• Intranet Scanner
  • Real Secure
  • Nazorat uchun savollar
  • O`zbekiston respublikasi




    Download 262.61 Kb.
    bet78/78
    Sana19.05.2023
    Hajmi262.61 Kb.
    #61664
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar
    Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1 Million dasturchi barcha labaratoriyalari, 5-laboartoriya ishi Eylerning1-takomillashganUsuli
    FireWall Scanner dasturi bevosita tarmoqlararo ekranda mavjud bo‘lgan zaif qismlarni aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi amallarni bajaradi:

      • tarmoqlararo ekranga hujumlar uyushtirib, uni testdan o‘tkazish;

      • tarmoqlararo ekran orqali o‘tadigan tarmoq xizmatlarini skanerlash.

    Intranet Scanner dasturi kompyuter tarmog‘ida mavjud kamchiliklarni tarmoqqa ruxsatsiz kirishlarini amalga oshirish orqali testdan o‘tkazish yordamida aniqlashga yo‘naltirilgan. Тarmoqning har xil qismlari (xost- kompyuterlar, yo‘llovchilar, Web-serverlar, Windows 9.x / NТ tizimida ishlaydigan kompyuterlar) ni tekshirishni ham amalga oshiradi.
    Yuqorida keltirilganlardan tashqari kompyuter tizimlariga ruxsatsiz kirishlarni doimiy ravishda nazorat qiluvchi dasturlar, masalan, Internet Security Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Real Secure dasturi ham mavjud. Bu dastur tarmoqda sodir etilayotgan hodisalar, masalan, xakerlarning hujumlarini qayd qilish bilan birgalikda faol himoya chora-tadbirlarini tashkillashtirishi mumkin. Real Secure dasturi yirik tashkilotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har kuni tinimsiz ishlashga mo‘ljallangan.

    Тayanch so‘z va iboralar:


    Axborot xavfsizligi, axborotni himoyalash; xavfsizlikka tahdidlar; autentifikatsiya, kompyuter stenografiyasi; kriptografiya; kodlash; shifrlash; Kriptografiya; kodlashtirish; shifrlash; kriptologiya; kriptotahlil; autentifikatsiya; identifikatsiya; kriptomustahkamlik; kalit; simmetriyali va asimmetriyali kriptotizimlar; Sezar usuli,Firewall, shlyuz; filtrlovchi- yo‘llovchi, Internet Scanner SAFEsuite; SATAN; SSS; Real Secure; Web Security Scanner; FireWall Scanner; Intranet Scanner.




    Nazorat uchun savollar:

    1. Хavfsizlik deganda nima tushuniladi ?

    2. Axborot xavfsizligi deb nimaga aytiladi ?

    3. Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilariga nimalar kiradi ?

    4. Kompyuter stenografiyasi nima?

    5. Zamonaviy kompyuter stenografiyasidagi fayl turlarini aytib bering.

    6. Kriptografiya nima va u qanaqa maqsadlarda ishlatiladi?

    7. Kriptologiyaning qaysi sinflari mavjud?

    8. Kompyuter ma’lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalarini keltiring.

    9. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlovchi usullarga misol keltiring.

    10. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarni aytib bering.

    11. Тarmoq xavfsizligining texnikaviy vositalarini aytib bering.

    12. Internet tarmog‘ida himoyalashni tashkil etishda nimalarni etiborga olish lozim?

    13. Qaysi hollarda Internet tarmog‘ini himoyalash zarur?

    14. Ma’lumotlarni tarmoqda uzatish paytida himoyalanishning qanaqa usullaridan foydalaniladi?

    15. Serverlarga ruxsatsiz kirishdan saqlanish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish lozim?

    16. Тarmoqlararo ekran nima?

    17. «Тizim xavfsizligini skanerlash» deb nomlanuvchi maxsus dasturlar qanday maqsadlarda ishlatiladi?

    18. Internet Scanner SAFEsuite paketida qanday dasturlar mavjud va bu dasturlarning imkoniyatlarini bilasizmi?



    Adabiyotlar: 1-5, 7-8, 11-14, 17-19, 26, 35, 38, 40, 42-48.


    Download 262.61 Kb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




    Download 262.61 Kb.