• Elektron hukumat /e-government/
  • G2C, G2B
  • O`zbekiston respublikasi




    Download 262.61 Kb.
    bet5/78
    Sana19.05.2023
    Hajmi262.61 Kb.
    #61664
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar
    Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1 Million dasturchi barcha labaratoriyalari, 5-laboartoriya ishi Eylerning1-takomillashganUsuli
    Elektron hukumat tushunchasi 1990 yillarning boshida ishlatila boshlandi. Lekin amalda bu tushunchaga oid ishlar faqatgina keyingi yillardagina joriy etila boshlandi. Birinchi navbatda elektron hukumat yaratish bo‘yicha ishlar AQSh va Angliya, so‘ngra Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari) tomonidan boshlangan. Masalan, Singapur davlati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda 1999 yildan boshlab davlat boshqaruvi masalalarini, fuqarolar bilan hukumat o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan ilg‘or davlatlardan biridir. Fuqarolar istagan paytlarida eCitizen Centre hukumat portaliga ( http://www.ecitizen.gov.sg/ ) murojaat qilib, hukumatning u yoki bu idorasi faoliyati haqidagi o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari bilan birga, uzlari uchun kerakli amallarni (to‘lovlarni to‘lash, guvohnomalar, litsenziyalarni rasmiylashtirish) ham bajarish imkoniyatlari yaratilgandir.
    Elektron hukumat /e-government/ – ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish tizimidir.
    Elektron hukumat boshqaruv faoliyatidagi ichki va tashqi aloqalarni, jarayonlarni zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan hukumatdir.
    Elektron hukumat davlat hokimiyati boshqaruvining yangi shakli bo‘lib, unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda fuqarolar (pensionerlar, ishchi-xizmatchilar, ishbilarmonlar, davlat xizmatchilari va boshqalarga) va tashkilotlar uchun davlat organlari faoliyati natijalri haqida qulay usulda tezkor, sifatli va ishonchli axborot xizmatlari ko‘rsatish amalga oshiriladi.

    Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad:


    • Aholiga xizmatlar sifatini oshirish

    • Hukumatning fuqarolar va buyurtmachilar uchun ochiq-oydin ish olib borishini takomillashtirish

    • Hukumat, fuqarolar va xo‘jalik subyektlari o‘rtasida informatsion axborot almashinuvi ta’minlanishi

    • Ma’muriy xarajatlarning kamaytirilishi.

    Elektron hukumat hukumat vazifalarini o‘zgartirib, uning jamiyatdagi boshqaruv rolini kuchaytiradi.
    Elektron hukumat klassik modelida quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha axborot ayirboshlash sohalari ajratiladi :

    • G2C - government to citizens, davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida axborot ayirboshlash;

    • G2B - government to business, davlat organlari bilan tijorat sohasi faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy kompaniyalar, ishbilarmonlar o‘rtasida axborot ayirboshlash;

    • G2G - government to government, davlat organlari bilan davlat organlari o‘rtasida axborot ayirboshlash;

    • G2E – government to employee, davlat organlari bilan uning xodimlari o‘rtasida axborot ayirboshlash.

    Shuningdek elektron hukumat modeliga quyidagi :

      • Fuqarolarning davlat axborot resurslariga erkin murojaat qilishlarini ta’minlovchi;

      • Davlat organlarida ish yuritishning qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etuvchi;

      • Barcha davlat organlarining yil davomidagi faoliyati ko‘rsatkichlarini fuqaro va parlament tomonidan kuzatish va boshqarishni ta’minlovchi;

      • Davlat organlari bilan tijorat kompaniyalari o‘rtasida oldi-sotdi transaksiyalarini amalga oshiruvchi va shu kabi qator foydali amaliy elementlar ham kiradi.

    O‘zbekiston elektron hukumat yaratish konsepsiyasiga muvofiq elektron hukumatning asosiy maqsadi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan keng ko‘lamda foydalangan holda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish va boshqarishni takomillashtirishdir.
    Shulardan kelib chiqqan holda elektron hukumatda quyidagi vazifalar bajarilishi kerak:

    • hukumat tasarrufidagi elektron hujjatlarning ayirboshlanishini (G2G – davlat organlari bilan davlat organlari o‘rtasida axborot ayirboshlash modeli bo‘yicha) amalga oshirishni ta’minlovchi Davlat korporativ tarmog‘i – Intranetni shakllantirish;

    • Internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat axborot xizmati ko‘lami va assortimentini kengaytirish (G2C, G2B modellari bo‘yicha) va axborotlarga murojaat qilishni ta’minlash;

    • Davlat organlari bilan fuqarolar, boshqa subyektlar o‘rtasida muloqot tashkil etishning elektron tizimlarini yaratish va joriy etish (e- demokratiya modeli);

    • texnik va axborot xavfsizligini ta’minlash.

    O‘zbekiston elektron hukumati modeli jahon tajribalariga asoslangan holda ikki bir-biri bilan bog‘langan, lekin funksional jihatdan mustaqil bo‘lgan bloklardan iborat: hukumatning Intranet tarmog‘i va tashqi infrastruktura, ya’ni barcha uchun ochiq bo‘lgan Internet tarmog‘i.


    Hukumat Intranet tarmog‘i davlat idoralari o‘rtasida korporativ masalalarni yechishga qaratilgan axborot tizimining ichki infrastrukturasini qamrab oladi. Korporativ masalalar idoralar ichida va idoralararo munosabatlarni va turli pog‘onadagi davlat organlari xodimlari o‘rtasidagi jamoa ishlarini bajarishdagi munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
    Hukumat Intranet tarmog‘ining asosiy komponentlaridan biri ichki axborot tizimlari ishini qo‘llab-quvvatlovchi va ularning o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlovchi himoyalangan yagona transport muhitidir.
    Elektron hukumatni shakllantirishga oid O‘zbekitston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda 181- sonli «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilingan. Mazkur Qarorda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri tasdiqlangan.
    Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish va ko‘rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari belgilab o‘tilgan.

      1. Download 262.61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 262.61 Kb.