Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar




Download 262.61 Kb.
bet2/78
Sana19.05.2023
Hajmi262.61 Kb.
#61664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar
Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1 Million dasturchi barcha labaratoriyalari, 5-laboartoriya ishi Eylerning1-takomillashganUsuli

Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.


Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat:

  • axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish;

  • kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‘rinishda tasvirlash;

  • axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish;

  • teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot.

Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega:

  • har qanday axborot tizimi -tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin;

  • axborot tizimi o‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir;

  • axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi;

  • axborot tizimining mahsuloti bo‘lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin;

  • axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin.

Hozirda axborot tizimini kompyuter vositasida yaratiladigan tizim sifatida tushuniladi, lekin umuman olganda axborot tizimi kompyutersiz variantda ham yaratilishi mumkin.
Axborot tizimining faoliyatini tushunish uchun u hal qiladigan muammolarning mohiyatini va u jalb qilingan tashkiliy jarayonlarni e’tiborga olish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni ta’minlovchi kompyuterli AТ ning imkoniyatlarini tushunishda quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini;

  • firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‘lgan darajasini (bo‘g‘inini);

  • hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional sohasiga tegishliligini;

  • ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini.

Axborot tizimlarini joriy etilishidan kutilayotgan natijalar. Axborot tizimlarini joriy etilishi quyidagi natijalarni berishi mumkin:

  • matematik metodlar va intellektual tizimlarni joriy etish evaziga boshqaruv masalalarini yechimining ratsional variantlariga ega bo‘lish;

  • avtomatlashtirish evaziga xodimlarni qiyin va bir xil ishlarni bajarishdan xalos qilish;

  • axborotlarning ishonchliligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishdan magnit tashuvchilarga o‘tkazish;

  • muassasadagi axborotlar oqimini va hujjatlarni yuritishning strukturasini takomillashtirish;

  • mahsulotlarni chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish tannarxining kamayishi;

  • iste’molchilarga yangi xizmat turlarini taklif etish;

  • bozorda yangi imkoniyatlarni topish;

  • turli qulayliklar va imtiyozlarni taklif etish evaziga iste’molchilarni firmaga bog‘lab qo‘yish.




Download 262.61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Download 262.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar

Download 262.61 Kb.