YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI




Download 425,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.01.2024
Hajmi425,15 Kb.
#138087
1   2   3   4
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyotda-pullar-va-ularning-transformatsiyasi

 
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI 
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 
 16-iyun, 2023- yil 
156
Markaziy bank raqamli milliy valyutani joriy qilib uni takomillashtirishda asosiy maqsad
mamlakat moliyaviy holatini yaxshilash orqali iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy 
rivojlanishini ta'minlash.
Raqamli valyutani joriy etish mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, 
shu jumladan, iqtisodiyotning bank tizimi samarali ishlashi natijasida sub'ektlarning iqtisodiy 
farovonligini ta'minlaydi.[3] 
So'nggi 
o'n 
yillikdagi 
global 
pul 
bozoridagi 
yangi 
o'zgarishlardan 
biri 
kriptovalyutalarning yaratilishi va blokcheyn texnologiyasining dunyo miqiyosida tarqalishidir. 
Kriptovalyuta asosida blokcheyn texnologiyasi bo'lib, undan turli xil faoliyat sohalari va hisob 
tizimlari foydalanishlari mumkin. 
Kriptovalyuta - bu raqamli (virtual) valyuta bo'lib, uning ichki hisob birliklari 
markazlashtirilmagan to'lov tizimi tomonidan ta'minlanadi to'liq avtomatik rejimda ishlaydi. 
Kriptovalyuta deyarli har qanday tovar bilan ta`minlanmagan va davlat tomonidan 
kafolatlanmagan virtual valyutadir. 
Markaziy bankning raqamli valyutasi va kriptovalyutalar o`rtasida farq mavjud. 
Kriptovalyutalar ta`minlanmagan vosita hisoblanadi, pullar esa markaziy bank aktivi, valyuta 
zaxirasi hamda oltin bilan ta`minlangan. Kriptovalyuta bozorida kriptovalyutalarning
tebranuvchanligi yuqori, bu esa kriptovalyutalardan foydalanish xatarlik darajasi yuqoriligini 
belgilab beradi. Markaziy bank mamlakat raqamli valyutani boshqarib muvofiqlashtiruvchi
organ sifatida namoyon bo`lsada, kriptovalyutalarni muomalaga chiqarish va ularni tartibga 
solish yagona organi mavjud emas. 
Bu innovatsion jarayonning miqiyosi hudud jihatidan kengayib bormoqda. Natijada 
kriptovalyutalarning foydalanuvchilar soni oxirgi yillarda ortib bormoqda. O`zbekistonda ham 
kriptovalyutalarni tartibga solishda dastlabki huquqiy asoslari yaratilgan. 2018-yil 3-iyulda 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832-sonli ―O‗zbekiston Respublikasida raqamli 
iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
qarori, 2022-yil 28 noyabrda 3397 raqamli ro‗yxatdan o‗tgan O‗zbekiston Respublikasi 
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‗iga asosan ―O‗zbekiston Respublikasi 
rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‗yxatdan o‗tkazish va 
muomalaga kiritish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖ qabul qilingan. Mazkur nizom 6 ta bobdan 
iborat bo`lib, O‗zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, 
chiqarishni ro‗yxatdan o‗tkazish va muomalaga kiritish tartibini belgilaydi. 
Xulosa o`rnida aytishimiz kerakki fan texnika taraqqiyoti doimo oldinga qarab harakatda 
bo`ladi. Axborot texnologiyalarning ko`lamining kengayib borishi an`anaviy iqtisodiyotdan 
raqamli iqtisodiyotga o`tish muqarrarligini belgilab beradi. Natijada iqtisodiy jarayonlarning 
transformatsiyasi sodir bo`ladi. Xususan, pul shakllarining o`zgarishi va takomillashishi ulardan 
foydalanish ko`lamini yangi bosqichga ko`taradi. Albatta monetar sohada bo`layotgan 
o`zgarishlar mamlakat barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlashda ular oldiga yangi vazifalarni 
belgilab beradi. Bugun biz pul shakllarining evolyutsiyasi hamda raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi raqamli valyutalar (Markaziy bank raqamli valyutasi, kriptovalyutalar)ni keltirib 
chiqargani haqida fikr yuritar ekanmiz, ertaga zamonaviy yangi texnologiyalarning kashf 
qilinishi pulning qanday shakllarini paydo bo`lishiga olib kelishini hech kim bilmaydi.

Download 425,15 Kb.
1   2   3   4




Download 425,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

Download 425,15 Kb.
Pdf ko'rish