YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
16-iyun, 2023- yil
154
RAQAMLI IQTISODIYOTDA PULLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI
Isayev Atabek Djurabayevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi, doktorant.
+998915151970
https://doi.org/10.5281/zenodo.8049836
Annotatsiya. Maqolada pullar shakllarining evolyutsiyasi, jumladan, jamiyat yuksalgan
sari ularning ham shaklan o`zgarib borishi va xususiyatlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda
hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan elektron pullar, kriptovalyutalar ularning
farqli tomonlari hamda O`zbekistonda zamonaviy pul shakllarini joriy qilishda qanday ishlar
qilinayotganligi atroflicha yoritilgan.
Kalit so`zlar: Pul, katalizator, naqd pul, naqd bo`lmagan pul, elektron pullar, markaziy
bank raqamli valyutasi (MBRV), kriptovalyuta.
Pul iqtisodiyotda muhim kategoriya bo`lib, barcha iqtisodiy subyektlar o`rtasida
iqtisodiy aloqalarni o`rnatadi. Kimyo sohasidan bizga ma`lumki reaksiyani
tezligini oshirishda
biror modda zarur bo`ladi va ushbu modda katalizator deb ataladi. Iqtisodiyotda iqtisodiy
aloqalarni jadallashtirishda pul katalizator vazifasini bajaradi.
Pullarning paydo bo`lishi va rivojlanishi haqida gap ketayotganda
biz tarixga nazar
tashlashimiz lozim. Kishilik jamiyati rivojlangan sari iqtisodiyotda pulning turli shakllari
muomalada paydo bo`ladi. Pul evolyutsiyasini quyidagi rasmda ko`rishimiz mumkin (1 – rasm).
1 – rasm. Pul shakllarining evolyutsiyasi
Dastlab pullar tovar shaklida namoyon bo`lgan. Turli xalqlarda
pul vazifasini turli xil
tovarlar, masalan, Qadimgi yunonistonda, Rimda, arab va hind qabilalarida chorva bajargan.
Tinch Okeani va Afrika qit`asi xalqlarida qimmatli chig`anoqlar pul vazifasini bajargan.
Markaziy Afrikada – fil suyagi, Qadmgi Misrda – bug`doy, Xitoyda – tuz, Mo`g`ilistonda – choy
ayirboshlash jarayoni pul muomalasi o`rniga o`tgan. [1] Keyinchalik
insoniyat metallarni kashf
qilib ularni qayta ishlashni yo`lga qo`ygandan so`ng muomalaga oltin, kumush tangalar chiqadi.
Tangalarning yemirilishi va soxta pullarning muomalada ko`payib ketishi ularning o`rnini
qog`oz pullar egalladi. Qog`oz pullarni foydalanishda qulayligi va ixchamligi ularni hozirgacha
muomalada bo`lishini ta`minlab turibdi.
Yigirmanchi asrning boshlarida pulning naqd va naqdsiz pullar shakliga bo'linishi
kuzatildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin naqd puldan foydalanish chakana savdo bilan
cheklangan. Tez va xavfsiz o'tkazmalari tufayli naqd pulsiz to'lovlar hissasi ortib bordi. Asosiy
naqd pulsiz to'lov tizimining infratuzilmasi 1960-yilda shakllangan. 1970-yillarda toʻlov
Tovar
shaklidagi
pullar
Tangalar
Qog`oz
pullar
Elektron
pullar