Informatsion texnologiyalar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO`MITASI
SOLIQ AKADEMIYaSI
“INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI
«Tasdiqlayman»
O`quv va ilmiy ishlar
bo‘yicha prorektor
_________________
B. Tuxliyev
2013 yil «___» ____
«AXBOROT TIZIMLARI»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Oliy ta’limning
Bilim sohasi:
200 000 – “Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq”
Ta’lim sohasi:
230 000 – “Iqtisod”
Mutaxassislik:
5A230801 – “Soliqlar va soliqqa tortish”
TOSHKENT – 2013
2
Annotatsiya
Mazkur ma’ruzalar to’plami
5А230801 – «Soliqlar va soliqqa tortish»
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarning «Axborot
tizimlari» fanidan
o’tiladigan ma’ruza mashg’ulotlari uchun mo’ljallanib,
tayyorlangan.
Tuzuvchilar: kafedra mudiri, dotsent K.G.Djurayeva
kafedra katta o’qituvchisi B.S.Axrarov
3
MAVZU. «AXBOROT TIZIMLARI» FANINING MAQSADI,
PREDMETI VA VAZIFALARI.
AXBOROT TIZIMLARI, ULARNING TUZILISHI VA TASNIFI
I
q
tisodiyotning barcha so
h
alariga,
kundalik
h
ayotimizga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
tizimlarini
keng joriy etish b
o‘
yicha tub va ijobiy
ma’nodagi
portlash
effektini
beradigan
o‘
zgarishlarni
amalga
oshirmasdan
turib,
isti
q
boldagi
ma
q
sadlarimizga
erishish
q
iyin
b
o‘
ladi.
Islom Karimov
Reja
1. Kirish. «Axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va
vazifalari.
2. Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni
boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
3. O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy
etish borasida olib borilayotgan ishlar.
4. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari;
5. Axborot tizimidagi jarayonlar; Iqtisodiy obyekt tizim sifatida,
boshqarish tizimi;
6. Axborot tizimi, uning vazifalari;
7. Axborot tizimlarining tuzilishi va tasnifi
8. Axborot tizimlarining turlari.
1. Kirish. «Axborot tizimlari” fanining maqsadi, predmeti va
vazifalari.
Axborot
tizimlari
va
texnologiyalari,
ularni
iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati jamiyatda
axborot bilan ta’minlanishga munosabatni tubdan o‘zgartirish zaruratini keltirib
chiqarganligi
sababli,
hozirgi
kunda
zamonaviy
kompyuter
va
4
telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini barcha sohalarda qo‘llash
va yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
ma’ruzasida
ta’kidlab
o‘tilganidek, –“Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari
sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki,
iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi
portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib,
istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida
nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud
kamchiliklarni
bartaraf
etishimiz,
balki
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or
mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”.
1
Insoniyatning XXI asrga qadam qo‘yishi jamiyat hayotining hamma
sohalarida axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan belgilanmoqda.
Axborot va uni qayta ishlash borgan sari rivojlanib, ishlab chiqarish darajasiga,
davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda. Zamon talabiga
javob beradigan, yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli
xo‘jalik yuritadigan yuqori malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash
esa davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan
mustaqil o‘rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini
hayotimizning barcha sohalariga, jumladan, soliq tizimiga keng joriy etish
zarurdir.
Shuning uchun ham, jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter va
axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda
2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
«Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish» ma’ruzasi 18.01.2013 yil
.
5
Prezidentining
2002-yil
30-maydagi
«Kompyuterlashtirishni
yanada
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish»
to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 6-iyundagi «Komputerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori,
O‘zbekiston
Respublikasining
«Axborotlashtirish
to‘g‘risida»gi,
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi,
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi
qonunlari qabul qilindi.
Yuqoridagi qonun va qarorlar barcha sohalar kabi soliq tizimiga ham
bevosita tegishli. Davlat iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliq
tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi aynan mazkur qonunlarning hayotga
tatbig‘iga bevosita bog‘liq. Bunday holat esa soliq tizimida axborot
texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashni, soliq xizmati xodimlaridan axborot
texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mukammal egallashni talab
etadi.
«Axborot tizimlari” fani talabalarda axborot tizimlari hamda axborot
texnologiyalarni loyihalashtirish va qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar va
amaliy mahoratlar shakllantiradi.
«Axborot tizimlari” fani kompyuterda ishlash asoslarini o‘zlashtirgan,
soliq tizimi va qonunchiligi asoslarini biladigan Soliq akademiyasi talabalariga
mo‘ljallangan bo‘lib, ularni Davlat Soliq qo‘mitasining ma’lumotlarini
ishlashning yagona kompyuter tizimida qo‘llanilayotgan axborot tizimlari,
texnologiyalari va dasturiy mahsullari, avtomatlashtirilgan ish joylari hamda
ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni o‘rgatish maqsadida tavsiya etilgan.
«Axborot tizimlari” fanini o‘qitishning asosiy maqsadlari quyidagilardir:
talabalarni axborot tizimlari, shu jumladan soliq xizmati organlaridagi
axborot tizimlari va texnologiyalarining nazariy asoslari bilan tanishtirish hamda
ulardan amalda foydalanishni o‘rgatishdan ibopat bo‘lib, unda soliq xizmati
6
organlarida axborotlashtirish va kompyuterlashtirishning umumiy yo‘nalishi
bilan bog‘liq konseptual masalalar, masalalarni kompyuter yordamida yechish
muammolari, hamda soliq xizmati organlarida axborot texnologiyalari va
dasturiy mahsullarni qo‘llash va ulardan amaliy masalalarni yechishda
foydalanish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirish.
«Axborot tizimlari” fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:
talabalarga axborot tizimlarining qo‘llanilish sohalarini, xususan, ta`lim
va soliq xizmati organlaridagi axborot tizimining tuzilmasi, maqsadi, vazifasi,
asosiy tamoyillari va yo‘nalishlarini o‘rgatish; soliq xizmati organlarida joriy
etilgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning nazariy-amaliy va uslubiy
asoslarini egallash hamda ulardan soliq amaliyotida foydalanishni o‘rgatishdan
iborat.
Boshqaruv jarayonidagi iqtisodiy axborotlarni o‘lchash, to‘plash, uzatish,
qabul qilish, foydalanish kabi amallar mazkur fanning predmeti hisoblanadi.
|