|
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNIBog'liq raqamli-iqtisodiyotda-pullar-va-ularning-transformatsiyasi
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
16-iyun, 2023- yil
155
jarayonlarini avtomatlashtirish, bankomatlar va plastik kartochkalarning paydo bo'lishi elektron
pullarning shakllanishiga sabab bo`ldi.[2]
Tangalar va qog`oz pullar naqd pullar toifasiga kirsa, elektron pullar naqd bo`lmagan
pullar toifasiga mansub.
Tanga, qog`oz va elektron pullar bir xil muomala, to`lov, qiymat, jamg`arish vazifalarini
bajarsada ular nimasi bilan farqlanadi?
Birnchidan, metal pullar tizimida pullarning qiymati tangalar tarkibida qancha oltin yoki
kumush mavjudligi bilan, ya`ni og`irligi bilan belglangan. Qog`oz va elektron pullarning qiymati
nominal bilan belgilangan, ya`ni raqam.
Ikkinchidan, pullarning tranzaksiyasi bir-biridan farq qiladi. Naqd pullar, ya`ni tanga va
qog`oz pullar qo`ldan – qo`lga o`tib yuradi. Elektron pullar esa hisob raqamlar orqali harakatda
bo`ladi.
Uchinchidan, naqd pullar anonim hisoblanadi, ya`ni bu pullar kimniki, qayerdan kelgan
savollarga javobini ololmaymiz, sababi pullar qo`ldan-qo`lga o`tib turadi. Elektron pullarda esa
bu ma`lumotlarni olishimiz mumkin. Qancha pul o`tkazildi, kimdan va nima uchun savollarga
elektron pullar harakati orqali javob olish imkoniyatga ega. Shuning uchun elektron pullar
information jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi.
To`rtinchidan, naqd pullarning ularning tranzaksiya va anonimlik xarakteridan kelib
chiqib kriminagenlik darajasi yuqori, elektron pullarda axborot olish darjasi yuqoriligi tufayli
kriminagenlik darajasi past.
Beshinchidan, naqd pullarni muomalaga chiqarish maxsus texnologiya talab etilmaydi.
Elektron pullarni muomalaga kiritish va ularni harakatini amalga oshirish uchun yuqori darajali
axborot texnologiya tizimi talab etiladi.
Mamlakatning Markaziy banki monetar siyosatni yurituvchisi hamda yagona pul emitenti
hisoblanadi. Shuning uchun elektron pullarning emissiyasini mamlakatning Markaziy banki
amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan elektron pullar – bu markaziy bankning raqamli
valyutasidir. Markaziy bankning raqamli valyutasi (Central Bank Digital Currency, CBDC)
muqobil yoki qo'shimcha to'lov vositasi sifatida foydalaniladigan virtual milliy puldir.
Ko'pincha, ularning qiymati milliy valyutaga bog'langan, lekin qimmatbaho metallar (E-gold,
WebMoney Gold - WMG), kriptovalyutalar kabi suzuvchi kurs bilan bog'lanish ham mumkin.
Ko`pchilik mamlakatlar o`zining milliy elektron raqamli pullarini sinov tariqasida
muomalaga kiritishga harakat qilishmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda Nigeriya mamlakati bu
sohada katta natijalarga erishgan bo`lib birinchilar qatorida ―eNaira‖ raqamli elektron pulini
sinovdan o`tkazgan. Nigeriya Markaziy bank saytiga asosan eNaira – bu insonlarga qaratilgan,
jismoniy va yuridik shaxslar o`rtasida to`lov va moliyaviy xizmatlardan foydalanishni
osonlashtiradigan raqamli valyuta.
eNaira allaqachon testning barcha bosqichlaridan o'tgan va rasman 2021 yil oktyabr
oyida joriy etilgan. Uni amalga oshirish ancha sekin kechdi. Ayni paytda 13 millionga yaqin
hamyon ochilgan, bu Nigeriya aholisi 220 million kishidan oshganini hisobga olsak, unchalik
ko'p emas.
O‗zbekistonda ham milliy raqamli valyutani joriy etish bo‗yicha ishlar olib borilmoqda.
O‗zbekiston Markaziy bankining raqamli valyutasi - so‗m an'anaviy pulga muqobil bo'lgan yangi
pul shakldir. Bu raqamli formatda maxsus ishlab chiqilgan va sinovdan o`tgan elektron platforma
orqali ishlaydigan raqamli to`lov tizimidir.
|
| |