bir ish kuniga - 6 soat, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilishga 1 akademik guruh; uchun ta’lim muassasasi joylashgan xududda kuniga - 3 soat, xududdan tashqarida - 6 soat etib belgilangan. Individual holda o’tkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun - 2 soat ajratilgan. Ushbu ish turi bo’yicha yuklama hajmi professor-o’qituvchining o’quv ishlari yuklamasining 20%idan oshmasligi ham belgilab kuyilgan.

  • 9-ish turi: Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilish, xulosalar yozish; bir o’quv yiliga har bir talaba uchun 25 soat, texnik yo’nalishlarda esa - 30 soat etib belgilangan. Bunda bir o’quv yilida bitta professor-o’qituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi.

  • 11-ish turi: Magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik faoliyati va

amaliyotiga rahbarlik qilish bir o’quv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat belgilangan. Bunda professor yoki fan doktori - 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis - 3 nafargacha talabaga rahbarlik qilishi mumkin.

  • 12-ish turi: Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va

ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish uchun bir o’quv yiliga bitta talaba uchun - 50 soat belgilangan. Bunda professor yoki fan doktori - 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis - 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilishi mumkin.

izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish. Bunda bir nafar doktorant uchun bir o’quv yiliga - 100 soat, bir nafar mustaqil izlanuvchi uchun bir o’quv yiliga - 50 soat belgilangan. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi o’zi ishlayotgan oliy ta’lim muasasasida 3 nafargacha doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan O’RTMI turlaridan masala yechish, referat yozish, kollokvium, esse, taqdimot, keys-stadi, ish uyinlari, glossariy, guruh, loyihasi va boshqalar uchun vaqt me’yorlari ko’zda tutilmagan. CHunki, ular bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar va tavsiyalar ishlab chikiladi va masla^atlarni auditoriya mashg’ulotlarida (ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya) amalga oshirish mumkin.
Talabalarning fan tugaraklarida, tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishi, ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilishi, ilmiy tezis va maqolalar chop etishi kabi yuklamalarga ham vaqt me’yorlari ko’zda tutilmagan, ularni bajarish "Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining o’quv- uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ish turlarida ko’zda tutilgan.
Talabalar tomonidan masofaviy ta’limda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan Link, Chart, Q/A, Review, SWOT, Interview, Google Apps, Dayjest, Report kabi o’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ish turlari uchun maslahatlarni kontakt soatlari (auditoriya mashg’ulotlari) uchun ajratilgan vaqt hisobidan amalga oshirish mumkin.



Download 452 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 452 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. 1-mavzu: Kredit-modul tizimida talabaning mustaqil ishi va arm faoliyatini tashkil qilish

Download 452 Kb.