• «Tasdiqlayman» O`quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor
  • TOSHKENT – 2013
  • Tuzuvchilar: kafedra mudiri, dotsent K.G.Djurayeva
  • Kirish . «Axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
  • O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar.
  • Axborot tizimlarining tuzilishi va tasnifi
  • O`zbekiston respublikasi




    Download 262.61 Kb.
    bet1/78
    Sana19.05.2023
    Hajmi262.61 Kb.
    #61664
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar
    Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1 Million dasturchi barcha labaratoriyalari, 5-laboartoriya ishi Eylerning1-takomillashganUsuli

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO`MITASI SOLIQ AKADEMIYaSI


    INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI


    «Tasdiqlayman» O`quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor




    B. Tuxliyev
    2013 yil « »
    «AXBOROT TIZIMLARI»
    fanidan MA’RUZALAR MATNI
    Oliy ta’limning

    Bilim sohasi: 200 000 – “Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq” Ta’lim sohasi: 230 000 – “Iqtisod”


    Mutaxassislik: 5A230801 – “Soliqlar va soliqqa tortish”

    TOSHKENT – 2013


    Annotatsiya
    Mazkur ma’ruzalar to’plami 5А230801 – «Soliqlar va soliqqa tortish» magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarning «Axborot tizimlari» fanidan o’tiladigan ma’ruza mashg’ulotlari uchun mo’ljallanib, tayyorlangan.


    Tuzuvchilar: kafedra mudiri, dotsent K.G.Djurayeva


    kafedra katta o’qituvchisi B.S.Axrarov

    MAVZU. «AXBOROT TIZIMLARI» FANINING MAQSADI, PREDMETI VA VAZIFALARI.


    AXBOROT TIZIMLARI, ULARNING TUZILISHI VA TASNIFI


    Iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi.
    Islom Karimov


    Reja
    1. Kirish. «Axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.


    2. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
    3. O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar.


    4. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari;
    5. Axborot tizimidagi jarayonlar; Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi;


    6. Axborot tizimi, uning vazifalari;
    7. Axborot tizimlarining tuzilishi va tasnifi


    8. Axborot tizimlarining turlari.

      1. Kirish. «Axborot tizimlari” fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.


    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati jamiyatda axborot bilan ta’minlanishga munosabatni tubdan o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqarganligi sababli, hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va


    telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini barcha sohalarda qo‘llash va yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e’tibor qaratilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasida ta’kidlab o‘tilganidek, –“Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot- kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”.1
    Insoniyatning XXI asrga qadam qo‘yishi jamiyat hayotining hamma sohalarida axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Axborot va uni qayta ishlash borgan sari rivojlanib, ishlab chiqarish darajasiga, davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda. Zamon talabiga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan yuqori malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash esa davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustaqil o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga, jumladan, soliq tizimiga keng joriy etish zarurdir.
    Shuning uchun ham, jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi





    1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
    «Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish» ma’ruzasi 18.01.2013 yil.
    Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 6-iyundagi «Komputerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi,
    «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi,
    «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi.
    Yuqoridagi qonun va qarorlar barcha sohalar kabi soliq tizimiga ham bevosita tegishli. Davlat iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliq tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi aynan mazkur qonunlarning hayotga tatbig‘iga bevosita bog‘liq. Bunday holat esa soliq tizimida axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashni, soliq xizmati xodimlaridan axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mukammal egallashni talab etadi.
    «Axborot tizimlari” fani talabalarda axborot tizimlari hamda axborot texnologiyalarni loyihalashtirish va qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy mahoratlar shakllantiradi.
    «Axborot tizimlari” fani kompyuterda ishlash asoslarini o‘zlashtirgan, soliq tizimi va qonunchiligi asoslarini biladigan Soliq akademiyasi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni Davlat Soliq qo‘mitasining ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimida qo‘llanilayotgan axborot tizimlari, texnologiyalari va dasturiy mahsullari, avtomatlashtirilgan ish joylari hamda ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni o‘rgatish maqsadida tavsiya etilgan.
    «Axborot tizimlari” fanini o‘qitishning asosiy maqsadlari quyidagilardir:
    talabalarni axborot tizimlari, shu jumladan soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining nazariy asoslari bilan tanishtirish hamda ulardan amalda foydalanishni o‘rgatishdan ibopat bo‘lib, unda soliq xizmati
    organlarida axborotlashtirish va kompyuterlashtirishning umumiy yo‘nalishi bilan bog‘liq konseptual masalalar, masalalarni kompyuter yordamida yechish muammolari, hamda soliq xizmati organlarida axborot texnologiyalari va dasturiy mahsullarni qo‘llash va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalanish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish.
    «Axborot tizimlari” fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:
    talabalarga axborot tizimlarining qo‘llanilish sohalarini, xususan, ta`lim va soliq xizmati organlaridagi axborot tizimining tuzilmasi, maqsadi, vazifasi, asosiy tamoyillari va yo‘nalishlarini o‘rgatish; soliq xizmati organlarida joriy etilgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning nazariy-amaliy va uslubiy asoslarini egallash hamda ulardan soliq amaliyotida foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
    Boshqaruv jarayonidagi iqtisodiy axborotlarni o‘lchash, to‘plash, uzatish, qabul qilish, foydalanish kabi amallar mazkur fanning predmeti hisoblanadi.



      1. Download 262.61 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 262.61 Kb.