|
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»
|
bet | 5/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» (11.12.2003 y.), «Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida» (29.04.2004 y.) «Elektron tijorat to‘g‘risida»
(29.04.2004 y.) va «Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi» (16.12.2005 y.)gi
qonunlari qabul qilindi. Bu qonunlarning qabul qilinishi jamiyatni
axborotlashtirish borasida rivojlangan mamlakatlar bilan teng hamkorlik qilish
uchun zarur huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratib berdi.
Keyingi davrda respublikamizda bu qonunlarning amalda ishlashi
masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 8 iyul 2005 yildagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-117 sonli, 5 sentabr 2005 yildagi "Milliy axborot-
kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-167 sonli qarorlari qabul qilindi.
Ularda elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunning amalda tatbig‘iga oid,
kompyuter xavfsizligiga bo‘ladigan
zamonaviy
tahdidlar, xavfsizlikni
ta’minlash borasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, kompyuter insidentlariga
tezkor munosabat bildiruvchi xizmat bo‘linmasi faoliyati to‘g‘risidagi masalalar
hal etilgan. O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 22 noyabrda №256 sonli «Axborotlashtirish sohasida normativ huquqiy
bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 28 dekabrda №282 sonli ««ZIYONET»
axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.
Oxirgi qabul qilingan bu qarorlar Davlat axborot resurslarini shakllantirish
15
tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish
va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlarining huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligi, davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan
asosiy talablar, davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartiblari va
axborot tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, axborot resurslarini yaratish,
ekspertizadan
o‘tkazish
va
«ZIYONET»
tarmog‘ining
texnologik
maydonchasidan foydalanish tartiblarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 maydagi
“Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot
xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga ko‘ra, «Davlat soliq xizmati
organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va soliq to‘lovchilarga
axborot xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlari” tasdiqlandi. Belgilangan vazifalarning davlat soliq xizmati
organlari tomonidan to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash
bo‘yicha, Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 7 maydagi 128-sonli buyrug‘i
bilan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan, davlat soliq
xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, moliyaviy, soliq
hisobotlari va soliq majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni davlat
soliq xizmati organlariga elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etish tizimini
takomillashtirish, moliyaviy va soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim
etish va qabul qilish bo‘yicha dasturiy mahsullarni takomillashtirish,
avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni elektron hujjat
ko‘rinishida taqdim etishning afzalliklarini keng yoritish hamda davlat soliq
xizmati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan
vazifalar belgilandi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni
16
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21
martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy
etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli qarori qabul
qilindi.
Qarorga asosan, quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:
davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot
tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot
tizimini shakllantirishni ta’minlash;
davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni
oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini
yaratish;
davlat
organlari
tomonidan
tadbirkorlik
subyektlari
va
aholiga
ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini
yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq
joylarda foydalanishni ta’minlash;
axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot
xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini
takomillashtirish;
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va
resurslari himoya qilinishini ta’minlash.
Qaror asosida 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi
hamda 2012 - 2014 yillar davrida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot tizimiga ulanadigan
axborot tizimlari ro‘yxati tasdiqlandi.
17
|
| |