|
Elektron hukumat tushunchasi 1990 yillarning boshida ishlatila
|
bet | 6/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgElektron hukumat tushunchasi 1990 yillarning boshida ishlatila
boshlandi. Lekin amalda bu tushunchaga oid ishlar faqatgina keyingi
yillardagina joriy etila boshlandi. Birinchi navbatda elektron hukumat yaratish
bo‘yicha ishlar AQSh va Angliya, so‘ngra Italiya, Norvegiya, Singapur,
Avstraliya va boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Qatar, Birlashgan Arab
Amirliklari) tomonidan boshlangan. Masalan, Singapur davlati zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda 1999
yildan boshlab davlat boshqaruvi masalalarini, fuqarolar bilan hukumat o‘rtasida
axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ygan ilg‘or davlatlardan biridir. Fuqarolar
istagan
paytlarida
eCitizen
Centre
hukumat
portaliga
(
http://www.ecitizen.gov.sg/
) murojaat qilib, hukumatning u yoki bu idorasi
faoliyati haqidagi o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari bilan birga, uzlari
uchun kerakli amallarni (to‘lovlarni to‘lash, guvohnomalar, litsenziyalarni
rasmiylashtirish) ham bajarish imkoniyatlari yaratilgandir.
Elektron hukumat /e-government/ – ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda
qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish
tizimidir.
Elektron hukumat boshqaruv faoliyatidagi ichki va tashqi aloqalarni,
jarayonlarni zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida
qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan hukumatdir.
Elektron hukumat davlat hokimiyati boshqaruvining yangi shakli bo‘lib,
unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan
holda fuqarolar (pensionerlar, ishchi-xizmatchilar, ishbilarmonlar, davlat
xizmatchilari va boshqalarga) va tashkilotlar uchun davlat organlari faoliyati
natijalri haqida qulay usulda tezkor, sifatli va ishonchli axborot xizmatlari
ko‘rsatish amalga oshiriladi.
|
| |