• Tizimning tarkiblashganligi
  • Tizimning bo‘linishi
  • Tashqi muhit.
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet9/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Maqsadga qaratilganlik. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya’ni u umumiy
    maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga
    yo‘naltirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo‘lgan o‘zaro
    aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi.
    Tizimning tarkiblashganligi — bu tizimning alohida elementlari va ularning
    tashqi muhit bilan o‘zaro harakati o‘rtasidagi ichki aloqalarning doimiy
    tarkibidir. Tizim tarkibi — uning faoliyati samaradorligini ko‘p jihatdan
    belgilovchi muhim tavsiflardan biri sanaladi.
    Tizimning bo‘linishi — bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi
    ma’lum belgilar bo‘yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan
    tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib,
    bunda elementlar o‘rtasidagi aloqalar ko‘proq, kenja tizimlar o‘rtasida esa
    kamroq bo‘ladi.
    Tizim tushunchasi shu ma’noda nisbiyki, tizim elementining o‘zi ham
    murakkab tizim bo‘lishi mumkin. Biror belgi bo‘yicha ajratilgan tizim o‘ziga
    nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‘lishi mumkin.
    Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni
    cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‘rnatadi, undan tashqaridagi
    elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‘z-
    o‘zidan emas, balki boshqa ko‘plab elementlar qurshovida mavjud bo‘ladi.
    Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari
    emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‘rib
    chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‘lgan elementlargina qiziqtiradi.
    Tashqi muhit — bu ko‘rilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ko‘rilayotgan
    masala sharoitida uning ta’siri ostida bo‘lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday
    tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida

    23
    emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil


    va sintez qilish chog‘ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi
    aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa
    deb ataladi.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




    Download 184,87 Kb.