Axborot tizimlari, ularning vazifalari




Download 262.61 Kb.
bet14/78
Sana19.05.2023
Hajmi262.61 Kb.
#61664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar
Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari11, 1 Million dasturchi barcha labaratoriyalari, 5-laboartoriya ishi Eylerning1-takomillashganUsuli

Axborot tizimlari, ularning vazifalari


Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‘rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi — barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor. Ushbu har bir darajaning o‘z vazifalari bo‘lib, ularni hal etishda axborotga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirshni imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‘luvchi axborot paydo bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‘ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‘idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari kabi axborot tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala.
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o‘sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya’ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o‘z navbatida
«sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, to‘plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‘yicha ishi qisman amalga oshirilgan.

Download 262.61 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Download 262.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari, ularning vazifalari

Download 262.61 Kb.